Мевачилик ва сабзавотчилик


Topshiriqni bajarish tartibi



Download 7,73 Mb.
bet151/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Topshiriqni bajarish tartibi
Talabalar yangi uzib olingan o‘simliklar, yangi piyoz va mulyajlardan foydalanib, oddiy piyozning morfologik belgilari bilan tanishadilar, respublikada rayonlashtirilgan navlarini ta’riflaydilar. Ular topshiriqni bajarish uchun 3 – 4 kishidan iborat zvenolarga bo‘linadilar. Navlar 9-shaklga muvofiq ta’riflanadi.
14- jadval
Piyoz navarini ta’riflash shakli.





Nav belgilari

Navlar













1.

Bargi;













katta-kichikligi













Rangi













mum gubori soni













ko‘ndalang kesimdagi shakli













2.

Piyozboshi;













uzunligi (sm)













diametri (sm)













shakli indeksi













Shakli
















o‘rtacha vazni (g)













quruq qobig‘i soni













quruq qobig‘ining rangi













sersuv qobig‘ining soni













sersuv qobig‘ining rangi













Murtakliligi













Uyaliligi













Mazasi













3.

Navning o‘suv davri (kun) (tezpishar-ligi)













To‘ldirilgan ta’riflash sxemasi topshiriqning bajarlishi to‘g‘risidagi hisobot bo‘lib hisoblanadi. Jadvalning bo‘sh shakllariga sxemadagi izchillikda ta’riflanadigan navlarning nomi yoziladi.
10- LABORATORIYA mashg‘ulot davomi


Keng tarqalgan karam navlari bilan tanishish


Topshiriqdan maqsad. O‘quvchilarni O‘zbekistonda rayonlashtirilgan oddiy karam navlarini morfologik belgilari hamda bu navlarni birini ikkinchisidan farq qiladigan asosiy belgilari bilan yaqindan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatma. Oddiy karam hayotining birinchi yili hosildor qismi, vegetativ organ – karambosh o‘raydi, ikkinchi yili reproduktiv organlar va urug‘ hosil qiladi. Poyasi hayotining birinchi yili kalta (20-50 sm), yo‘g‘on, barglar bilan qalin qoplangan bo‘ladi. U, odatda, o‘zak deb ataladi. Hayotining ikkinchi yili o‘simligi bo‘yi 1-1,5 m, shoxlanadigan poya chiqaradi. Barglari yirik, bandining uzunligi 5-15 sm va undan uzun. Barg plastinkasi seret, qalin tomirlagan bo‘ladi.
Karamboshi katta bo‘lib o‘sib ketgan yopiq uchki kurtakdir. Ertapishar navlari kichikroq, diametri 10-20 sm, kechpisharlarniki yirik 25-40 sm bo‘ladi. To‘pguli cho‘ziq shingil, egilgan va egilmagan, uzunligi 60-80 sm. Guli ikki jinsli, o‘rtacha yirik. gulkosabargi va tojbarglari to‘rttadan, tugunchasi ustki, ikki uyali. Mevasi 5-13 sm uzunlikdagi, tsilindrsimon yoki yassi tsilindrsimon qo‘zoq. Urug‘i qo‘zoq ichidagi pardaga birikkan, yumaloq, kam xonali, rangi jigarrangdan qoragacha, o‘ratcha yirik bo‘ladi.
Karam navlari vegetativ (o‘zagi, barg plastinkasi, to‘pbargi) va hosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik beliglari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun navlarni o‘rganishda nav belgilari kompleksidan foydlanish shart:
Tashqi o‘zagining bo‘yi: past (16 sm gacha), o‘rtacha (16-20 sm), katta (20 sm dan baland);
To‘pbargining katta-kichikligi: mayda (diametri 60 sm gacha), o‘rtacha (60-80 sm), yirik 90 sm dan ortiq);
To‘pbargida barglarni joylashishi: gorizontal, yarim ko‘tarilgan, ancha baland ko‘tarilgan va yuqoriga yo‘nalgan;
Barg plastinkasining tipi: yaxlit, bandsiz, yaxlit banli, hoshiyali, plastinkasi pastga qaragan, kuchsiz lirasmon va lirasmon;
Bandining uzunligi: bandsiz, kalta bandli (4-10 sm), o‘rtacha bandli (10-15 sm). uzun bandli (15 sm va undan ortiq);
Barg plastinkasining shakli: 1) cho‘ziq platsinkali: keng lantsetsimon, ovalsimon, yuqoriga va pastga yo‘nalgan, teskari tuxumsimon, enli teskari tuxumsimon; 2) yumaloq plastinkali: yumaloq va ko‘ndalang-ovalsimon; 3) keng plastinkali: ko‘ndalang-ovalsimon va kurtaksimon;
Barg plastinkasining katta-kichikligi: mayda (25-40 sm), o‘rtacha (40-50 sm), yirik (50 sm) Hamda undan yirik;
Barg plastinkasining yuzasi: yassi, botiq, bir oz botiq, ancha botiq, qoshiqsimon botiq, do‘ng, asosiy tomir bo‘yicha bir oz do‘ng, chetlari pastga egilgan, asosiy tomir bo‘ylab kuchli bo‘rtgan va pastga osilib tushadi;
Bar to‘qimasining yuzasi: silliq, burishgan;
Bargining cheti: tekis, kuchsiz to‘lqinsmion, to‘lqinsimon, kuchli to‘lqinsimon, pistasimon ilonizi, shokilali;
Barglarining rangi: och-yashil, yashil, to‘q-yashil, kulrang-yashil, ko‘kishyashil. Yashil-binafsha, ola-chipor, ko‘k-yashil, qizil-banafsha;
Barglaridagi mum g‘uborligi: kam, o‘rtacha, ko‘p;
Karamboshining shakli va indeksi: yassi (indeksi 0,4-0,7), yumaloq-yassi (0,7-
0,8), yumaloq (0,8-1,1), konussimon (0,8-1,4), ovalsimon (1,4-2,1);
Karamboshining katta-kichikligi: mayda, o‘rtacha, yirik;
O‘rtacha vazni va zichligi: mayda (0,5-1,5 kg), o‘rtacha (1,5-2,5 kg), yirik (2,5
kg dan ortiq);
Ichki o‘zagining uzunligi: qisqa, uzun;
Karamboshining rangi: turli darajada oq, yashilsimon oqish;
Vegetatsiya davri: ertapishar (urug‘idan ekilganda texnik yetilishigacha 100-120, ko‘chatidan ekilganda esa 55-65 kun), o‘rtapishar (urug‘idan 130-150 kun, ko‘chatidan 75-80 kun), kechpishar (urug‘idan 170-180 kun, ko‘chatidan 110-120 kun).



OQ BOSh KARAM NAVLARI








58-rasm. SARATONI
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 140-145 kun. Vazni 1,5-2,1 kg. Hosildorligi 26-30 t/ga. O‘rtagi muddatda ekishga yaroqli, issiqqa chidamli.

59-rasm. TERMIZ 2500
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 140-145 kun. Vazni 1,6-2,2 kg. Hosildorligi 26-30 t/ga. O‘rtagi muddatda ekishga yaroqli, issiqqa chidamli.









60-rasm. SUDYa UZBEKSKIY
O‘rta-kechki nav, o‘suv davri140-150 kun. Tup balandli­gi 70 sm. Bargi yirik 44-40 sm, yuzasi serburma, qirrasi to‘lqinsimon, bo‘zrang yashil. Karamboshi yassi yumaloqsimon, ba’zan yassi tuxumsimon, 12x15 sm, uch tomoni biroz chukkaygan, indeksi 0,8, vazni 1,2—2,0 kg degustatsion bahosi 4,0 ball. O‘zagi karambosh uzunligining 44% ni tashkil etib, kengligi 3,5-4,0 sm. Tarkibida quruq modda mikdori 8,0%. Hosildorligi 32-36 t/ga.



61-rasm. O‘ZBEKISTON 133
O‘rta kechpishar, o‘suv davri 150-155 kun. Tupi o‘rtacha. Bar­gi o‘rtacha, tuxumsimon, yuzasi mayda va yirik ajindor, qirrasi biroz to‘lqinli, yashil yoki bo‘zrang yashil. Karam­boshi yassi yumaloqsimon, ba’zan yumaloqsimon, och yashil rangli, ko‘ndalang kesimi-oqish, ustki bargi biroz yashil, vazni 1,3-1,7 kg, degustatsion bahosi 4,8 ball. O‘zagi karambosh uzunligining 35% ni tashkil etadi. Hosildorligi 45- 50 t/ga. Yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun yaroqli.











62-rasm. TOShKENT 10
O‘rtapishar nav, o‘suv davri 120-130 kun. Tup balandli­gi 70 sm. Bargi yirik 44-40 sm, yuzasi serburma, qirrasi to‘lqinsimon, bo‘zrang yashil. Karamboshi mayda va o‘rtacha, yassi yumaloqsimon, uch tomoni biroz cho‘qqaygan, indeksi 0,8, tig‘iz, oqish yoki qaymoq rang, ko‘ndalang kesimi och yashil, markaz tomon oq. Hosildorligi: o‘rtagi muddatda 20-30 t/ ga, kechki muddatda 40 t/ga. Iste’mol va tuzlash uchun foyda- laniladi. Issiqqa va qurgoqchilikka chidamli.

63-rasm. ShARQIYa 2
Kechpishar nav, o‘suv davri 140-145 kun. Tup balandligi o‘rtacha, bargi yirik. Karamboshi yumaloqsimon, silliq, yashil rangli, tig‘iz, tig‘izligi 5,0 ball, kesilganda oqish, vazni 1,7 kg, bir vaqtda pishib yetiladi. Hosildorligi 22- 28 t/ga. Yangiligicha iste’mol qilish va qayta ishlash uchun yaroqli. Kasalliklarga va issiqqa chidamli.






Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish