Nazorat savollar:
1.O‘zbekiston milliy metrologiya instituti qisqa sharh?
2. Davlat korxonasi va laboratoriyalar faoliyati haqida?
3. Metrologik faoliyat nima?
Geometrik va mexanik kattaliklarni o‗lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi faoliyatini
o‗rganish.
Geometrik va mexanik kattaliklarni o‗lchash bo‗limi
O‘lchashlar birliligini, ishonchliligini ta‘minlash va fizik kattalik birliklarining o‘lchamliligini
yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalaridan ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun bo‘limda
namunaviy o‘lchash vositalari mavjud.
Sanoatning jadal qayta qurilishi ro‘y berayotganini hisobga olgan holda, import texnologiyalar sotib
olinmoqda, zamonaviy korxonalar ochilmoqda, mahsulot ishlab chiqarishda o‘lchashlar aniqligi,
chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bo‘lgan talablar, uning raqobatbardoshligi, tashqi bozorga chiqish
uchun kurash ortib bormoqda. Hozirgi kunning o‘zidayoq o‘lchashlar aniqligini oshirish, ishlab
chiqarishni ishchi o‘lchash vositalari bilan ta‘minlash uchun sanoat yuqori aniqlikdagi o‘lchash
vositalari bilan jihozlanyapti.
Shu sababdan bo‘lim import o‘lchash vositalarini metrologik attestatlashni o‘tkazib, korxonalarda
ishlatiladigan me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda yordam ko‘rsatyapti.
Shuningdek Toshkent shahar va Toshkent viloyatining avtoyoqilg‘i quyish shaxobchalaridagi
xorijda chiqarilgan suyultirilgan gaz quyish kolonkalari, yoqilg‘i tarqatish kolonkalari, kuch
o‘lchash mashinalari, gidravlik presslar uchun metrologik attestatlash dasturlarini ishlab chiqishda
yordam ko‘rsatyapti.
218
Bo‘lim ―geometrik kattaliklarni o‘lchash‖, ―mexanik kattaliklarni o‘lchash‖ va ―moddalarning sarf,
hajm parametrlarini o‘lchash‖ laboratoriyalaridan tashkil topgan
Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik kattaliklarni o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha ishlarni amalga
oshirib, quyidagi yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlangan: universal o‘lchash
instrumenti
(shtangen
instrument,
mikrometrik
instrument,
richagli-tishli),
shtrixli
uzunlik
o‘lchovlari, burchak o‘lchovlari, chegaraviy yassi-parallel uzunlik o‘lchovlari, optika-mexanik
asboblar. Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi 2-razryadli namunaviy chegaraviy uzunlik
o‘lchovlari, 2-razryadli shtrixli o‘lchovlar, 2-razryadli namunaviy shkalalar, optika-mexanik
o‘lchash asboblari bilan jihozlangan bo‘lib, bu 100mm gacha uzunliklarni 0,0001mm aniqlik bilan
o‘lchashga imkon beradi.
Laboratoriya berilgan dastur bo‘yicha kattaliklarni o‘lchash, raqamli hisob va raqamli bosib
chiqarish imkoni bo‘lgan yuqori aniqlikdagi asboblarga ega (namunaviy ekzamenator, «Mikrad»
elektron vaterpas, «DIP-1» ikki koordinatali o‘lchash asbobi).
100mm gacha uzunlikni o‘lchash vositalarining davlat qiyoslovini 0,02 µ dan 0,40 µ gacha o‘lchash
xatoligi bilan, 100mm dan yuqori uzunlikni o‘lchash vositalarini 0,11 µ dan 0,55 µ (mikron)gacha
xatolik bilan amalga oshiradi.
219
Do'stlaringiz bilan baham: |