Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Mehnat  —  turmush  estetikasining  muhim  omili



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Mehnat  —  turmush  estetikasining  muhim  omili. 
Insonning 
aqliy  yoki  jismoniy  kuchi  bilan  amalga  oshiriladigan  maqsadli 
faoliyati  mehnat  deb  atalishi  ma’lum.  U  ma’naviy  va  moddiy ji­
hatdan  odamzod  hayotini  farovonlashtirish,  ma’naviy  hamda 
moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi.  Mehnatda inson ayni pay­
tda  ham  aqliy,  ham  jismoniy  tomondan  tarbiyalanib,  ma’naviy 
yuksalib boradi.  Biroq mehnat o glr majburiyatga aylangan joyda 
uning  bu  xususiyatlari  yo‘qoladi.  Shu  sababli  mehnat  har jihat- 
dan yuksak samara berishi uchun erkin bolishi,  mehnat jarayoni 
ijodiy  va  qiziqarli  kechishi  lozim.  Agar  mehnat  erkin  va  ijodiy
362


bo‘lsa ko‘plab  yuksak  asarlar,  mukammal  mahsulotlar yaratiladi. 
Va aksincha,  mehnat  asarlari xunuk bo‘lsa  insonning mehnat qi- 
lish  zavqi  va baxtidan  mosuvo  ekanligi,  bu  esa  ular yashayotgan 
jamiyatning ma’naviy  qashshoqligini ko‘rsatadi.
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti,  mehnat vositalari, 
mehnat  natijalarida  estetik  qonuniyatlarning  namoyon  bo‘lishi 
tushuniladi.  Mehnatning  estetik jihatlari  shaxsning  ijodiy  faoli- 
yat potensiali uning ma’naviy,  aqliy,  axloqiy-estetik tomonlari bi­
lan  umumiyligi  va  mehnat  natijalaridan  beg‘araz  lazzatlanishiga 
bog‘liqdir.  Mehnatning  estetik jihatdan to‘laqonli  bo'lishi  uchun 
avvalo  obyektiv  omillar,  ishlab  chiqarish jarayoniga  ham bog‘liq. 
Albatta  bu  o‘rinda  mehnatkashlarning  madaniyati,  estetik  didi 
masalalari ham muhim ahamiyat kasb  etadi.
Shuningdek,  mehnatning  estetik  mohiyati  u  kechadigan  ijti­
moiy  shart-sharoitlarga  ko‘p jihatdan  bog‘liq bo‘ladi.  Bozor  mu- 
nosabatlari  sharoitida  raqobat  amal  qilishi  moddiy ne’mat  ishlab 
chiqaruvchilardan  har tomonlama keng  ijodiy faoliyat ko‘rsatish, 
sifatli  mahsulotlar  yaratish,  iste’molchilarning  badiiy-estetik 
didi  va  ehtiyojlariga  mos  tovarlar  yetishtirishni  zaruriy  ehtiyojga 
aylantirdi.  Moddiy va ma’naviy ehtiyoj va manfaatlar uyg‘unligini 
ta’minlash  va  rivojlantirish  shaxs,  millat  va  jamiyat  taraqqiyoti 
garovlaridan biridir.
Mehnatning  estetik jihatdan  to‘laqonli  bolishi  avvalo  obyek­
tiv  omil  — ishlab  chiqarish jarayoniga  ham  bog‘liq.  Albatta,  bu 
o‘rinda  mehnatkashlarning  madaniyati,  axloqi,  estetik  didi  ma­
salalari ham muhim  ahamiyat kasb  etadi.
Shunday  qilib,  mehnat  insonga  kuchli  va  ko‘p  qirrali  ta’sir 
ko‘rsatib,  uning  faoliyatiga  estetik  ma’no-mazmun  baxsh  etadi, 
ma’naviy  kamol  topishiga  ko‘maklashadi.  Bunda  ijod  ustuvorligi 
qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqa- 
ror,  ma’naviy  ta’sirchanligi  kuchli  bo‘ladi.  Mamlakatimiz  mus- 
taqillikka  erishgach  mehnatning  mohiyati  ham  tubdan  o‘zgardi. 
«Islohot islohot uchun emas,  avvalo inson uchun» tamoyili mam- 
lakatimizda  olib  borilayotgan  islohotlar  avvalo  inson  hayotini 
farovon,  turmushini  obod  bo‘lishi,  mehnatning  erkin  va  ijodiy 
tabiatiga bog‘liqligi  ifodasidir.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish