Mexanika fani tarixidan



Download 278,34 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi278,34 Kb.
#731269
Bog'liq
Taqdimot

Mexanika fani tarixidan


Reja:
1.Mexanikaga olimlarning qushgan hissasi.
2.Yunon mexanik olimlari.
3.Mexanika taraqqiyotining yangi bosqichi
Mexanikaning asosiy qonunlarini Galiley (1564-1642) anchagina oydinlashtirgan edi. Nyuton (1642-1727) ularni uzul-kesil ta’riflab berdi. Peterburg fanlar akademiyasida ko’p yil ishlagan Leonard Eyler (1707-1783) birinchi bo’lib mexanikaning qonunlariga analitik ko’rinish berdi va mexanikaning taraqqiyotida katta rol o’ynadi. Ammo “klassik mexanika” deb atalgan, Galiley, Nyuton mexanikasi ma’lum jismdagi harakatlarini, Ya’ni tezliklari uncha katta bo’lmagan va o’lchamlari kishi tanasining o’lchamlariga Yaqin bo’lgan jismlar (otilgan tosh)ning harakati yoki o’zi juda katta bo’lgan jismlar (planetalar)ni harakatini kuzatish natijasida vujudga kelgan. Klassik mexanikaning taqribiy xarakterga ega bo’lishiga sabab ana shu.
Fanning keyingi taraqqiyoti natijasida ma’lum bo’ldiki, agar tekshirilayotgan jismlar juda ko’p atomlardan iborat bo’lsa (makroskopik jismlar) va ularning tezligi yorug’lik tezligiga qaraganda nihoyat darajada kichik bo’lsa, klassik mexanika haqiqatni juda aniq aks ettira oladi. Tezligi yoruqlik tezligiga Yaqin bo’lgan makroskopik jismlarning harakat qonunlari Eynshteyn tomonidan kashf etilgan nisbiylik nazariyasida bayon etiladi.Mexanika kinematika, statika va dinamika bo’limlariga bo’linadi. Ko’p adabiyotlarda kinematika alohida va statika bilan dinamika birga qaraladi. Kinematika-o’rin almashtirishning o’zini vaqtga bog’lab tekshiradi yoki boshqa jismga nisbatan harakatlanuvchi jism harakati shu
harakatni keltirib chiqaruvchi sababni qaramagan holda o’rganadi.
Dinamika jism harakati bilan u jismga ta’sir etuvchi kuchlar orasidagi bog’lanishni o’rganadi. Statika-kuchlar ta’sirida
jismning muvozanat holatini o’rganadi, bu holda kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Mexanikaning taraqqiyoti kishilik jamiyatining madaniy tarixi bilan uzviy bog’langandir. Misr piramidalari va qadimiy qurilmalarining boshqa qoldiqlari qadimiy xalqlar
asosiy muvozanat qonunlari haqida muayyan bilimlarga ega bo’lganlar deb hisoblashga majbur
qiladi. Chunki, bunday bilimga ega bo’lmay turib, bunaqa buyuk inshootlarni Yaratish mumkin bo’lmasdi.
Yunon faylasufi Aflotun (bizning eramizdan oldingi 384-322 yillar) o’zining “Fizika” asarida qadimiy kishilarning mexanika sohasidagi bilimlarini umumlashtirdi; biroq kuch va harakatni bog’lovchi asosiy qonunni u noto’g’ri ta’riflagan edi. Bu qonun XIX asrdan keyingina aniqlandi. Barcha mashinalarning tuzilishi asoslangan bosh qonuni richag muvozanat qonuni va suzuvchi jismlarning muvozanat qonunlari mashhur Arximed (bizning eramizgacha III asr) tomonidan juda aniq ko’rsatilgan edi. Shu vaqtdan boshlab mexanika to’la ma’noda fan sifatida taraqqiy qila boshladi.
XYII asrga kelibgina G. Galiley (1564-1642) jismlar harakatining asosiy qonunini to’g’ri ochib berdi. Bu qonun hamda o’z zamonidagi olimlarning Yutuqlarini bilgan holda ulug’ I. Nyuton (1642-1727) bir necha o’n yillardan so’ng
mexanik harakatning asosiy qonuniyatlarini aniqladi va ularni shunday ravshan va ihcham shaklda bayon qildiki, u hozirgacha amaliy va texnikaviy masalalarni Yechishda ham, ilmiy tadqiqotlarda ham qo’llanilmoqda. Eyler mexanika qonunlariga analitik ko’rinish berdi. Keyingi tadqiqotlar mexanikaning asosiy qonuniyatlariga umumiyroq shakl berdilar va murakkab mexanikaviy hodisalarni tahlil qilish usullarini takomillashtirdilar. Avvalo L. Eyler, D. Bernulli, J. Dalamber, J. Lagranj va boshqa mashhur olimlarning asarlaridan iborat bo’lgan tadqiqotlarning buyuk natijalari haqida nazariy mexanika kurslarida gap boradi..
Download 278,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish