§1.2. O‘lchash usullari va xatoliklarini baholash uslubiyati
O‘lchash vositalari standartlashtirilmagan, standartlashtirilgan, avtomatik,
avtomatlashtirilgan va intellektual o‘lchash vositalariga bo‘linadi.
Standartlashtirilmagan o‘lchash vositasiga texnikaviy yoki metrologik
xossalari davlat standarti talablariga muvofiq bo‘lmagan o‘lchash vositalari kiradi.
Bunday vositalar ishlab chiqarishning ichki ehtiyojlarida qo‘llanilishi mumkin.
Standartlashtirilgan vositalar Davlat standart talablariga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |