I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:
metrologiya xizmatlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish — metrologiya xizmatlarining belgilangan akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida o‘lchashlar birligini ta’minlash maqsadida ishlar o‘tkazishining qonuniyligini rasman tan olish;
akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ — tibbiy uskunalar va apparaturalarning mavjud talablarga muvofiqligi haqida xulosa berish huquqiga rasman vakolat beruvchi davlat boshqaruvi organi (“O‘zstandart” agentligi);
apellyatsiya — akkreditatsiya arizachisining uning tegishli holatiga nisbatan biror-bir salbiy qarorni qayta ko‘rib chiqish uchun qilgan yozma murojaati;
Do'stlaringiz bilan baham: |