Mexanizatsiyalash m u h a n d isl a r iin st it u t I


Tasawuf va uning tariqatlari



Download 9,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/332
Sana02.01.2022
Hajmi9,04 Mb.
#309650
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   332
Bog'liq
13 Falsafa asoslari

Tasawuf va uning tariqatlari. 
Tasaw uf falsafiy oqim va  diniy- 
ma’naviy  hodisa  sifatida  islom  dini  doirasida  (ko‘pgina  ichki  sa­
bablar  va  ba’zi  tashqi  unsurlar  —  buddaviylik  va  hindiylikning 
ilk  diniy  tasavvurlari,  sharqiy  xristian  tarkidunyochiligi,  neopla- 
tonizm  kabilarning  ta’siri  ostida)  paydo  boldi.  Tasaw uf uchun 
vahdoniyat  —  Ollohning  birligi,  Olloh  va  olamning  porlab  turi- 
shi,  fano  bolish,  orif  shaxsining  Tangri  taolo  bilan  ruhan  bir- 
lashib  ketishi  kabi  mushohadalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Bu  oqim  namoyandalari  va  tarafdorlarini  so‘fiylar  deb  ataganlar 
va  «so‘fizm»  atamasi  shundan  paydo  bolgan.  Rasmiyatchilik, 
aqidachilikni  tasaw u f  ahli  qabul  qilmagan.  Ularning  fikricha, 
iymon-e’tiqodning  mohiyati  Ollohdan  boshqa  narsaga  muhtoj 
bolm aslik,  hech  qanday  mulkning  quliga  aylanmaslik,  boriga 
sabr-qanoat qilib yashashdir.  Ollohga yetishish uchun qalbni pok- 
lash,  nafs  balosidan  ozod  b o lish  darkor.  Ana  shundagina  inson
42


dili  nur  bilan  toladi,  nuqsonlarni  boshqalardan  emas,  o‘zidan 
izlaydigan  darajaga  ko‘tariladi,  Haq  sari  yaqinlashadi,  bema’ni 
qarash va tushunchalarning  qullik kishanidan o‘zini  ozod qiladi, 
Chunki inson qalbi hurdir.
Butun  islom  olamida  keng  tarqalgan  tasavvufning  yurtimiz- 
dagi  eng  keng  tanilgan yo‘nalishlari kubraviya,  yassaviya,  naqsh- 
bandiya tariqat-suluklaridir.
Kubraviya  tariqatining  asoschisi  Najmiddin  Kubro  (1154—1226) 
Xevada  tugllgan,  asarlari  orasida  «Sharxus-sunna  val-masolix», 
«Usuli  ashara»,  «Favoixul-jamol»  kabilar  mashhurdir.  Kubraviya 
tariqatining mohiyati o‘nta usulda mujassamlashgan.  Bular — Tang- 
riga  o‘z xohishi bilan yuzlashish,  zuxd  fi  dunyo  —  har qanday laz- 
zatdan o‘zini tiyish, tavakkul —  Ollohga e’tiqodi pokligi uchun bar­
cha narsalardan voz kechish,  qanoat, uzlat — xilvatni ixtiyor qilish, 
mulozamat  az-zikr  —  uzluksiz  zikr,  tavajjux  —  Haqqa  muhabbat 
qo‘yish, sabr — nafs balosidan ozod bolish, muroqaba — tafakkurga 
g‘arq bolish,  rizo  — Tangri xushnudligini qozonishdan iborat,
Kubro  mo‘g‘ullar bilan bolgan janglarda jasorat  ko‘rsatgan va 
shahid bolgan.  Mo‘g‘ullar  Kubroning  nomi ulugligi,  obro‘si ba- 
landligini  hisobga  olib,  unga  ozod  bolishi,  omon  qolishi  mum- 
kinligini, buning uchun esa qamal qilingan qal’adan chiqib ketishi 
kifoya  ekanini  bildirgan.  Ammo  Kubro  bunday jon  saqlagandan 
k o la ,  o‘z xalqi bilan birga yurt himoyasi yolida jon berishni afzal 
ko‘rgan.  Rivoyat qilishlaricha, ul zot qartayib qolganiga qaramay, 
jangchilarga faol ko‘mak bergan.  Buni ko‘rgan shogirdlaridan biri 
«Ustoz,  anchadan beri bayroq ko‘tarib  charchadingiz,  uni menga 
bering»,  deganida,  u «Agar kuchim bolganida qilich yoki kamon 
olgan  b o la r  edim.  Bayroqni  bizga  qo‘yingda,  siz  yo  qilich  yoki 
nayza bilan  yoglyga  qarshi  kurashing»,  degan  ekan.  U  bayroqni 
shunchalik  mahkam  ushlagan  ekanki,  halok  bolganidan  keyin, 
qolidan bayroqni olishning iloji bolm aganidan, bir mo'g'ul  Kub­
roning  q o lin i kesib  olgan ekan.
Yassaviya  tariqatining  asoschisi  Xoja  Ahmad  Yassaviy  (П66- 
yilda  vafot  etgan).  Turkistonning  Sayram  n uzofotida  tugllgan, 
mashhur  m utasaw if  Yusuf  Hamadoniyning  (1140-yilda  vafot 
etgan)  ta’lim-tarbiyasi  bilan  voyaga  yetgan,  orif  maqomiga
43


erishgan.  Yassaviy ustozining vafotidan keyin  muayyan bir mud- 
dat  uning  maqomida  turgan,  so‘ng  esa  bu  maqomni  Abduxoliq 
G ‘ijduvoniyga qoldirib, Yassi —  Turkiston shahriga qaytadi va o‘z 
tariqati,  yol-yo‘riqlarini tashviq etish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Yassaviyning  oddiy  xalq  tushunadigan  uslubda  yozilgan, 
tasavvufiy qarashlarini  aks  ettirgan  hikm atlari  devonida  o‘z  ak­
sini topgan.  Unda ilohiy ishq,  Haq vasliga yetishish, uning ishqi- 
da  parvona  b o lish ,  undan  boshqa  narsaga  ko‘ngil  qo‘ymaslik 
haqida  fikr  yuritilgan.  Yassaviy  riyozat,  chilla,  zikrga  alohida 
ahamiyat berib,  hayotining  aksariyatini  chillaxonada  o‘tkazgan. 
Yassaviy  tariqati  Turkiston  olkasi,  Ozarboyjon,  Turkiya,  Shi- 
molda  —  Qozon  shahrigacha,  G ‘arbda  —  Bolqongacha  keng 
tarqalgan.
Mashhur  mutasavvif Yusuf Hamadoniyning  (1140-yilda  vafot 
etgan)  ta’lim-tarbiyasi  bilan  voyaga  yetgan  yana  bir  ulug‘  zot  - 
Bahouddin  Naqshband  (1318—1389-yillar)  naqshbandiya  tariqa- 
tining  asoschisidir.  Bu  ta’limotning  mohiyati  «Dil  —  ba  yoru 
dast  —  ba  kor»  shiorida yaqqol  ifodasini  topgan.  Unga  ko‘ra  in­
son  Olloh  inoyati  natijasi  b olib,  bu  dunyoni  unutib  qo‘ymasligi 
lozim,  uning  qalbi  doimo  Ollohda,  q o li  esa  mehnatda b o lm o g l 
lozim.  U  tasavVufning  barcha  tariqatlari  singari  shariat,  tariqat, 
ma’rifat va  haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning  ta’kidlashicha,  shariat  —  ahdga  vafo,  islom- 
ning  beshta  asosiy  talabiga  rioya  qilish,  dil  va  til  birligi.  Tariqat 
esa,  o‘zidan  kechish,  fano  bolishdir.  Haqiqat  —  behuda  ishlar- 
dan uzoqlashish,  haq ishlarga boglanish.  Demak,  shariat  —  qo­
nun,  tariqat  —  yo‘1,  qonun vujud va  qalbni  tarbiyalaydi.  Y ol  esa 
ko‘ngilni poklab,  ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, 
yassaviya 
va 
naqshbandiya 
ta’limotlari 
ma’naviyatimiz  tarixida  juda  katta  o‘rin  tutgan  va  o‘z  ta’sirini 
haligacha saqlab  kelmoqda.
Vatanimiz  sivilizatsiyasining  sharq  xalqlari,  arab  madaniyati 
va  islom  falsafasi  rivojiga  ta’siri  nihoyatda  katta  bolgan.  Uning 
hududida  arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka  erishgan davlat- 
larning  tashkil  topishi,  xalqimizning  bag‘rikengligi  tufayli  yangi 
marralarga  erishildi.  Dunyoviy  va  diniy  sohalardagi  madaniy-
44


m a’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin timsolidir. 
«Avesto»  an’analari,  tabiatni  o‘rganishdagi  yutuqlar,  gumanitar 
sohadagi  ijobiy  siljishlar,  Sharq  xalqlari,  arab  madaniyati  va  is­
lom  falsafasi  rivojiga  samarali  ta’sir  ko‘rsatdi.  0 ‘sha  davrda  ja ­
hon  miqyosida Vatanimizning  m a’naviy-intellektual  nufuzi  ortib 
bordi.  U jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Afsuski,  bu  madaniy uyg‘onish  mo‘g‘ul bosqini tufayli  tanaz- 
zulga yuz tutdi. Amir va sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro ixtiloflar, no- 
ahillik Chingizxon bosqiniga qo‘l keldi.  Bu bosqin mo‘g‘ullarning 
1218-yilda  0 ‘tror  shahrini  bosib  olishi,  uning  hokimi,  Xorazm- 
shohning  qaynog‘asi,  Inolchiqni  bandi  qilishi  va  qulog‘iga 
qaynab  turgan  kumushni  quyib  yuborishdek xunrezlikdan  bosh- 
landi. Mo‘g‘ullarning hukmronligi davrida ana shunday qonxo'rlik 
tinimsiz  davom  etdi.  Ko‘rkam  shahar  va  qishloqlar  vayronaga 
aylandi,  iqtisodiyot  tanazzulga  yuz  tutdi.  Ilm-fan,  madaniyat, 
jum ladan falsafa ilmi ham  inqirozga uchradi.
Garchand uquvsiz hukmdor M uhammad Xorazmshoh salta- 
natni  saqlab  qola  olmagan  bo‘lsa-da,  xalqimizning  bosqinchi- 
larga qarshi kurashi aslo to‘xtagani yo‘q.  Ba’zi tarixiy manbalar- 
ga  ko‘ra,  o‘sha  davrda  nihoyatda  katta  hududdan  600  mingga 
yaqin qo‘shin to‘plash m um kin edi.  Bu qo‘shin to ‘planganida va 
tajribali  lashkarboshiga  topshirilganida  Chingizxon  saltanatni 
bosib  olishi  gumon  edi.  Insoniyatning  o‘tm ishini  yaxshi biladi- 
gan ba’zi olim va mutaxassislarning fikricha,  agar shoh  o‘zining 
yovqur o‘g‘li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayin- 
laganida  va  qo‘shinining  ixtiyorini  unga  topshirganida,  nafaqat 
Osiyo  tarixi,  balki  jahon  tarixi  boshqacharoq  yo‘ldan  ketishi 
m um kin  edi.
Afsuski,  tarix  «Agar unday boMmaganida  edi...»  qabilidagi  ta- 
moyillarni tan olmaydi.  Chingiziylar bosqini  Vatanimiz  madaniy 
taraqqiyotini  bir  necha  asrlar  orqaga  surib  yubordi.  0 ‘sha  davr­
da  bosqinchilarga  qarshi  kurashning  eng  atoqli  vakili  Jaloliddin 
Manguberdi  esa  m illatim L  ozodligi  uchun  olib  borgan  kurashi- 
ning timsoli  sifatida tariximiz  sahifalarida  al adiy qoldi.

Download 9,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish