Mexanika-mashinasozlik fakulteti TVM 36-20 guruh talabasi Rapiqjonov Rahmonjonning Transport logistikasi fanidan taqdimot loyihasi Mavzu: Tashish , ekspeditorlik ishlari va xizmatlarini bajarish bo’yiha tashuvchining majburiyatlari . - Mavzu: Tashish , ekspeditorlik ishlari va xizmatlarini bajarish bo’yiha tashuvchining majburiyatlari .
- Reja;
- 1. Tashish
- 2. Ekspeditorlik xizmatlari
- 3. Tashuvchining majburiyatlari
Ekspeditorlik xizmatlari — bu ekspeditor shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatishni o‘ziga olgan vositachilik va yordamchi-texnologiya xizmatlari kompleksidir. Ekspeditor — transport ekspeditsiyasi shartnomasi tomoni — tovarlarni tashishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, bunda u temir yo‘l, suv, avtomobil transportida yuklarni tashish, shuningdek, yuklarni, tavakkalchiliklarni, transport vositalarini sug‘urtalash, yuklar va hujjatlarni rasmiylashtirish, joylashtirish, saqlash, ishlov berish, deklaratsiyalash va bojxona tartibotlari, transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha keng va turli ishlar kompleksini bajaradi, shuningdek, ushbu tashishlarni amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi va mijozning transport korxonalari oldidagi manfaatlarini himoya qiladi. Yuklarni avtomobil transportida tashish shartlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalar va ushbu Qoidalar bilan belgilanadi. 2. Ushbu Qoidalarda “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan terminlar va tushunchalar, shuningdek quyidagi qo‘shimcha terminlar va tushunchalar qo‘llaniladi: kuzov-tsisternali avtotransport vositasi — suyuq va sochiluvchi yuklarning ayrim turlarini tashish uchun avtotransport vositasi; konteyner-tsisterna (tank-konteyner) — transportning har xil turlarida (dengiz (daryo), temir yo‘l va avtomobil yo‘li) suyuq kimyoviy va oziq-ovqat mahsulotlarini, neft va neft mahsulotlarini, shuningdek suyultirilgan gazlarni saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan hamda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga mexanizatsiyalashtirilgan qayta yuklash uchun moslashtirilgan standartlashtirilgan, ko‘p aylanmali, multimodal transport birligi; haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |