ISHNING BAJARILISH TARTIBI:
Tovush to’lqinlari qaytishining kam bo’lishini ta`minlash uchun kameralarning bo’g’iq yuzasi o’lchashlarning barcha chastota diapazonlarida yuqori tovush yutish koeffisientiga ega bo’lishi zarur, bunga ponasimon, konusli yoki ba`zan qatlamli tovush yutuvchi qoplamalarni qo’llash bilan erishiladi. Tovush yutuvchi qoplamaning samaradorligi tovush yutish koeffisienti bilan baholanadi. Uning qiymati chastotalar diapazoni 125 Gs va undan yuqori bo’lganda 0,95 dan va chastotalar diapazoni 125 Gs dan kam bo’lganda 0,90 dan kam bo’lmasligi, qattiq jismda esa – 0,06 bo’lishi zarur. Bu esa o’lchashlarning aniq bajarilishini ta`minlaydi.
12–rasmda bo’g’iq kamera elementlarining asosiy konstruksiyalari tasvirlangan.
Bo’g’iq kameraning asosiy konstruktiv elementlari: 1–amortizatorlar; 2–setka (kapronli sim); 3–chayqaluvchi pol; 4–havo oralig’i; 5–osilib turuvchi devor; 6–elastik osma.
Bo’g’iq kameraning barcha konstruktiv elementlari amortizatorlarga mahkamlanadi.
13-rasm. Pastki chegaraviy chastotaning tovush yutuvchi qoplamaning qalinligi bilan bog’lanish grafigi
12-rasm. Bo’g’iq kamera elementlarining asosiy konstruksiyalari
Rasmdan ko’rinadiki, bo’g’iq kamera elementlarining asosiy qismlari va konstruksiyalari amortizatorlarga o’rnatiladi, ular birgalikda mustaxkam asosga mahkamlanadi. Tovush tebranishlarini yutuvchi qoplamaning qalinligini pastki chegaraviy chastota bo’yicha aniqlanadi. Pastki chegaraviy chastotaning tovush tebranishlarini yutuvchi qoplamaning qalinligini bilan bog’lanish grafigi 13–rasmda tasvirlangan. Bu funksional bog’lanish shisha tolasidan ishlab chiqarilgan ponasimon tovush tebranishlarini yutuvchi qoplama uchun olingan.
Grafikdan ko’rinadiki, pastki chegaraviy chastotaning kamayib borishi bilan tovush yutuvchi qoplamaning qalinligi ortib boradi.
GOST 12.1.024 ga muvofiq kameraning geometrik (ichki erkin) o’lchamlari 2 1,8 2,8 m3, bo’g’iq kameraning hajmi sinovdan o’tkazilayotgan shovqin manbaining hajmidan 200 baravar va 100 m3 dan kam bo’lmasligi zarur. 0,2–0,3 dB qiymatdagi (Ө0) tizimli xatolikni istisno qilmagan holda bo’g’iq kamerada o’lchash ishlarini amalga oshirishda (S0) o’lchashlar natijasining o’rtacha kvadratik chetlashashi 1–100 kGs chastotalar diapazonida 0,1–0,2 dB dan oshmaydi. Akustik o’lchash ishlari 0,05–2 Pa tovush bosimida o’tkaziladi.
Kameralar odatda tovush nurlantirgichlar, diametri 15 mm dan ortiq bo’lmagan mikrofonlar, kuchaytirgichlar, toza ton generatorlari, oq shovqin ganeratori, tovush darajasini o’zi yozib oladigan qurilma, kordinatali–buriluvchan stolchalar, egiluvchan mikrofon tagliklari, o’lchash mikrofonlarini siljitish uchun mo’ljallangan qurilmalar, mexanik tagliklar, o’lchashlarni avtomatlashtiruvchi vositalar va qurilmalar bilan jihozlanadi.
Bo’g’iq kameralarning o’lchash ishlarini amalga oshirishga yaroqliligi ularni attestasiyadan o’tkazish bilan aniqlanadi va mos keluvchi guvohnoma beriladi. Bo’g’iq kameralarni attestasiyadan o’tkazishda kameradagi tovush maydoni tadqiq qilinadi va uning notekisliklari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |