"Standartlashtirish to`g`risida"gi qonunning mohiyati
Standart – me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, ob’yektlar uchun me'yorlar, qoidalar, talablar majmuini o`rnatadi va mas'ul nufuzli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlashtirish – hamma tomonlar ishtirokida va ularga foydali ma'lum faoliyatni tartibga keltirish maqsadida qoidalarni belgilashi va qo`llanilishidir. Masalan, xavfsizlik talablarini va ishlatish sharoitlarini bajargan holda umumiy samaradorlikka erishishni ko`rsatadi.
Standartlashda 7 turdagi me'yoriy hujjatlar ishlatiladi:
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar
O`zbekiston Respublikasining standartlari – standartlashtirishda me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, standartlashtirish ob’yektiga kompleks me'yor, talab, qoidalarni belgilab beradi va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanadi. Standartlar material tipidagi narsalarga, shuningdek, me'yorlar, talablar, qoidalarga ishlab chiqiladi.
Texnik shartlar. Standartlashtirshdagi me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, ma'lum buyum, material va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda va nazoratda umumiy talablarni belgilab beradi.
TST – tarmoq standartidan shu tarmoqdagi barcha korxona va tashkilotlar foydalanadilar, shuningdek, bu buyumni tayyorlovchi, ishlab chiqaruvchi va qo`llovchi boshqa korxona va tashkilotlar ham foydalanadilar.
KST – korxona standarti, shu standartni tasdiqlagan korxonagagina mansub bo`ladi.
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Ma'muriy-hududiy standartlar.
O`zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to`g`risida"gi qonuni 1993 yil 28 dekabrdan beri amal qilib kelmoqda. Bu qonun 4 bo`lim va 12 moddadan iborat:
bo`lim. Umumiy qoidalar.
bo`lim. Standartlashtirishga oid normativ hujjatlar. 3-bo`lim. Standartlar ustidan davlat nazorati.
4-bo`lim. Davlat yo`li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta'minoti, standartlarni qo`llashni rag`batlantirish.
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholini hayoti, sog`ligi va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
mahsulotlarning o`zaro almashuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta'minlashdan;
iste'molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to`g`risida to`liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta'minlashdan;
o`lchovlarning yagona birlikda bo`lishini ta'minlashdan iboratdir. Respublika standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta'minlashni:
-xalq xo`jaligi tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya (O`zstandart) agentligi;
-qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda-O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, hamda qolgan sohalarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo`l qo`yilmaydi. Import mahsulot, basharti u O`zbekiston Respublikasi da amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo`lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. Standart va texnik shartlarga komplekt bo`lmagan, noto`g`ri idish yoki g`iloflangan, belgilashga bo`lgan talablar bajarilmagan, konstruktiv va boshqa nuqsonlar bilan mahsulotlar yetkazib berilsa, ta'minotchi (ishlab chiqaruvchi) O`zbekiston Respublikasi fuqorolik qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
Unifikatsiyaninng (lotinchadan: yagona tartibga, formaga keltirish)- bu ob’yektni iqtisodiy qo`llanilishi ma'lumotlari asosida bir xil funksiyada bajaradigan ob’yektlarni belgilangan ko`rsatkichlari bo`yicha bir xillikka keltirishdir. Shunday qilib, unifikatsiyada eng minimal, kerakli, buyumlarni yetarli sonli, xillari, turlari, o`lchamlari, shuningdek yuqori sifat ko`rsatkichlari va to`la o`zaro almashinuvi ta'minlanishi belgilab beriladi.
Unifikatsiyaning asosi – tizimlashtirish va tasniflashtirishdir.
Buyumlarni tizimlashtirish hodisa yoki tushuncha bo`lib, aniq bir sistemani tashkil qiluvchi, ishlatish uchun qulay bo`lish ketma-ketligi va ma'lum tartibda joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Tizimlashtirishning
eng oddiy usullaridan biri ob’yektlarni alfavit tizimi bo`yicha joylashtirishdir.
Tasniflashtirish – tizimlashtirishning turi hisoblanadi. U umumiy belgilariga nisbatan buyumlarni, hodisa va tushunchalarni, sinflarga, sinfchalarga va darajalarga joylashtirish maqsadida o`tkaziladi. Uning asosida mahsulotlarning klassifikatori yaratilgan: UDK (universalnoye desyatichnoye klassifikatsiya) texnik va gumanitar adabiyotlarni indeksda ko`rsatish bo`yicha xalqaro tizim sifatida qabul qilingan, masalan, UDK 62-texnika, UDK 621- umumiy mashinasozlik, UDK 6213-elektronika.
Do'stlaringiz bilan baham: |