Metrologiya va standartlashtirish fanidan Ma’ruza matni Navoiy 2023



Download 0,69 Mb.
bet21/47
Sana05.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#925180
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Majmua Metrologiya sirtqi

O‘lchash asbobi deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi.
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi:

  1. SHkalali o‘lchash vositalari;

  2. Raqamli o‘lchash vositalari;

  3. O‘ziyozar o‘lchash vositalari.




4.1-rasm. O‘ziyozar asboblar
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob.
Metrologiyaning aksiomalari
Har bir fanda boʼlgani kabi metrologiyada ham talaygina aksiomalarni koʼrishimiz mumkin. Lekin hozir biz shulardan uchta, eng asosiy va umumiylarini koʼrib chiqmoqchimiz. Ushbu aksiomalar har qanday oʼlchashlar uchun xos boʼlib, bu oʼlchashlar hoh oddiy, hoh murakkab boʼlsin, hoh yuzaki, hoh aniq boʼlsin, hoh tezlashtirilgan, hoh mukammal boʼlsin, ularning barchasida shu aksiomalarning uygʼunlashganini koʼrishimiz mumkin:
1-Аksioma.
Аprior maʼlumotsiz oʼlchashni bajarib boʼlmaydi. 1-aksiomani izohlashdan boshlaymiz. Eng avvalo "aprior maʼlumot" nima oʼzi degan savol tugʼilishi tabiiy. Аprior soʼzi arriori - oldin keluvchi, dastlabki (lotincha) maʼnosini bildirib, boshlangʼich, muayyan voqea, voqelik yoki tajribagacha boʼlgan maʼlumotlar, bilimlar majmuini anglatadi. Bu soʼz bilan ketma- ket keluvchi yana bir tushuncha bor - aposteriori, (a rosteriri) yaʼni keyingi, orqadagi, tugallanuvchi degan maʼnolarni bildiradi. Bu soʼzlarni ilk bora qadimgi grek faylasuflari kiritganlar. Ularning talqinicha, har bir inson anglaydigan ilm, maʼlumot yoki axborot muayyan bir tajribadan, voqelikdan yoki amal (saboq olish, yodlash, oʼqish va shu kabilar) dan soʼng mujassamlashadi. Hosil qilingan axborot keyingi amallar mobaynida ortib boradi va maʼlum bir davrdagi aposterior maʼlumot aprior maʼlumotga aylanadi. Shunday qilib, oʼlchashlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraydigan boʼlsak, muayyan oʼlchashni amalga oshirishdan oldin shu oʼlchashga tegishli boʼlgan maʼlum doiradagi maʼlumotlar aynan aprior maʼlumotni bildiradi. Аgar bizda mana shu maʼlumotlar boʼlmasa, u holda umuman oʼlchash toʼgʼrisidagi tushunchaning oʼzi shakllana olmaydi ham. Tajriba orqali, yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Tili chikqan, bemalol soʼzlasha oladigan 4-5 yoshlar atrofidaboʼlgan bogʼcha bolasiga elektr tarmogʼidagi kuchlanish qandayqiymatga ega ekanligini aniqlab berishni soʼrab murojaat qilib koʼring-a...
Natijasi oldindan maʼlum. Darhaqiqat bu bolada elektr kuchlanishi degan kattalikning mohiyati, uni qanday birliklarda va qanday oʼlchash asbobida, qanday qilib oʼlchash mumkinligi borasida deyarli hech qanday maʼlumotlar yoʼq. Shuning uchun ham bolakay koʼzini pirpiratganicha sizga qarab turaveradi. Chunki bu bolada hali, hech kanday aprior maʼlumot yoʼq. Аlbatta, bu aytilgan gaplar shartlidir, yaʼni hozircha, vaqti kelib 4 yashar bola elektr kuchlanishi u yoqda tursin, hatto EHM qanday tarkibiy birikmalardan tashkil topganligini, ham aytib berib, koʼz oldingizda shaxsiy kompьyuterni yigʼib berishi ham mumkin. Shunday qilib, tajriba oʼtkazishdan (oʼlchashdan) oldin
bizda aynan shu oʼlchashga tegishli boʼlgan muayyan maʼlumotlar va
koʼnikmalar boʼlishi lozim boʼladi.
2- Аksioma.
Har qanday oʼlchash - taqqoslash (solishtirish) demakdir. Endi ikkinchi aksiomaning izohiga oʼtamiz. Oʼlchash degani, sodda qilib aytganda olingan obʼektda tekshirilayotgan kattalik qanchalik koʼp yoki kam tadbiq etganligini aniqlash hisoblanadi. Masalan, koʼz oldimizda turgan ixtiyoriy bir narsani, aytaylik stolni olaylik. Uning tomonlarining uzunligini aniqlash kerak boʼlsa, bizning koʼz oldimizga bir metrga teng boʼlgan uzunlik keladi va unga nisbatan qiyos qilib taxminiy tarzda eni va boʼyi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni
olishimiz mumkin. Lekin bu shunday tez va gʼayri oddiy bir tarzda
yuz beradiki, biz bu haqda oʼylashga ulgurmaymiz ham, koʼz oldimizga keltira olmaymiz ham. Boshqa bir kattalik, masalan, tanavvul qilayotgan ovqatning mazasini koʼraylik. Bu kattalik hozircha oʼlchab boʼlmaydigan kattaliklardan. Uni odatda faqat baholanadi. Baholash esa, individual tarzda boʼlib muayyan mezon asosida amalga oshiriladi. Bunda mezonlarning soni birdan tortib, bir nechtagacha boʼlishi mumkin. Masalan, "yaxshi" va "yomon" (2 mezon); "yaxshi", "yomon" va "oʼrtacha" (3 mezon); "yaxshi", "yomon", "oʼrtacha", "juda yaxshi" va "juda yomon" (5 ta mezon) va hokazolar. Аgar ovqatning faqat mazasi yoki soddaroq boʼlishi uchun tuzning yaxshi-yomonligini koʼrib chiqaylik. Bunda biz xuddi shu kattalikiing (yaʼni tuz mikdorining) yaxshi boʼlgan qiymatini olamiz va shu qiymatga nisbatan yuqorida yoki pastda boʼlgan holatga shahodat keltiramiz.
3- Аksioma.
Oʼlchash amalidan olingan natija tasodifiydir. Endi uchinchi aksioma xususida. Bir uchi ochilmagan qalam olamiz va shu qalamning 10 marta chizgʼich yordamida uzunligini aniqlaymiz. Natijalarni yozib boramiz. Shunda eng kami bilan ikki yoki uch marta olgan qiymatlarimiz boshqacharoq boʼladi. Xoʼsh, nima uchun bunday boʼlyapti? Аxir obʼekt va subʼekt oʼzgargani yoʼq-ku! Bu narsa tasodifiylik degan tushuncha bilan bogʼliq. Bu tushuncha xususida bir oz keyin izoh beriladi. Biz yuqorida qayd etilgan aksiomalarni faqat oddiygina oʼlchashlar vositasida tushuntirishga harakat qildik. Аgar
nisbatan murakkabroq oʼlchashlarga oʼtadigan boʼlsak bu aksiomalarning kuchini yaqqolroq sezishimiz, koʼrishimiz va anglashimiz mumkin boʼladi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish