маркетинг стратегиясини ишлаб чиқиш»
190
chiqarishni 1,7 barobar, go’sht konservalarini 2,2 barobar, kolbasa mahsulotlarini 1,8
barobar, sut mahsulotlarini 1,9 barobar oshirish;
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgarmasi mablag’lari
hisobidan meliorativ inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib
sug’orish tizimini yo’lga qo’yish va meliorasiya texnikalarini xarid qilish bo’yicha qariyb
500 million dollarga teng bo’lgan loyihalar hisobidan 1,4 million gektar yer mayloninig
meliorativ lolatini yaxshilash;
qishloq xo’jaligi texnikasi parklarini kengaytirish, ularni sifat jihatdan yangilash,
fermerlarni unumli qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlash, xizmat sifatini
yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim prognoz vazifalari belgilangan.
Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va agrar
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami 2014 yilda 14 mimg gektar yer
maydonlarida intentsiv bog’lar barpo etildi. Bu bog’larda yuqori iste’mol xususiyatiga
ega va serhosil bo’lgan mevali daraxt ko’chatlari ekilmolda. Bunday bog’larning
yaratilishi mamlakatimiz aholisini sifatli mena mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash
imkonini yaratadi. Birgina 2015 yilning kuzi va 2016 yilning bahorida jami 7661 gektar
maydonda yangi mevali bog’lar, shundan 2110 gektar yer maydoniga intentsiv bog’lar
barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi bog’larni qayta ekish uchun rekonstruktsiya qilish
belgilandan.
Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir me’yorda
ta’minlab berish uchun keng tarmoqli sovitish kameralariga ega bo’lgan omborlar
tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2015 yil 7 aprelidagi 105-sonli Qaroriga muvofiq, aholi va tashqi
bozorlarga yil davomida muntazam meva-sabzavodlarni sof holda yetkazib berish
maqsadida 2011-2016 yillarda 120,8 ming tonna sig’imga ega yangi sovitish kameralarini
qurish va 49,1 ming tonna sig’imga ega mavjud sovitish kameralarini modernizatsiya
qilish amalga oshirildi..
Qishloq xo’jaligi ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish vazifasi, birinchi
navbatda, sug’oriladigan yerlarning unumdorligi va irrigatsiya-melioratsiya holatiga
bog’liq. Ilmiy tadqiqot ishlarning natijalariga ko’ra, o’rtacha sho’rlangan yerlarda
ekinlarning hosildorligi sho’rlanmagan yerlarga nisbatan 50-60 foizga, o’ta sho’rlangan
yerlarda esa 90-100 foizga past bo’lishi aniqlangan.
O’tgan yillar davomida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo’lib keldi. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 29 oktabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning
tizimlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3932-sonli
Farmoniga muvofiq olib borilgan ishlar natijasida 1 million 700 ming gektar
sug’oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Bu jami ekiladigan maydinning
yarmidan ziyodi demakdir. Dasturda meliorativ tizimlarni rivojlantirish va
« Мева-сабзавотларни етиштириш, қайта ишлаш ва сотишнинг
Do'stlaringiz bilan baham: |