Sifat – nazorat mevalarni daraxtdan terib olishdan boshlanadi. Kompaniya hamkorlari o‘rtasida turg‘un ibora mavjud: Agromir uchun qilingandek, a’lo darajadagi mahsulot”. Bu bilan ular xom-ashyoning benuqson sifatini ta’kidlaydilar. Kompaniya nomi sifatning o‘ziga xos nomdoshi (sinonimi) bo‘lib qolgan. Sifat borasida, mevalarni yetkazib beruvchilar orasida, Agromir kompaniyasi eng talabchan va qat’iyi hisoblanadi. Ishlab chiqarish uchun faqat, kompaniyada qabul qilingan talab va me’yorlarga muvofiq keladigan, sara va ekologik toza xom-ashyodan foydalaniladi. Bunday yondashuv qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi, shunga qaramay, ishga bo‘lgan bunday yondashuv o‘zgarmaydi. “Belgilangan me’yor”ga rioya qilish bo‘yicha kompaniya eng yuqori darajani egallaydi. Nazorat ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida amalga oshiriladi, ya’ni sinov laboratoriyalarida tayyor mahsulot tekshiruvihar yigirma daqiqada amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |