Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi


 Tebranish  konturida  energiya   almashinuvi



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#206219
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Bog'liq
mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

3. Tebranish  konturida  energiya   almashinuvi.  Doimiy  kuchlanish 

manbayiga   kondensatorni  ulab,  uni  zaryadlaymiz,  bunda  tebranish konturiga 

𝑊

𝑒

  =



𝐶 𝑈

𝑚

2



2

 

Elektr  energiyasi  beriladi.  Bu  energiyani  kondensatorning  elektr   maydoni 



oladi  (2.17-  rasm).    Zaryadlangan    kondensator    induktiv  g'altakka  ulangach, 

konturda    elektr    toki    paydo    bo'lib,    orta  boradi,    kondensator    zaryadsizlana 

(razryadlana)  boshlaydi  (2.17-1-rasm).  G'altakda  bu  tok    bilan  bog'liq 

o'zgaruvchi    magnit  maydon    yuzaga    keladi  (2.17-  2-  rasm)  va  orta  boradi. 

G'altak  o'zining  o'zgaruvchi  maydonida  bo'lgani  uchun  unda induksion elektr 

maydon  yuzaga  keladi  va  Lens  qoidasi  bo'yicha    konturdagi  tok  kuchining  

ortishiga qarshilik  qiladi. Shu  bois  konturdagi  tok kuchi  sakrab emas, balki 

sekin-asta    ortadi.  G'altakdan    tok  o'tishi    kondensatorning    asta-sekin  

zaryadsizlanishi  (razryadlanishi)  bilan bog'liq. 

Nihoyat,    shunday    moment    keladiki    (

𝑡 = 𝑇/4),    unda    kondensator  

to'liq  zaryadsizlanadi,  tok  kuchi  maksimal  qiymatiga  erishadi. Bu momentda 

elektr   maydonning   energiyasi  to'lig'icha  g'altak  magnit  maydonining  

𝑊

𝑚



  =

𝐿 𝐼


𝑚

2

2



 

energiyasiga  aylanadi  (2.17- 3 rasm).

 

 

 



2.17-rasm 

Keyingi  vaqt  momentidan  boshlab,  tok  kuchi  va u bilan bog'liq magnit 

maydon    induksiyasi    kamaya  boshlaydi.  Bu  yana    induksion  elektr  maydon 

paydo  bo'lishiga olib keladi, ammo  bu holda u g'altakdagi tokning kamayishiga 




qarshilik    qiladi.  Konturdagi    kondensator    qaytadan    (oldingiga  teskari 

yo'nalishda)    zaryadlana  boshlaydi,  uning  elektr  maydoni  tokning  ortishiga  

to'sqinlik  qiladi (2.17-4 rasm). Tok  kuchi nolga  tenglashgan momentda  (

𝑡  =


 𝑇/2 ),    kondensatorning    qayta    zaryadlanishi    to'xtaydi,  magnit    maydon 

energiyasi  to'lig'icha  elektr  maydon  energiyasiga  aylanadi (2.17- 5 rasm).  

Keyingi    yarim    davr    ichida    jarayon    teskari    yo'nalishda    takrorlanadi, 

ya'ni    konturdagi    tok,    kondensatordagi    elektr    va    g'altakdagi    magnit 

maydonlar  o'z  yo'nalishlarini  o'zgartiradi (2.17-5, 9 rasm).  

Shunday    qilib,    kondensatorning    g'altak    orqali    zaryadsizlanishida 

(razryadlanishida)    hosil    qilingan    zanjirda    elektr    tebranishlar  yuzaga  keladi. 

Bu    tebranishlar    jarayonida  davriy    ravishda    elektr    maydon    energiyasining 

magnit  maydon  energiyasiga    va,  aksincha,  magnit  maydon    energiyasining 

elektr  maydon  energiyasiga  aylanishi  yuz  beradi: 

𝑊

𝑒

  → 𝑊



𝑀

→   𝑊


𝑒

→ 𝑊


𝑒

→ . . . 


Elektr  tebranishlarning  to'liq  energiyasi  har  qanday  vaqt  momentida 

elektr  va  magnit  maydonlarning  energiyalari   yig'indisiga  teng: 

𝐸 =   𝑊

𝑒

 + 𝑊



𝑚

Energiyaning  saqlanish  qonuniga  ko'ra ideal konturning to'liq energiyasi   



o'zgarmasdan  saqlanadi:  

𝐸  =


𝐶𝑈

2

2



 +

𝐿𝑖

2



2

  =  𝑐𝑜𝑛𝑠𝑡, 

bu  yerda   

𝑖  —  konturdagi    tokning  oniy  qiymati,  𝑢  —  kondensatordagi 

kuchlanishning  oniy  qiymati. 

Konturning  to'liq  energiyasini  kondensator  elektr  maydoni  yoki g'altak  

magnit  maydoni    energiyalarining  maksimal  qiymatlari  orqali  quyidagicha  

ifodalash  mumkin:  

𝐸 =

𝐶 𝑈


𝑚

2

2



=

𝐿 𝐼


𝑚

2

2



 

Shuning  uchun  

𝐸  =

𝐶𝑈

2



2

 +

𝐿𝑖



2

2

  =



𝐶 𝑈

𝑚

2



2

+

𝐿 𝐼



𝑚

2

2



  


bo'ladi.  


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish