II. Hisoblash qismi
2.1. 5 % li 5000 l xom tomat pulpasidan qancha tomat pastasi chiqishini hisoblash
Xom tomat pulpasidan tomat pastasi chiqish miqdorini hisolab topamiz. Quyidagi belgilami qabul qilamiz:
В- bug‘latishgacha bo‘lgan tomat pulpasi miqdori, kg;
B1, - tayyor tomat mahsuloti chiqish miqdori, kg;
Bc - bug‘latishgacha tomat pulpasida bo‘lgan quruq modda miqdori, % (refraktometr bo‘yicha);
С - tayyor mahsulotdagi quruq modda miqdori, % (refraktometr bo‘yicha).
Bug‘latishga 5% li 5000 l tomat pulpasi keltirildi. U 20% li konsentrat olinguncha bug‘latiladi. Tayyor inahsulot miqdorini topamiz;
20% li tomat mahsulotining zichligi 1,08 ga teng. U holda tayyor tomat massasi. 1250 I * 1,08 = 1350 kg bo‘ladi.
Xulosa
Global inqiroz va pandemiya sharoitida dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligining ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha pandemiya oqibatida ocharchilikdan qiynalayotgan aholi soni hozirgidan 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 millionga yetadi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) 2020 yil 29 martda e’lon qilingan
“COVID-19 va oziq-ovqat ta’minoti zanjiridagi risklar: qanday yo‘l tutmoq kerak?” nomli hisobotida ta’kidlanganidek, koronovirusga qarshi kurash doirasida jahon miqyosida ko‘rilayotgan choralar oziq-ovqat yetkazib berish zanjirida uzilishlarni yuzaga keltirib, tizimda beqarorlikni keltirib chiqaradi va oqibatda kambag‘al, qashshoq aholiga katta zarar yetkazadi. Bu ayniqsa oziq-ovqat ta’minotining muqobil manbalariga ega bo‘lmagan mamlakatlarga katta xavf soladi .
Global pandemiyaning mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Koronavirus pandemiyasi insonlar hayotiga xavf solish bilan bir qatorda butun dunyoni iqtisodiy inqirozga olib kelayotgani tobora aniq bo‘lib borayotgan bir paytda, oziq-ovqat ta’minoti masalasi kuchayib, ayrim davlatlar o‘zi yetishtirgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chetga chiqarmaslik choralarini ko‘rmoqda. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylanib boryapti. Jahon banki o‘z hisobotida global inqiroz va pandemiya sharoitida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan eng asosiy manbalardan biri qishloq xo‘jaligi ekanligini e’lon qilib, bu borada O‘zbekistonda imkoniyatlar kattaligiga alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, mavzuga doir adabiyotlarni va boshqa ko’plab manbalarni, mutahasislarning fikrlarini o’rganib chiqib quyidagilarni taklif qilaman:
Meva va sabzavotlarda pyure, sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasini ko’rib chiqish va mavjud muammolarni o’rganish va ularni bartaraf etishni;
Meva va sabzavotlarda pyure, sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasinining zamonaviy usullarini o’raganishni va joriy etishni;
Meva va sabzavotlarda pyure sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasida resurstejamkor, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etishni;
Pandemiya sharoitidagi xalqaro iqtisodiy inqiroz oqibatlari ta’sirini hisobga olgan holda barcha shart-sharoit va imkoniyatarni o’rganib chiqishni.
Qishloq xo’jaligidan samarali foydalanish uchun investetsiyalar joriy etishni
Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvhchilarni xalqaro sertifikatlar bilan taminlash tizimini yo’lga qo’yishni
Ishlab chiqaruvchilarning xalqaro sertifatlarga ega bo’lishi uchun ularga ba’zi imtiyozlar yaratishni
Logistika tizimini yaxshilashni
Qishloq xo’aligi imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va foydalanishni
Sohaga yuqori texnologiyalarni va xalqaro malakali mutahasislarni jalb qilishni.
Do'stlaringiz bilan baham: |