Mexanika-masninasozlik fakulteti «texnologik masninalar va jihozlar» kafedrasi


-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: MAGNIY, MIS VA ULARNING QOTISHMALARI



Download 1 Mb.
bet9/13
Sana15.01.2022
Hajmi1 Mb.
#369251
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Materialshunoslik va KMT amaliy uzb

6-AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu: MAGNIY, MIS VA ULARNING QOTISHMALARI.


Magniy va uning qotishmalari. Quyma magniy qotishmalari. Magniyli qotishmalarni termik ishlash. Magniyli qotishmalarni korroziyadan muhofaza qilish.

Magniyning Al, Mn, Zn, Si va boshqa elementlar bilan xosil kilgan birikmalariga magniy kotishmalari deyiladi. Bu kotishmalar­ning xossalarini yaxshilash uchun ularga ma’lum miqdorda sirkoniy, niobiy, toriy elementlari xam kiritiladi Bu qotishmalarning tex­nologik xossalari yaxshiligi, solishtirma puxtaligining yuqoriligi, termik ishlovlardan keyin puxtalanishi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra ulardan samolyotsozlikda va boshqa soxalarda keng foydalaniladi.



Magniy kotishmalari 2 guruxga ajratiladi:

1.Deformatsiyalanuvchi qotishmalar. Bu qotishmalarning GOST 14957-76 ga ko‘ra MA-1, MA2, M2-I, MA8 va boshqa markalar bo‘lib, ulardan armaturalar, murakkab shaklli turli hil detallar tayyorlashda foydalaniladi.

Quyma qotishmalar. Bu qotishmalarning ML1 , MLZ, ML5 na boshqa markalari bo‘lib, murakkab shaklli quymalar olishda foydala­niladi. Shuni qayd etish joizki, bu qotishmalarning korroziya bardoshligining pastligi sababli undan tayyorlangan detallar sirti yupka qilib lak, buyok, epoksid smolalar bilan qoplanadi.

Magniy kuchli manfiy elektrod potensialiga ega, shuning uchun kislorodli va vodorodli qutibsizlanish bilan korroziyaga oson uchraydi. U plavik (plavikovыy kislota xim. shishani o‘yish ќobiliyatiga ega bo‘lgan, tasir kuchi o‘tkir kislota) kislotadan (NG‘) tashqari hamma kislotada korroziyaga uchraydi, plavik kislotada esa MgG‘2 himoya pardasi hosil bo‘ladi. Neytral eritmalarda esa vodorodli qutibsizlanishda korroziyalanadi. NH4Cl da gidrooksid Mg(OH)2 pardasini erishi natijasida magniy oson korroziyaga uchraydi.



Mg(OH)2 + 2NH4+ = Mg2+ + 2NH4OH.

Neytral muhitda nikel, temir, mis qo‘shimchalari magniy korroziyasi tezligini ortiradi. Temirning zararli ta’sirini marganes kiritish bilan pasaytirish mumkin. Nam muhitda xloridlar korroziyani tezlashtiradi. Magniy qotishmalarining (Mg - A1qotishmalari) korroziyaga chidamliligi toza magniyni korroziyaga chidamlilik darajasida bo‘ladi yoki undan yuqoriroq (Mg - A1qotishmalari) bo‘ladi. Magniy quymalarini korroziyadan himoya qilish uchun xromlash, fosfatlash, anodli oksidlash (so‘ngra bo‘yoq berish bilan) dan foydalaniladi.



Mis va ularning qotishmalari. Mis va uning xossalari. Texnikada misning rux, kalay, aluminiy, beriliy, kremniy, mar­ganes, nikel va kuryushin qotishmalaridan keng foydalaniladi. Chun­ki misning yuqorida kayd etilgan elementlar bilan legirlanishi mexanik, texnologik, antifriksion, korroziyabardoshlik xossalarini oshiradi. Misning ruxli kotishmasiga latun deyiladi. Si—Zn kotishmasining xolat diagrammasi 56-rasm, a da keltirilgan. Diagrammadan ko‘rinadiki, agar kotishmada rux miqdori 39% gacha bo‘lsa, ruxni misdagi a qattiq eritmasi olinib, unda misning elementar fazoviy kristall panjarasi saklangan holda, uning ayrim atomlari rux bilan o‘rin almashadi. Shu boisdan bu strukturali latunlar puxta. plastik va korroziyaga bardoshli bo‘ladi. Bu qotishmalar kristallanishining boshlanish va tugash temperatura (chizik)larining yaqinligi sababli ular yaxshi quyma xossalariga xam ega bo‘ladi. tarkibida rux miqdori 39% dan 46% gacha bo‘lsa, struktura a + β` fazalardan iborat bo‘ladi. Shuni qayd etish joizki, β` faza Si— Zn ning elektron bazasida hosil bo‘lgan qattik eritmasidir. Qotishmada β` faza bo‘lishi uning qattiqligini orttirib, plastikligini kamaytiradi. Misning standart elektrod potensiali ϕ0Su2 \Cu= + 0,34V yoki ϕ0Su \Cu= + 0,52V, shuning uchun mis faqat kislorodli qutibsizlanish bilan korroziyalashi va eritmaga Su ko‘rinishda o‘tishi mumkin. Su2+ va ON- ning o‘zaro ta’siri natijasida qiyin eriydigan gidrooksid Si(ON)2 hosil bo‘ladi. H2S mavjud bo‘lganda, CuS, karbonat angidrid gazi- (Si0N)2S03, oltingugurt gazi - CuSO4 3Cu(OH)2 hosil bo‘ladi. Mis katod nazorati bilan korroziyalaydi. Suvda, neytral eritmalarda va atmosfera sharoitida korroziya mahsulotlari Si(ON)2, (CuOH)2 CuCO3 dan parda hosil bo‘lish hisobiga yuqori korroziya bardoshlilikka ega. Oltingugurt gazi mavjud bo‘lganda himoya hususiyatiga ega bo‘lmagan parda CuSO4·3Cu(OH)2 hosil bo‘ladi va shuning uchun mis korroziyasi kuchayadi.

Mis oksidlamaydigan kislotalarga chidamli va oksidlovchi kislotalarda yengil eriydi. Mis qotishmalari korroziyaga chidamliligi yuqori (qalayli bronza, alyuminli bronza) va latunning korroziya bardoshliligi esa past. Latun tarkibida ruh 15 % dan ko‘p bo‘lganda tanlama (izbiratelnoy) korroziya bo‘ladi va korrozion yorilishga uchraydi. Tanlama korroziya qalay va mishyak qo‘shish bilan kamaytiriladi. Ammiakda, oltingugurt (IV) oksidida va ammoniy tuzlarida deformatsiyalangan latunning yorilishi kuzatiladi.

Mis va uning asosidagi qotishmalar muhim texnik ahamiyatga ega bo‘lgan materiallardir. Oltingugurtli ruda, mis kolchedani va boshqa rudalar toza misning tabiiy manbai hisoblanadi. Misning xususiyatlari o‘zga tabiiy qo‘shimchalarning turi va miqdoriga bog‘liq. Misdagi o‘zga qo‘shimchalar uning sovuq va issiq holda deformatsiyalanishi va kesib ishlash xususiyatlarini yaxshilashi, mustahkamligini oshirib, korroziyaga qarshiligini kamaytirishi mumkin.



Mis qotishmalaridan eng muhimi latun va bronzalardir. GOST 2060—73 bo‘yicha latunlar L xarfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 markada L harfi latunligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96% mis, qolgani ruxligini bildiradi. Tarkibida misdan boshqa Al, Fe, Mn va bosh­qalar bo‘lgan maxsus latunlarning markalanishiga kelsak, ulardagi legirlovchi elementlar nomlarining bosh harflari, masalan, temir (jelezo) - j, marganes - Mn, nikel -N, qalay (olova) - O, kremniy — K, qo‘rgoshin (svi­nes) - S bilan, bu xarflardan keyingi raqamlar esa shu elementlardan necha % borligini bildiradi. Masalan, LAJ 6 markada 60% Si, 1% Al, 1% Fe bo‘lib, qolgan 38% esa rux bo‘ladi.

Qotishma tarkibidagi ruxning miqdori 10% dan kam bo‘lsa, bu qotishma tompak, ruxning miqdori 10...20% orasida bo‘lsa, u material yarim tompak material deyiladi. Bunday qotishmalar yuqori plastiklik hamda issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, korroziyabardoshliligi ham yaxshi. Tarkibidagi ruxning miqdori ko‘payib borgan sari latunlar arzonlashib boradi (L59, L62). Bunday qotishmalar bir qator yaxshi xususiyatlarga ega, ularning mus-tahkamligi yuqori, kesib ishlanadi, lekin korroziyaga qarshiligi kam.



Ko‘p elementli murakkab legirlangan latunlarda L harfidan keyin legirlovchi elementlar ruscha nomlarining bosh harfi, so‘ngra ularning % miqdorlarini ko‘rsatadigan sonlar qo‘yiladi (LAJbO-1-1, LMsA57-3-1, LObO-1, LK80-3 L va hokazo). Masalan, LANKMs75-2-2,5-0,5-0,5, ya’ni bunday latun tarkibida 75% mis, 2,0% aluminiy, 2,5% nikel, 0,5% kremniy va 0,5% marganes bor.

Texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra latunlar deformatsiyalanadigan va kuyma olish uchun mo‘ljallangan (LK 80—3) bo‘lishi mumkin.

Aluminiyli latunlarning mexanik xossalari va korroziyabardoshliligi yaxshi. Deformatsiyalanadigan qotishmalarda 40% gacha, quyma qotishmalarda esa 7% gacha aluminiy bo‘ladi. Bundaylarga misol qilib, quyidagi qotish-malarni ko‘rsatish mumkin; LA85—0,5, LA77—2, LAMs77— 2,05.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.

1. Magniy va uning qotishmalari haqida nimalar bilasiz?

2. Mis va uning qotishmalari haqida nima bilasiz?

3. Mavzu bo‘yicha taqdimot tayyorlang.





Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish