1.Metrologik ta`minot nima?
O‘lchashlar birliligini ta`minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me`yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarining belgilanishi va tadbiq etilishi.
2.Metrologik ta`minotning tashkiliy asosi deganda nimani tushunasiz?
Davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati.
3.Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob`ektlari qaysi javobda ko‘rsatilgan?
Etalonlar, o‘lchash vositalari, modda va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari, o‘lchash tizimlari, ularning bajarish uslubiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |