Mos kelish usuli -O‘lchanadigan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki signallarning ustma-ust tushish usuli.
Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi? Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish.
Raqamli o‘lchash asboblari qanday o‘lchash usuliga asoslanadi? Diskret o‘lchash usuliga
O’lchashning asbobiy hatoligi deganda – qo’llaniladigan o’lchash vositasining hatoligiga bog’liq bo’lgan, o’lchash hatoligining tashkil etuvchisi.
O’lchashning tasodifiy hatoligi deganda –bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir xil puxtalik va usul bilan bir xil vositalar yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga yaqinligi.
Nolga keltirish usuli -O‘lchanadigan kattalikning taqqoslash asbobiga ta`siri natijasini nolga keltirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |