Metso-soprano



Download 46,98 Kb.
Sana06.07.2021
Hajmi46,98 Kb.
#110170
Bog'liq
Musiqa sa1


Musiqa san’ati, xususan cholg'u ijrochiligi doimiy rivojlanib boradigan jarayon bo'lganligi bois, san’at va musiqa maktablarida o'qitish ishida, ijrochilik amaliyotida yangi-yangi asarlar, ya’ni taalluqli repertuarga bo'lgan ehtiyoj birdek saqlanib qolaveradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda musiqiy ta’lim tizimida F.Vasilyevning «Qashqar rubob darsligi», Q.Usmonovning «Boshlang'ich rubob darsligi», H.Nurmatovning «Rubob darsligi» va «Qashqar rubobi», R.Qosimovning «An’anaviy rubob darsligi», A.Dadamuhamedovning «Rubob prima darsligi» hamda F.lbragimovning «0‘zbek xalq cholg'ulari uchun pyesalar» kabi ko'plab qo'llanmalari amaliyotda keng qo'llanib kelinmoqda.

Gammalar, etyudlar va mashqlarga alohida, yangi bir ko'rinishda yondashildi. Bunda har bir sinf uchun muayyan maqsadni o'z ichiga olgan maxsus mashq va gammalar ishlab chiqilib, tushuntirishlar orqali tavsiya qilindi.

Etyudlar turli ijro shtrixlarini o'zlashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Barcha gamma, etyud va mashqlar applikaturasi aniq belgilangan bo'lib, ularga qat’iy rioya qilish zarur.

XX asrning 40-50 yillaridan boshlab, Toshkent Davlat konservatoriyasi (hozirgi 0‘zbekiston Davlat konservatoriyasi) qoshida cholg'ularni o'rganish va takomillashtirish maqsadida professor A.I.Petrosyants (1910-1978) boshchiiigida eksperimental laboratoriya tashkil qilinib, unda o'zbekxalq cholg'ulari qayta ko'rib chiqila boshlandi. Jumladan, qashqar rubobi ham qayta ishlandi va uning temperatsiyali tovushqatorga asoslangan prima, alt у a metso-soprano turlaridan iborat ruboblar oilasi yaratildi (1-rasm):

Natijada qashqar rubobida o'zbekxalq musiqasi bilan birga, ko‘p!ab boshqa xalqlar kuylari, bastakorlar va kompozitorlar asarlarini ijro etish imkoniyati paydo bo'ldi. Hozirgi kungi amaliyotda qashqar rubobining alt va metso-soprano turlari qisman maktablarda va orkestr ijrochiligida qo'llanilayotgan bo'lsa, rubob prima yakka soz sifatida keng qo'llanilmoqda.



Rubob primaga metalldan ishlangan to‘rtta tor taqiladi va ular quyidagicha sozlanadi:

  1. tor - ikkinchi oktava mi,

  2. tor - birinchi oktava lya,

  3. tor - birinchi oktava re,

tor - kichik oktava sol notalariga sozlanadi.

Mashqlar

Gamma va mashqlar dastlabki bosqichlarda rubob primani to‘g‘ri ushlash va ovoz chiqarish, oddiy shtrixlarni o'zlashtirish va chap qo‘lni dasta bo‘ylab harakatlantirish kabi engil malakalarni o'rganishda yordam beradi.

Keyingi bosqichlarda esa tovush chiqarish texnikasi, murakkab passajlar va shtrixlarni o‘zlashtirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Gammalar va mashqlar ustida ishlash o'quvchining tayyorgarligi va uning oldiga qo'yilgan vazifadan kelib chiqqan bo’lishi kerak. Biron-bir ko'nikmani o'zlashtirishda mashqlarni sekin sur’atda chalib o‘rganish va keyin tez sur’atga o‘tgan ma’qul.

Quyida G.Shradikning «Skripka darsligi» («Школа скрипичной игры»)птд birinchi bo'limidan 24 ta mashqlari keltirildi. Bu mashqlar rubob primani texnik



imkoniyatlariga to'liq mos keladi va o‘quvchining ijro texnikasini rivojlantirishda o'z samarasini beradi. Musiqa maktabining har bir o'quv bosqichida to'rt-beshta mashqlarni o'zlashtirish mumkin.

G.Shradik
Download 46,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish