Differensial usuli - O‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini o‘lchash asbobiga ta`sir qilish usuli.
Kuchlanish bo‘lgichlari qanday maqsadda ishlatiladi? O‘zgarmas tok potensiometrlarining o‘lchash diapazonini kengaytirishda ishlatiladi.
O’lchashlar natijalarining yaqinliligi deganda – bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir xil puxtalik va usul bilan bir xil vositalar yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligi.
Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi? Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |