Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Guruhlarga topshiriqlar berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash.
|
5 daqiqa
|
3
|
Uy vazifalarini tekshirib olish
|
3 daqiqa
|
4
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
2 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
6
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
7
|
O`quvchilarni ballarini izohlash
|
1 daqiqa
|
8
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism :
a) salomlashish, davomatni aniqlash, tozalikni tekshirish.
Bizning maqsadimiz :
Ta’limning buyuk maqsadi nafaqat bilim,balki eng avvalo harakatdir
Biz sinfda anchamiz Lekin zo’r sinfdamiz
Bo’sh kelmaymiz darslarda
Biz “4”chimiz “5” chimiz A’lochi o’quvchimiz
SINF SHIORI:
O’quvchilar o’tgan dars qanday mavzu edi 4- laboratoriya mashg’uloti « Gul va to’pgullarning tuzilishi bilan tanishish »
Barakalla! Hamma darsga moslashib oldimi.
Hamma mavzuni o’qib keldimi? Aqliy hujum metodi orqali o’tgan mavzuni takrorlab olamiz.
O’qituvchi o’quvchilarni “Ofarin”, “Barakalla”, “Harakatda bo’ling” kartochkalari orqali baholab boradi.Baholash uchun mevalardan foydalaniladi.
II- O’tgan mavzuni mustahkamlash
1)Aqliy hujum
Bu o’yinda o’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha bita bitta savol beraman javob bergan o’quvchiga rag’bat kartochkasi beriladi
1)To’g’ri va qiyshiq gullarni tushuntirib bering?
2) Oddiy gulqo’rg’onli gullarga misol keltiring?
3) Gulning qismlarini aytib bering?
4)Oddiy qalqonsimon to’p gulli o’simliklarga qaysi o;simliklar kiradi?
5)Makkajo’xorining urug’chi gullari qanday to’pgulda joylashgan?
6)To’g’ri gulag misol keltiring
va rasmlar orqali mavzuni mustahkamlashni davom ettiriladi.
III- Yangi mavzu slayd orqali tushuntiriladi
IV- Yangi mavzu bo’yicha mustahkamlash: .
Baholash uchun o’qituvchi mevalardan foydalaniladi ya’ni savollarga javob bergan o’quvchi bitta meva bilan baholanadi.
1-Sirli meva o’yini
Quyidagi savollarga javob bersangiz dunyodagi eng mazali meva nomini bilib olasiz va bitta mevaga ega bo’lasiz harkim o’zi uchun harakat qiladi.
1)Agar oraliq qismi yupqa,etsiz,quruq bo’lsa bunday mevalar qanday meva deyiladi?
J: Quruq mevalar
2)Bu jonzotlar bo’lmaganda ko’pchilik gulli o’simliklar changlanmagan bo’lar edi bu qaysi jonzot? J: Asalari
3)G’o’za,lola,bangidevona,mingdevona,chuchmoma qaysi meva turiga kiradi? J:Ko’sak meva
4)Mosh,loviya,bug’doy ho’l mevami yoki quruq mevami? J: Quruq meva
5)Olma mevali o’simliklarni ayting? J:Olma,nok,behi
6)Ho’l mevalar orasida ko’p urug’li bo’lib,shirinligi bilan ajralib turadi bunday mevalar qanday mevalar deyiladi? J:Rezavor mevalar
7)Quruq mevalar qanday turlarga bo’linadi? J: Chatnaydigan va Chatnamaydigan
8) Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’adi? J: Urug’chining tugunchasidan
9)Qo’zoq mevaga kiruvchi ildizmevali o’simliklarni ayting? J: rediska,turp
Demak dunyodagi eng mazali meva nomi Mangostin ekan.
Dam olish daqiqasi 2-Multifilmlar olamiga sayohat
Multifilmlar orqali mevalarni o’rganish
O’zbek xalq multifilmlaridan biri “Ho’tikcha” multifilmida eshak qaysi mevani yerda qaysi mevani esa daraxtda o’sishini xohlaydi,teskari dunyo bo’lsaydi deb aytadi?
J: Olma yerda,qovoq esa daraxtda o’ssaydi deydi.
Muzlik davri 4 da Yo’lbars Sidga qaysi o’simlikning mevasini yemasligini ,u meva gangitadigan meva ekanligini aytib ogohlantiradi, lekin Sid uni yeydi va qo’l oyog’I o’ziga bo’ysunmay bo’shashib qoladi?
J:Nilufar guli mevasi
Raponzel multifilmida ot qaysi mevani yaxshi ko’rib istemol qiladi?
J: Olma
Endi navbat topishmoqqa
1)Otasi bukri xo’ja,Onasi yoyma chalpak,Bolasi shirin- shakar ( Tok,bargi,uzumi)
2) Po’sti qalin,qovoqday,
Beli bog’li tanobday,
Mevasi sarig’ yog’day (Yong’oq)
3- Venn diagrammasi
II I
I
I
I-Farqi II- O’xshashligi
Darsni yakunlash Faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.Hamma baholariga rozimi.
Shunday ekan bolajonlarim kitob o’qishdan ilm o’rganishdan bilim olishdan also charchamanglar .Doimo sog’ bo’ling
Uyga vazifa: Mevalarning ahamiyati mavzusida qisqacha referat tayyorlab kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |