Mеvalar, ularning tuzilishi va хilma-хilligi. Mevalarning klassifikasiyasi. Urug‘ va mevalarning tarqalishini, о‘ziga xos moslanishlari. Reja



Download 27,1 Kb.
bet4/5
Sana10.06.2022
Hajmi27,1 Kb.
#651154
1   2   3   4   5
Bog'liq
mevalar ularning tuzilishi va khilma

Senokarp mevalar. Sinkarp kо‘pbardan haqiqiy senokarp kо‘rinishidagi kо‘sak mevalar hosil bо‘lgan. Kо‘sak mevalarning evolyusiyasi jarayonida boshqa turdagi quruq ochiladigan va ochilmaydigan mevalar kelib chiqqan. Ulardan biri qо‘zoqdir. Agarda qо‘zoq mevaning bо‘yi enidan 1,5-2 marta oshmasa, о‘ni qо‘zoqcha deb ataladi.
Kо‘pchilik seldereydoshlar va ba’zi bir araliyadoshlar uchun ajraluvchi mevaning о‘ziga xos turi, ya’ni osma meva xarakterlidir. Xakalak bir urug‘li, chatnamaydigan, kо‘p uyali, ostki tugunchadan hosil bо‘lgan etdor meva yonligiga va kosachasimonо‘simtaga ega. Astradoshlar oilasining kо‘pchilik vakillari uchun xos bо‘lgan pistacha meva о‘ziga xos evolyusiontarixga ega. U ikki mevabargdan hosil bо‘lgan, juda ixtisoslashgan parakarp meva hisoblanadi.
Nihoyat qо‘ng‘irboshdoshlardagi don meva о‘ziga xos yо‘l bilan kelib chiqqan. U bir urug‘li, ochilmaydigan meva hisoblanib, yupqa meva yonligi urug‘ning qobig‘i bilan juda mustahkam birikib kegan bо‘ladi.
Senokarp hо‘l mevalarning ikkinchi bir keng tarkalgan turi rezavor va rezavorsimon mevalardir. Senokarp rezavor mevalar asosan yetilgan vaftida etdor hо‘l meva yonligidan iborat bо‘ladi va kо‘pincha kо‘p urug‘ligi bilan xarakterlanadi. Rezavorsimon senokarp mevalarga pomeranets yoki gesperidiy ham kiradi. Ular rutadoshlarning sitrusdoshchalar kenja oilasi uchun xarakterlidir. Ostki tugunchadan hosil bо‘lgan rezavor mevaning alohida turi qovoq mevadir. U qovoqdoshlar oilasi vakillari uchun xarakterli. U odatdagi parakarp meva, ya’ni hо‘l endokarp, etdor mezokarp va bir oz qattiqroq ekzokarpdan iborat. Sinkarp hо‘l mevalardan olma meva turi haqida ham tо‘xtab о‘tishiga tо‘g‘ri keladi. Bu turdagi meva olmadan tashqari nok, chetan, behi, dо‘lana, irg‘ay va shunga о‘xshash turkumlar uchun xosdir. Olma meva turi sinkarp kо‘p bargak meva turidan kelib chiqqan.
Sinkarp mevalar. Sinkarp kо‘pbargakli meva – uchki tomonidan ochiladi. Bu mevalarning meva barglari chetlari bilan shunchalik qо‘shilib о‘sib ketganki, tashqi tomonidan qancha mevabarglardan paydo bо‘lganini bilish qiyin. Sinkarp kо‘sak mevada ginetseyni hosil qilishda qatnashgan mevabarglar soniga teng keladigan uyalar mavjud. Kо‘sak ustki tugunchadan hosil bо‘lib, ochilishi turlicha (lola). Sinkarp mevalarning ichida bо‘lingan mevalar guruhi о‘rta qismidagi tо‘siqdan ajralib merikarpiyni hosil qiladi. Bunday mevalar pastki va о‘rta tugunchadan hosil bо‘lib ochilmaydi (zarang, chaqamiq).
Sinkarp hо‘l mevalar. Bu mevalar tipiga uzum, kartoshka, pomidor kirib, ularning gulqо‘rg‘oni etdor. Bu mevalar danakli mevalardan farqliroq meva pо‘sti yumshoq, urug‘ pо‘sti qattiq tosh hujayralardan tuzilgan.
Pomidor mevasining tugunchasi ikki uyali, ikki mevabargdan hosil bо‘lgan bо‘lib, juda kо‘p urug‘li. Madaniy navlarida mevabarglar sonini oshirish bilan ularning devorlari qо‘shilib ketgan va kо‘p kamerali (bо‘lmali) meva hosil bо‘lgan. Pishganda xlorofill yо‘qolib, о‘rniga karotin pigmenti kо‘payadi.
Olma meva. Bu tipdagi mevalar, olmalar kenja oilasining ra’noguldoshlar oilasiga, ya’ni olma, nok, behilarga mansub. Bu mevalarning kо‘ndalang kesimida beshta bitta urug‘li uya kо‘rinadi. Mevabarglar bir-birlari bilan qо‘shilmagan. Ba’zi olimlar olmani apokarp mevalar tipiga kiritadi, ba’zilari esa ichidagi yupqa pо‘stni endokarpiy deb hisoblaydi. Mevabargning tashqi qismi yumshoq bо‘lib, gul ustunchasi bilan qо‘shilib ketgan deyiladi.
Bir urug‘li sinkarp mevalar. Bu mevalar ham juda kо‘p bо‘lib, ustki va ostki tugunchadan paydo bо‘ladi. Ustki tugunchadan paydo bо‘lgan mevaga, «kokos yong‘og‘i» misol bо‘lib, uzunligi 30 sm, eni 20 sm ni tashkil etadi. Urug‘ida suyuq endosperm bо‘lib, «kokos suti» deyiladi.
Yong‘oq meva. Bu guruhga kiruvchi о‘simliklar gulining urug‘chisi ikkita tumshuqchaga ega bо‘lib, mevasi ikkita mevabargdan hosil bо‘lgan kabi kо‘rinadi. Natijada ikki uyali, har birida bittadan
urug‘kurtakka ega bо‘lgan sinkarp meva shakllanadi. Lekin uyalar о‘rtasidagi tо‘siq ustunchaga aylanib, bitta urug‘ hosil bо‘ladi, ikkinchi urug‘ rivojlanmaydi. Eman daraxtining mevasi yong‘oqdan farq qilib, mevapо‘sti yog‘ochlanmagan va kichkina bandli sopni (plyuska) hosil qiladi. Plyuska meva rivojlana boshlaganda tugunchani butunlay о‘rab oladi, sо‘ngra о‘sishdan tо‘xtaydi. Uchta tumshuqcha mevaning uchta mevabargidan hosil bо‘lganligini kо‘rsatadi. Har bir uyada ikkitadan urug‘kurtak rivojlanadi, lekin meva yetilganda bitta urug‘ qolib, qolganlari qisqarib ketadi.
Parakap mevalar. Parakap mevalar sinkarp mevalardan yoki mevabarglari qо‘shilmagan apokarp mevalardan kelib chiqqan bо‘lishi mumkin. Parakap mevalar ichida bir va kо‘p urug‘li, ochiladigan va ochilmaydigan mevalar uchraydi.
Parakap mevalar kо‘sak va qо‘zoq mevalardan kelib chiqqan. Kо‘sak bir-biri bilan qо‘shilib о‘sgan bir necha mevabargdan hosil bо‘lgan. Meva pishganda pallalari ajraladi (g‘о‘za) yoki teshikcha hosil qiladi (kо‘knoriguldoshlar).
Karamguldoshlar oilasi mevalaridan qо‘zoq meva ham parakap tipiga kirib, meva pо‘stining о‘rtasida tо‘siq paydo bо‘lgan. tо‘siq sinkarp mevadan farq qilib mevabargdan emas, balki urug‘о‘rnidan hosil bо‘lgan bо‘lib, yelgan tо‘siq deb ataladi. Masalan, surepka mevalari kо‘purug‘li ochiladigan, naysimon qо‘zoq. Karamguldoshlarga mansub turli о‘simliklar mevalarining barchasi shu kо‘zoq mevadan kelib chiqqan.
Qovoqdoshlar oilasi vakillarining mevalari ham ostki parakap tipidagi qovoq mevadir. Qovoq meva qattiq ekzokarpiy va etdor mezokarpiydan iborat. Mevaning ichida yumshoq urug‘ о‘rni (plasenta) joylashgan. Ba’zi qovoqdoshlar mevalari pishib yetilganda ichidagi kuchli bosim ta’sirida mevasi ochilib, urug‘lari sochiladi (it qovun).
Bug‘doydoshlarning mevasi ochilmaydigan bir urug‘li don meva, uning mevapо‘sti urug‘iga juda mustahkam yopishgan bо‘ladi. Kо‘pgina bug‘doydoshlarning mevalari qiltiqlari bilan birgalikda tо‘kiladi. Kо‘pgina mevalarning gul qiltiqlarida turli о‘simtalar bо‘lib, urug‘larning tarqalishiga yordam beradi.
Qoqiguldoshlar mevalari ham parakap tipiga kiradi. Bu mevalar tugunchasi ostki bо‘lib, ikkita mevabargdan hosil bо‘lgan bir urug‘li pista mevadir. Urug‘larida tarqalishini yengillashtiradigan о‘simta-
lari rivojlangan.

Download 27,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish