O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-XORAZMIY
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI
“TT VA KT” FAKULTETI
“AX 12-19’’ guruh talabasining
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH
FANIDAN
TAYYORLAGAN
2– Mustaqil ishi
Bajardi: Sultonov R
Qabul qildi: Muhiddinov T
1.Mahsulot sifatini sinash baxolash usullari
2.Maxsulot sifatini miqdoriy baxolash
3.Maxsulotno kodlash tizimi
4.O‘lchash asboblarining metrologik xarakteristikalari
5.O‘lchash vositalarini sinash
6.Metrologik tekshiruv va nazorati
7.Metrologiya buyicha xalqaro tashkilotlar
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya tug‘risidagi qonun
Aloqa va axborotlashtirish soxasida metrologiya xizmati buyicha xalqaro tashkilotlar
Aloqa va axborotlashtirish soxasida metrologiya tekshiruv nazorati
1. Mahsulot sifat darajasini baholash usullari.
Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin (1-rasm).
Mahsulotning sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari
1 - rasm. Mahsulot sifati ko'rsatkichlarini aniqlash usullari
klassifikatsiyasi.
O'lchash usuli texnik o'lchov asboblari yordamida olingan ma'lumotlarga asoslangan. O'lchash usuli yordamida mahsulotning og'irligi, bo'yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog'lanishlar yordamida olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og'irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko'rsatkichlarni aniqlashda qo'llaniladi.
Organoleptik usul - sezgi organlari: ko'rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma'lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko'rinishi, ko'zga tashlanuvchanligini baholashda qo'llaniladi.
Qayd etish usuli ma'lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o'tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo'li bilan olingan ma'lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko'rsatkichi, huquqiy patent ko'rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma'lumot manbalariga qarab sifat ko'rsatkichlari an'anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo'linadi.
An'anaviy usul - muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo'liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida mahsulot sifat ko'rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya'ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo'lmaydigan ba'zi sifat ko'rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba'zi ergonometrik va estetik ko'rsatkichlarini baholashda qo'llaniladi.
Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste'molchilariga tayanadi. Iste'molchilarning fikri to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, so'roq qilish yoki maxsus so'roq anketalari orqali, ko'rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko'rsatkichlarini tegishli bazis ko'rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya'ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko'rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko'rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.
Ba'zan mahsulot sifati darajasini baholashda mushkul holatlar ham uchraydi. Bunday xolatlarda barcha ko'rsatkichlarni ahamiyatlilik darajasiga ko'ra ikki guruhga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Birinchi guruhga mahsulotning muhim xossa-xususiyatlarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni, ikkinchi guruhga esa ikkinchi darajali ko'rsatkichlarni kiritiladi. Agar birinchi guruhga qiymati birdan katta yoki birga teng bo'lgan barcha nisbiy ko'rsatkichlarni kiritib, ikkinchi guruhga esa asosiy qismi birdan kichik bo'lmagan ko'rsatkichlarni kiritilsa, taqqosalanayotgan mahsulotning sifat darajasi namunaning sifat ko'rsatkichlaridan past emasligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda mahsulotning sifati darajasini boshqa usulda, masalan, kompleks usulida aniqlash mumkin.
Sifat darajasini baholashning kompleks usuli sifatning kompleks (umumlashgan) ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan mahsulot sifati darajasini faqat bitta son bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'lgan holatlarda foydalaniladi. Kompleks usuliga ko'ra sifat darajasi baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichini taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namunaning umumlashgan sifat ko'rsatkichi bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
(1)
Kompleks baholashning mukammalligi umumlashgan sifat ko'rsatkichini obyektiv topishdadir.
Baholanayotgan mahsulotning umumlashgan sifat ko'rsatkichlari bilan e'tiborga olinayotgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi bog'liqlikni tavsiflash imkoniyati bo'lgan barcha holatlarda quyidagi funktsional bog'liqlikdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
(2)
Barcha bo'lishi mumkin bo'lgan usullar, shu jumladan ekspert usulida ham ushbu bog'liqlikning ko'rinishi turlicha bo'lishi mumkin. Odatda, bunday hollarda umumlashgan ko'rsatkich qilib mahsulotning xususiyatlarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlardan biri qabul qilinadi.
Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial va kompleks usullari har doim ham qo'yilgan masalalarni yechishga imkon beravermaydi. Sifat ko'rsatkichlarining keng nomenklaturasiga ega bo'lgan murakkab mahsulotni baholashda, differentsial usul yordamida aniq xulosa chiqarib bo'lmaydi, faqatgina kompleks usulni qo'llash esa baholanayotgan mahsulotning barcha asosiy xossa- xususiyatlarini obyektiv baholashga imkon bermaydi. Bunday holatlarda mahsulotning sifatini baholash uchun mahsulot sifatining birlik va kompleks ko'rsatkichlaridan differentsial va kompleks baholash usulini qo'shib, birgalikda foydalaniladi. Baholashning bunday usuli aralash usul deyiladi.
Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Sifatning birlik ko'rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo'yicha sifatning kompleks ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
Mahsulotning sifati ko'rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
Mahsulotning belgisi_- uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.
Mahsulotning parametri_- uning belgisi bo'lib, barcha miqdoriy xususiyat va xolatlarni ifodalaydi.
Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko'rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o'tkazuvchanligi, cho'ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlarga aytiladi. Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichiga tortilgan o'rtacha qiymat ko'rinishida aniqlangan ko'rsatkichni misol qilib keltirishimiz mumkin:
Ko = KZ bu yerda
/=1
Ki- mahsulotning i xususiyatining ko'rsatkichi.
Zi- Ki ko'rsatkichning ulushini ifodalovchi koeffitsient.
2. Guruhlar bo'yicha aniqlangan kompleks ko'rsatkichlar hamda alohida ajratib ko'rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo'lgan birlik ko'rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi.
Odatda, o'lchash yo'li bilan mahsulot sifatining birlik ko'rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko'rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko'rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo'li bilan, yuqorida aytib o'tganimizdek, sifatning kompleks ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin.
2
Mahsilot Sifatini miqdoriy baholash Kvalimetriya
Mahsulot sifatini baholash va uni oshirish uchun sifat darajasini baholash zarurdir.
Mahsulot sifatini miqdoriy jihatdan baholash bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasiga kvalimetriya deyiladi.
Mahsulotning sifati darajasini baholash mahsulot sifatini sistemasida zaruriy boshqaruv ta’sirini amalga oshirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Baholashdan maqsad:
Ko’rib chiqish uchun sifatning qaysi ko’rsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va ko’rsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yo’nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo’lishi mumkin.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko’rsatkichi deyiladi. Sifat ko’rsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir.
Sifat ko’rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Mahsulotdan foydalanish shartlari va nima maqsadda ishlab chiqarilganligi;
Iste’molchi talablarining tahlili; Mahsulot sifatini boshqarish masalalari;
tavsiflanayotgan xususiyatlarning tarkibi va strukturasi;
Sifat ko’rsatkichlariga nisbatan qo’yilgan asosiy talablar
Sifat ko’rsatkichlari
Tavsiflovchi xususiyatlari- ga ko’ra
|
Ifodalanish Sifat
|
Bosqichlariga ko’ra
|
|
usuliga ko’ra darajasini
baholashga ko’ra
|
-birlik
-kompleks
|
|
-natura -baza
birlikla- ridagi
-nisbiy
|
-bashorat etilayotgan
-loyixalashtirilayotgan
|
|
|
-qiymat birlikla- ridagi
|
-ishlab chiqarish
-ekspluatatsiya
|
3 Mahsilotni kodlash tizimi shtrix kod
O‘zbekiston Respublikasida shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta’minlaydi. EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN
UZBEKISTAN) assotsiatsiyasi va “O’zstandart” agentligining “Shtrixli kodlash markazi” davlat korxonasi tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. GS 1 (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan. GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to‘g'risida guvoxnoma va EAN tizimiga ko‘ra tovar kod tuzilmasini beradi.
Hozirgi kunda savdo shaxobchalaridan sotib olingan deyarli har kanday tovar o‘z shtrixli kodiga ega (shtrix kod). Bu tovar markirovkasi 1949 yilda Bernard Silver va Norman Djozef Vudland tomonidan mahsulotdan uni nazorat qilishda axborotni avtomatik tarzda o‘qib olish imkoni uchun kashf qilingan.
Birinchi navbatda shtrixli kod savdoda kerak. Agar do'konda shtrixli kodni o‘qiydigan (POS- terminal deb ataladigan ingl. Point of Sale - "Sotish punktlari") kompyuter kassalariga ulangan avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan bo'lsa, savdo zalining barcha tovarlarida shtrixli kod mavjudligi kassalar (POS-terminallar) oldida xaridorlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini qiskartirishga imkon beradi. Kassa chekida xarid kilingan tovarning aniq nomi va uning narxi kayd qilinishi uchun kassirga maxsus o‘qish qurilmasi (skaner) bilan tovar qadog'idan EAN/UCC-13 raqamini
o‘qib olishning o‘zi kifoya.
Bundan tashsari, savdo zalining barcha nazorat kassa mashinalari yagona nazorat qurilmasiga (kompyuterga) ulanganda har qanday vaqtda u yoki bu tovar sotilishining xaqiqiy hajmini, u yoki boshqa buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj darajasini baxolash (tikuv buyumlari hollarida anik modellarga bo‘lgan extiyojni baxolash), savdo zalining rastalaridagi tovarlar zahirasini to‘ldirish uchun omborga oldindan buyurtma berish mumkin.
Oddiy qoida: do'kondagi tovarning shtrixli kodi ham narx, ham xarid qilingan tovar ekvivalenti hisoblanadi. Agar ikki tovar narxi bo'yicha farqlansa, ular har xil shtrixli kodga (EAN rakamiga) ega bo'lishi kerak.
Hozirgi vaqtda shtrix kod nafaqat savdoda, balki omborxona hisobini olishda, pochtada, kutubxona ishida va boshqa sohalarda ham tovar bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. U bevosita yo tovarni ishlab chiqarishda uning upakovkasiga yoki maxsus printerlar yordamida bosiladigan stikerlarga qo‘yiladi.
Chiziqli shtrix kodda, oq-qora chiziqlar tagida raqamlar bilan kuyidagi axborot berilgan:
Birinchi uchta rakamda (478) tovar chiqqan
mamlakat (ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi) to‘g‘risidagi axborot shifrlangan.
Keyingi 6 ta raqamda ishlab chiqaruvchi korxona to‘g‘risida ma’lumot (001020), ulardan keyingi 3 ta raqamda (041) tovar to‘g‘risida ma’lumot. 1-nazorat soni.
Tovar to‘grisida ma’lumot taqdim etuvchi raqamlar quyidagi axborotga ega: tovar nomi, iste’molchilik xususiyatlari, o'lchamlari, massasi, tarkibi, rangi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga berilgan shtrixli kodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, “O‘zstandart” agentligininginteraktiv xizmatlar portali www.my.standart.uzorqali olishingiz mumkin.
Shtrix -kod qora va oq chiziqlar ketma -ketligi bo'lib, u ba'zi ma'lumotlarni o'qiladigan formatda ifodalaydi texnik vositalar... Kodda mavjud bo'lgan ma'lumotni kod ostida o'qilishi mumkin bo'lgan shaklda chop etish mumkin (shifrni ochish). Shtrix -kodlar savdo, ombor boshqaruvi, kutubxonachilik, xavfsizlik tizimlari, pochta, yig'ish ishlab chiqarish, hujjatlarni qayta ishlashda ishlatiladi. Jahon savdo amaliyotida tovarlarni markalashda EAN shtrix - kodlaridan foydalanish qabul qilingan. Qabul qilingan protseduraga muvofiq, tovar ishlab chiqaruvchisi shtrix -kodni qo'llaydi, u ishlab chiqaruvchi joylashgan mamlakat to'g'risidagi ma'lumotlar va ishlab chiqaruvchining kodi yordamida shakllanadi. Ishlab chiqaruvchining kodi EAN International xalqaro tashkilotining mintaqaviy bo'limi tomonidan belgilanadi. Ushbu ro'yxatga olish protsedurasi bir xil kodlarga ega bo'lgan ikki xil mahsulot paydo bo'lish ehtimolini yo'q qiladi.
4o‘lchash asboblarining metrologik xarakteristikalari o‘lchash oralig‘i Tayanch iboralar: o‘lchash asboblari, o‘lchash asbobining sezgirligi,sezgirlikostonasi, asbob ko‘rsatishining variatsiyasi, asbobning o‘lchash xatoligi, asbobning o‘lchash diapazoni, xususiy energiya sarfi, asbobning ishonchliligi (chidamliligi), analog o‘lchash asboblari, o‘lchash zanjiri, o‘lchash mexanizmi, magnitoelektrik o‘lchash asboblari, elektromagnit o‘lchash asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, elektrostatik o‘lchash asboblari, induktsion o‘lchash asboblari, raqamli o‘lchash asboblari.
Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo, yaxlit olib qaralganda o‘lchash vositasining umumiy xatoligi me’yorlangan qiymatdan ortib ketmasligi kerak. Har bir o‘lchash asbobining xatoliklarini chegarasi va ta’sir etuvchi koeffitsientlar haqidagi ma’lumotlar asbobning pasportida keltirilgan bo‘ladi.
O‘lchash asboblari ko‘pincha yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoligi bo‘yicha klasslarga bo‘linadi. Masalan: elektromexanik turidagi ko‘rsatuvchi asboblarda standart bo‘yicha quyidagi aniqliklar ishlatiladi:
0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1; 1,5; 2,5; 4
Odatda, asboblarning aniqlik klasslari asbobning shkalasida beriladi va ularning keltirilgan xatoligini bildirib, quyidagicha bog‘langan bo‘ladi:
а.k= k mах k; а.k k mах kq /Ах max
Agar o‘lchash asbobining shkalasidagi aniqlik klassi aylana bilan chegaralangan bo‘lsa, masalan 1,5, u holda bu asbobning xatoligi shkala oxirida 1,5 % ga tengligini bildiradi.
Agar o‘lchash asbobining aniqlik klassi chiziqchasiz bo‘lsa, u holda aniqlik klassi raqami keltirilgan xatolikning qiymatini bildiradi. Lekin bir narsani unutmaslik lozim, agar asbob, masalan ampermetr keltirilgan xatolik bo‘yicha 0,5 klass aniqligiga ega bo‘lsa, uning barcha o‘lchash diapazoni oralig‘idagi xatoliklari
±0,5% dan ortmaydi deyishlik xato bo‘ladi. Chunki, bu turdagi asboblarda
shkalaning boshlanishiga yaqinlashgan sari o‘lchash xatoligi ortib boraveradi. Shu sababdan bunday asboblarda shkalaning boshlang‘ich bo‘laklarida o‘lchash tavsiya etilmaydi.
Agar asbobning shkalasida aniqlik klassi yonbosh kasr chizig‘i bilan berilgan bo‘lsa, masalan, 0,02/0,01 u holda asbobning shkalasining oxiridagi xatoligi ±0,02% shkalaning boshida esa ±0,01 % ekanligini bildiradi.
O‘zgartirish funksiyasi– buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:
Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
S = d /dx, bu yerda d – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.
Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
S = Хmin/Хnоm*100 %, bu yerda, Хmin – o‘lchanadigan kaggalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi – o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi (5.1 – rasm):
= (А0’ – А0”)/Ахmах*100 %,
bu yerda, Аo‘, А0 – o‘lchanayotgan kattalikning (namunaviy asbob yordamida) takror o‘lchashdagi qiymatlari. Variatsiya asosan qo‘zg‘aluvchan qismi tayanchga o‘rnatilgan asboblarda ishqalanish hisobiga kelib chiqadi.
Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi. Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
= n / n um ,
bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali)
ishlab chiqarilgan asboblar soni.
5.3. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyasi
Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, o‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiya tartib raqamlari berilgan bo‘ladi.
Quyidagi sxemada o‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi ko‘rsatilgan (5.2 – rasm).
5O‘Lchash vositalarini sinash shahodatlash qiyoslash va kalibrlash
O'lchash vositalarining (O'V) turini tasdiqlash.O'Vning turini tasdiqlash - bu metrologiya bo'yicha Milliy organ qarori bilan o'lchash vositasi turini mamlakat territoriyasida qo'llanilishini qonuniy tan olinishidir. O'V ning turi deganda, bir maqsad uchun mo'ljallangan, bir ish tamoyiliga va bir hil konstrukciyaga va yagona texnik hujjatga ega bo'lgan o'lchash vositalari kompleksi tushuniladi. Davlat tekshiruvi va nazorati qo'llaniladigan sohalarda foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan va import bo'yicha keltiriladigan o'lchash vositalari (O'V) davlat sinovlaridan o'tkazilib, ularning turi tasdiqlanishi yoki metrologik attestatlanishi lozim. Davlat sinovlarini o'tkazish, turini tasdiqlash va O'V ni Davlat ro'yhatiga kiritish ishlarini O'zstandart Agentligi bajaradi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida sinovlarni tashkillashtirish, o'tkazish tartibi va mazmuniga talablar va davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo'llanilishi mumkin bo'lgan O'V ning turini tasdiqlash tartibi O’z DSt 8.009:2004da o'rnatilgan. • O’z DSt 8.009:2004 standartning talablari O'zbekiston Respublikasida yaratiladigan va (yoki) seriyali ishlab chiqarilishi mo'ljallangan O'V ga va O'zbekiston hududiga import bo'yicha to'pi bilan keltiriladigan o'lchash vositalariga nisbatan qo'llaniladi.
O'V ning turini tasdiqlash to‘g’risidagi qarorni metrologiya bo'yicha milliy idora
- O'zstandart Agentligi qabul qiladi. • O'V ning turi O'V ning namunalarini (nushalarini) sinash natijalari bo'yicha tasdiqlanadi. Sinash jarayonida O'V namunalarining tafsilotlari har tomonlama tadqiq qilinadi va bu tafsilotlar (harakteristikalar) ning mazkur O'V ning turiga oid me'yoriy hujjatlarning talablariga muvofiqligi aniqlanadi. • O'V ning turini tasdiqlash maqsadida O'V ning namunalari (nusxalari) ni sinash O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo'yicha akkreditlangan sinash (o'lchash) laboratoriyalarida o'tkaziladi. •
O'zstandart Agentligi tasdiqlangan O'V turini O'z RH 51-019:2005 bo'yicha Davlat ro'yxatiga kiritadi. • Turi tasdiqlangan O'V ga, O'zstandart Agentligi tasdiqlagan tartibda, turni tasdiqlash to‘g’risidagi sertifikat beriladi. • Seriyali chiqarishga mo'ljallangan O'V sinalganda O'Vning me'yoriy parametrlarini va uni qiyoslash metodikasi tasdiqlanadi va tur Davlat reestrda registratsiyadan o'tadi, O'Vga turini tasdiqlash bo'yicha sertifikat beriladi. Tasdiqlangan turdagi O'V Davlat (reestrda) belgisi bilan markalanadi (O’z DSt 1.x19) • Sertifikat besh yil muddatga beriladi.
O'lchash vositalarini metrologik attestatlash.
Ekspluatatsiyaga kam sonli O'V kiritish metrologik attestaciya orqali amalga oshiriladi. O'V metrologik attestatsiyani O'z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. O'Vning MA Davlat metrologiya hizmati va yuridik shahslarning metrologiya hizmatining akkreditlangan organlari tomonidan o'tkaziladi. MA ijobiy natijalariga ko'ra O'V Davlat reestrda registraciya qilinadi va unga MA to‘g’risida sertifikat beriladi. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo'llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mo'ljallangan o'lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi: • donalab ishlab chiqariladigan O'V; • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan O'V; • o'zining bevosita vazifasi bo'yicha qo'llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda o'rnatilgan qo'llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qo'llaniladigan, vatanda yoki horijda ishlab
chiqarilgan, turi tasdiqlangan O'V; • turi tasdiqlashda o'rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni o'rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan O'Vning dona nushalari; • ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni o'tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni o'rnatishda. O'Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari: - O'Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida o'z vazifasiga muvofiq qo'llanilishiga huquqli ekanligini o'rnatish; - attestatlanadigan O'V metrologik tafsilotlarining O'Vni yaratishga texnik topshiriqda o'rnatilgan yoki O'Vdan foydalanuvchi (attestatlashni
buyurtiruvchi)ning attestatlashga topshirig’i (so'rovnomasi)ga binoan o'rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash; - O'Vning haqiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash; - O'V texnik tafsilotlarining havfsizlik talablariga, gigienik va hos sinovlar jarayonida o'rnatilgan boshqa mahsus talablarga muvofiqlikning to'liqligini baholash.
O'lchash vositalarini qiyoslash.
O'lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Davlat tekshiruvi va nazoratisoqasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bo'lgan O'Vning ro'yhati O'zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
O'V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik hizmati idoralari o'tkazadi, lekin O'V ni qiyoslash huquqi yuridik shahslarning akkreditlangan metrologik hizmatlariga qam topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan O'V ni qiyoslash natijalari halqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'minlangan va import bo'yicha sotib olinadigan O'V ni qiyoslashni tashkil qilish ka o'tkazish bo'yicha asosiy nizomlar
O’z DSt 8.003:2005 "O'z O'DT.
O'lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta'mirlangan va import bo'yicha sotib olinadigan barcha O'V davlat qiyoslashidan o'tishi lozim.
O'V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspekcion va ekspert qiyoslashdan o'tkaziladi.
Ishlab chiqarishdan yoki ta'mirlashdan chiqqan va import bo'yicha keltiriladigan O'V birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan o'tkaziladi. O'V yalpi ishlab chiqarilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, o'tkazish tartibi bu O'V ni qiyoslash metodikasida ko'rsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan O'V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan o'tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti o'lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta'minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar o'rtasidagi vaqt:
Davlat qiyoslashiga taqdim etilgan o'lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi O'V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda o'tkaziladi. Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan O'V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi qollarda o'tkaziladi: - qiyoslashlararo davrning yarim vaqti o'tgandan keyin o'lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda; - qiyoslash tamg’asi, plombasi, shikastlanganda yoki O'V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan o'tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yo'qolganda; - agar qiyoslash tamg’asining yoki o'lchash vositasining qo'llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bo'lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda; - qiyoslashlararo vaqt ichida haridga chiqarilmagan O'V ni tayyorlovchi korxona iste'molchiga etkazib berishda. Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda o'tkaziladigan vositalar:
davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik sub'ektlarining namunaviy
o'lchash vositalari;
o'zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy O'V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bo'yicha ishlab chiqarilgan O'V;
nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bo'lgan O'V;
priborlarni ta'mirlovchi ho'jalik yurituvchi sub'ektlari chiqargan, ta'mirdan keyin boshqa ho'jalik yurituvchi sub'ektlarga berish uchun mo'ljallangan O'V;
milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog’liq o'lchash vositalari;
davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza o'tkazishda, shuningdek bojhona tekshiruvida o'lchashlar uchun qo'llaniladigan O'V;
o'lchash uchun ishchi O'V sifatida qo'llaniladigan, o'lchash natijalari:
Sog’liqni saqlash; • mehnat havfsizligini ta'minlash; • barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta'minlash;
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta'minlash;
aloqa tizimlarini ta'minlash; • xo'jaliklararo o'zaro hisoblashlar; • savdoning barcha turlari;
axoliga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qo'llaniladigan O'V. O'lchash vositalarini kalibrlash.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo'llaniladigan O'V ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi.
O'Vni birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta'mirlashda turi tasdiqlanmaydigan O'V tortiladi. O'V kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
O'V ni kalibrlash – O'lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo'llanilmaydigan sohada o'lchashlar birliligini ta'minlashga yo'naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va o'tkazishga o'rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub'ektlar majmui.
Kalibrlash to‘g’risidagi sertifikat – O'lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi.
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o'lchash vositasiga va (yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan tamg’a.
Davlat metrologik tekshiruv va nazoratdan nimalar o‘tkaziladi?
Quyidagilar davlat metrologik tekshiruv va nazorati obyektlari hisoblanadi:
etalonlar;
o‘lchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
o‘lchovlarni bajarish uslibiyatlari; metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qaysi faoliyat sohalariga tarqatiladi?
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish,
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;
zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat metrologik tekshiruv va nazoratning qanday turlari mavjud?
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; o‘lchov vositalarini, shu jumladan, etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan
shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda «O‘zstandart» qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar
Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar asosiy vazifasi global metrologik tizimni yaratishdir Buning uchun quyidagilarga e’tibor beriladi: • xalqaro birliklar tizimi SI da o’lchashlar birliligini ta’minlashga; • ruxsat etilgan noaniqligi doirasida o’lchashlarning isonchliligiga; • xalqaro tan olingan sifat tizimlariga rioya qilinishiga; • xujjatlar bilan tasdiqlanadigan layoqatligini tekshirish shaffofligiga. Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar xarakati bilan ko’pchilik davlatlarda Xalqaro birliklar tizimi SI, umumiy atamalar va o’lchash vositalarining metrologik xarakteristikalarini me’yorlash va ularni sinash hamda sertifikatlashtirish usullari bo’yicha tavsiyalar qabul qilingan. 17
O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro 1875 yilda Parijda 17 davlatlar tomonidan Metrik konventsiya imzolanishi bilan birga, O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro (BIPM – Bureau International des Poids et Mesures) tashkil etildi. Xozirda bu tashkilot 100 dan ziyod davlatlarda metrologik faoliyatni muvofiqlashtiradi. Bu tashkilot Frantsiyada joylashgan bo’lib, metr va kilogrammning hamda boshqa ayrim xalqaro etalonlarning prototiplarini saqlaydi, ularni milliy etalonlar bilan taqqoslashni tashkil etadi. O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro asosiy vazifalari - o’lchashlarning xalqaro birliligini va ularni Xalqaro birliklar tizimi SIga muvofiqligini ta’minlash, - metrik o’lchashlar tizimini va o’lchamlar birliklari xalqaro etalonlarini takomillashtirish, - aniq o’lchashlarning yangi usullari va vositalarini ishlab chiqish va qo’llashdir. 18 O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Bosh konferentsiya Elektr o’lchamlar birligini aniqlash masla-xat kumitasi Vaqt birligini aniqlash masla□xat kumitasi O’lchovlar va og’irlik Xalqaro qumitasi O’lchovlar va og’irlik bo’yicha Xalqaro byuro
Fotometriya o’lchamalari birliklarini aniqlash maslaxat kumitasi Uzunlik birligini aniqlash masla xat kumitasi Massa birligini aniqlash maslaxat kumitasi Radiometriya o’lchamlari birliklarini aniqlash maslaxat kumitasi Ionli nurlanishlar o’lchamlari birliklarini aniqlash maslaxat kumitasi Qimyoviy o’lchamlar birlilarini aniqlash maslaxat kumitasi Qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilot 1956 yilda Qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilot (фр.
Organisation Internationale de Métrologie Légale, OIML, англ. International
Organization of Legal Metrology) tashkil etildi. Unga xozirda 85 davlat a’zodir. QMXT qonunlashtiruvchi metrologiyaning quyidagi umumiy masalalari bilan shug’ullanadi: - o’lchash vositalarining aniqligi sinflarini belgilaydi; - o’lchash vositalarining turlariining birxilliligini tahminlaydi; - o’lchash vositalarining sinovlari bo’yicha tavsiyalarini ishlab chiqadi; -o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash tartibi boyicha tavsiyalarini ishlab chiqadi. 20 21 Qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro tashkilotning yuqori idorqsi 4 yilda bit marta chaqiriladigan qonunlashtiruvchi metrologiya bo’yicha Xalqaro konferentsiya hisoblanadi. QMXT ixtiyoriy maqomdagi Xalqaro xujjatlar va Xalqaro tavsiyalar ishlaab chiqadi. Uning faoliyatida 59 davlat xaqiqiy a’zo va 67 davlat kuzatuvchi (muxbir a’zo) sifatida qatnashadi. “O’zstandart” agentligi QMXT ning muxbir a’zosi. 22 Evro-Osiyo davlat metrologik muassalari (KOOMET) КООМЕТ 1991 yil iyun oyida davlat metrologik muassalari faoliyatini yaqinlashtirish va muvofiqlashtirish hamda a’zo davlatlar hududlarida o’lchashlar birliligini, o’lchashlar natijalarini o’aro tan olinishini ta’minlash maqsadlarida tashkil etilgan КООМЕТ fizik kattalik etalonlari metrologiyasi, qonunlashtiruvchi metrologiya, sifat tizimlari, axboratlashtirish va o’qitish sohalarida hamkorlikni ta’minlaydi. Xozirda KOOMETga Ozarbaydjan, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya,
Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, KXDR, Kuba, Litva, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Tojikiston, O’zbekiston (2004) va Ukraina metrologik muassasalari a’zodir.
Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda BMTning standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi tomonidan tashkil etilgan va shu yili uning Nizomi qabul qilingan. Nizomda uning maqomi, tarkibi, quyi idoralari, vazifalari va ish uslublari belgilangan, ISOning birinchi Bosh assambleyasi 1946 yil 14 oktyabrda bo’lib o’tgan. ISO o’z faoliyatini 1947 yil 23 fevralda 15 davlatning standartlashtirish bo’yicha idoralari tomonidan Nizom ratifikatsiya qilingandan so’ng rasman boshladi
Qonun 5 ta bo‘ lim va 21 ta moddadan tashkil topgan bo‘ lib, 1-bo‘ lim umumiy qoidalarga bag’ishlangan. 1-moddada metrologiyaning asosiy tushunchalari keltirilgan. 2-moddada metrologiya to‘ g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘ zga qonun hujjatlaridan iboratligi va Qoraqalpog’iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar
Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinishi belgilangan. 3-moddada xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘ g’risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘ zgacha qoidalar belgilangan bo‘ lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘ llanishi ta’kidlangan. Qonunning 4-moddasida metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘ yicha milliy organ - "O‘zstandart" agentligi amalga oshirishi va "O‘zstandart" vakolatiga:
metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid
faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish; milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘ llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro darajada solishtirshshshini ta’minlash qoidalarini belgilash; o‘ lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘ yiladigan umumiy metrologik talablarni aniqlash; davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘ yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ lgan normativ hujjatlarni qabul qilish; metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; metrologiya masalalari bo‘ yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish; O‘zbekiston Respublikasining o‘ lchovlarning yagona birlikda bo‘ lishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro o‘ lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘ lchovlar tizimlari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash; iste’molchilar huquklarini, fuqarolarning sog’lig’i va xavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘ g’ri o‘ lchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko‘ rsatilgan.
Qonunning 4-1-moddasida o‘ lchovlarning yagona birlikda bo‘ lishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘ lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘ yxatidan o‘ tkazishni "O‘zstandart" agentligi amalga oshirishi, O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘ lchovlarning yagona birlikda bo‘ lishini ta’minlashga oid, "O‘zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘ lmagan normativ hujjatlarni o‘ z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkinligi keltirilgan.
Qonunning 2-bo‘ limidagi 5-, 6-, 7-, 8-moddalarda fizik o‘ lcham birliklari, ularning etalonlari, o‘ lchov vositalari va o‘ lchovlarni bajarish uslubiyotlari haqida so‘ z
yuritilgan. 5-moddada O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘ lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘ lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘ llashga yo‘ l qo‘ yilishi, fizik o‘ lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘ llash qoidalari
"O‘zstandart"ning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Xalqaro o‘ lchamlar tizimiga kiritilmagan o‘ lchamlarni qo‘ llashga ruxsat berishi mumkinligi, hamda tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog’ida kontrakt shartlariga muvofiq fizik o‘ lchamlarning o‘ zga birliklari ham ishlatilishi mumkinligi bayon etilgan. Qonunning 6-moddasida fizik o‘ lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanishi va qayta tayyorlanishi, etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘ llash tartibini "O‘zstandart" belgilashi aytib o‘ tilgan.
Foydalanishda bo‘ lgan o‘ lchov vositalari o‘ lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘ yilgan aniqlikda bo‘ lishini ta’minlashi va qo‘ llash shartlariga mos kelishi lozimligi va texnika vositalarini o‘ lchov vositalariga mansub deb topish mezonini "O‘zstandart" belgilashi 7-moddada asoslangan. O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘ lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘ z ichiga olishi va o‘ lchov o‘ tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘ yilgan aniqlikni ta’minlashi lozimligi, o‘ lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozimligi, o‘ lchovlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiya qilish tartibini "O‘zstandart" belgilashi 8-moddada o‘ rnatilgan.
Qonunning 3-bo‘ limida O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatlariga doir (9-
10- 11-moddalar) ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topishi 9-moddada, "O‘zstandart" boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kirishi, davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi 10- moddada ta’kidlangan. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari (11-modda) zarurat bo‘ lgan hollarda o‘ lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘ yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuzilishi, yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanishi ko‘ rsatilgan.
Qonunning 4-bo‘ limida davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir talablar o‘ rnatilgan bo‘ lib, bu bo‘ lim 12-19-moddalarni o‘ z ichiga oladi. Ushbu moddalar quyidagilarga bag’ishlangan:
- modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘ tkazish tartibi.
- modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari.
- modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiralar.
- modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari.
- modda. O‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash.
- modda. O‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘ tkazish.
- modda. O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish.
18-1 - modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish. 19 - modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
Qonunning 5-bo‘ limi metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlashga bag’ishlangan bo‘ lib, 20-modda davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash va 21-modda metrologik ishlar va xizmatlar uchun xaq to‘ lash masalalarini qamrab olgan. 20- moddada davlat tomonidan quyidagilar:
metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; metrologiya
sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
metrologiya bo‘ yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va
metrologiya bo‘ yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
metrologiya bo‘ yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish
va ishlab chiqishga qatnashish;
metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
metrologiya bo‘ yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘ zga ishlarni o‘ tkazish;
o‘ lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir "O‘zstandart" agentligi
tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
fizik o‘ lcham birliklarining etolonlarini va o‘ ta aniq namunaviy o‘ lchov
vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘ llash, sotib olishva asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash;
moddalar va materiallar tarkibi hamda hossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy ta’minlanishi shartligi keltirilgan.
Metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘ lash 21-moddada o‘ z aksini topgan bo‘ lib, o‘ lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘ tkazish, o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, texnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, o‘ lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘ yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘ rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘ lanishi ko‘ rsatilgan. 4. Metrologik tekshiruv va nazorat.
O‘lchashlar birliligiga erishishning asosiy mexanizmi bo‘ lib metrologik tekshiruv va nazorat hisoblanadi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. (12-modda).
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati metrologiya sohadagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati asosi “Metrologiya to‘ g’risida” qonuni va O‘Z RST 8.002 standarti bilan reglamentlangan. Ushbu hujjatlar bilan Davlat metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari, turi va
ko‘ rinishi o‘ rnatilgan metrologik tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari (13-modda) hisoblanadi:
etalonlar; o‘ lchov vositalari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari; axborot- o‘ lchov tizimlari;
o‘ lchovlarni bajarish uslubiyotlari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘ zga ob’ektlar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar. (14-modda) Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati: sog’liqni saklash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘ tkazish,
telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘ rsatish;
zaxarli, yengil alangalanuvchan. portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘ q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport xarakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar; o‘ lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘ tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘ yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘ zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari. (15-modda.) Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: o‘ lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash; o‘ lchov vositalarini hamda o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik
attestatsiya qilish;
o‘ lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘ tkazish, kalibrlash; o‘ lchov vositalarini hamda o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash. tekshiruvdan o‘ tkazish, metrologik attestatsiya qilish. o‘ lchov vositalarini va
metrologiya
faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘ lishi uchun
metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayerlash, realizatsiya qilish,
ularning ijarasi bilan shug’ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash;
o‘ lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.
Davlat metrologiya nazorati: o‘ lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug’ullanish,
ularni realizatsiya qilish
ularning holati va qo‘ llanilishi (fizik o‘ lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘ lchov tizimlarini qo‘ shgan holda)
o‘ lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘ llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya kilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o'lchashlar birliligini ta'minlash tizimida o'lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, ta'mirlash va metrologik shahodatlash huquqiga ega bo'lgan uchta akkreditlangan metrologiya xizmatlari mavjud: O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati,Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi hamda
«O'zbektelekom» AK «Shaharlararo aloqa korxonasi» filialidagi metrologiya xizmatlari.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmatining qiyoslash va ta'mirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u sohadagi barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun ta'mirlash va qiyoslash ishlarini o'tkazish huquqiga ega. Oxirgi ikkita xizmat akkreditlash sohasiga muvofiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ichki ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan o'lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash huquqiga egadirlar. Ushbu metrologik xizmatlari o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy o'lchash vositalari, yordamchi uskunalar va normativ-texnik hujjatlar bilan ta'minlanganlar.
Hozirgi vaqtda, metrologiya xizmatlari yo'q bo'lgan (o'lchash vositalarining to'plami kam bo'lganligi sababli), aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarida o'lchash vositalari holati, tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar tayinlangan.
Barcha metrologik xizmatlarga va o'lchash vositalari holati uchun javobgar shaxslarga asosiy talablar - bu o'lchash vositalarini, qiyoslash va ta'mirlash ishlarini o'z vaqtida o'tkazish.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlariga qiyoslash laboratoriyalari bilan bir qatorda davlat metrologiya nazorati va tekshiruviga tegishli bo'lgan sohadan tashqaridagi o'lchov vositalari uchun kalibrlash laboratoriyalarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o'lchash vositalarini kalibrlashning tashkiliy va texnik asoslarini joriy qilish o'lchash vositalari holatini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beradi.
«O'zbektelekom» AK, «O'zbekiston pochtasi» DAK, uyali aloqa kompaniyalari, Internetning yirik operator va provayderlarining qayta tashkil qilinishi sababli ularning tarkibiy bo'linmalari va filiallarini metrologik ta'minlashda muammolar tug'ildi.
Tabiiyki, akkreditlashning qisqa sohasi bilan chegaralangan mavjud uchta metrologik xizmatlarning faoliyati yangi tuzilgan tarkiblar va bo'linmalarni ta'mirlash va qiyoslash ishlari bilan to'liq ta'minlay olmaydi.
Bu muammolarni hal qilish uchun va namunaviy o'lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash laboratoriyalarini yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlash yo'li bilan mavjud metrologiya xizmatlarining akkreditlash sohasini izchillik bilan kengaytirish va mutaxassislarni yangi texnika hamda texnologiyalar bilan ishlashning zamonaviy uslublari va ishlash malakalarini oshirish uchun muntazam ravishda o'qitish zarur.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlari ishlarini muvofiqlashtiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasining xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologiya xizmatlari o'lchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (o'lchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish hamda boshqa turdagi ishlar bo'yicha) ta'minlash sohasida muayyan faoliyatni amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiyoriy ravishda akkreditasiyadan o'tishi mumkin.
Standartlashtirish – haqiqatda mavjud yoki potentsial vazifalarga nisbatan umumiy va ko'p karrali foydalanish uchun qoidalarni belgilash vositasida muayyan sohada tartibga keltirishning optimal darajasiga erishishga qaratilgan ilmiy-texnik faoliyat. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni boshqarish va ishlarni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi amalga oshiradi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil
qilish va o'tkazish uchun: «UNICON.UZ»
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi qoshidagi
Standartlashtirish tayanch tashkiloti (STT) (http://unicon.uz/bos/);
Standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiyasi
(Normativ hujjatlar bo'yicha ekspert komissiya);
xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi standartlashtirish xizmatlari (standartlashtirish bo'yicha vakil) ish olib boradilar. Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish bo'yicha faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston davlat standartlashtirish tizimining tarkibiy qismi hisoblangan tarmoq «Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi» yaratildi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi standartlashtirish tizimining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
• normativ hujjatlarning texnik, ijtimoiy zarurligi va maqbulligini hisobga olgan holda ularni ishlab chiqishning maqsadga muvofiqligi;
• standartlashtirishning o'zaro bog'langan ob'ektlarini standartlashtirish kompleksliligi,shu jumladan ushbu ob'ektlarga qo'yiladigan kelishilgan talablarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni amalga kiritish muddatlarini muvofiqlashtirish asosida metrologik ta'minot;
• aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning fan, texnikaning zamonaviy yutuqlariga, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish tendentsiyalari, ilg'or tajriba, qonun hujjatlariga muvofiqligini ta'minlash;
• standartlashtirish bo'yicha barcha darajadagi normativ hujjatlarning o'zaro bog'liqligi va kelishilganligi, normativ hujjatlar ishlab chiqilishini boshqaruvning turli darajalardagi standartlashtirish identik ob'ektlariga takrorlanishini istisno etish;
• standartlashtirish bo'yicha normativ hujjatlar, dasturlar va ishlar rejasi to'g'risidagi axborotning ochiqligi;
• normativ hujjatlarni ko'pchilik manfaatdor tomonlar kelishuviga erishish asosida tasdiqlash;
• normativ hujjatlardan sertifikatlashtirish va metrologiya maqsadlari uchun foydalanish imkoniyati;
• standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini qo'llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |