84
3. O‘zbekistonda yevropa standartlari mamlakatimiz va yevropa ittifoqi o‘rtasidagi
Hamkorlik va o‘zaro aloqalar.
Tayanch so‘z va iboralar:
Yevropa ittifoqi, SEN, SENELEK, Texnik moslashtirish, direktivalar
Evropa ittifoqi Kengashining 1985 yil 7 maydagi «Texnik moslashtirish va sertifikatlashtirish
sohalarida yangi yondoshuv to‘g‘risidagi qarori»da standartlashtirish masalalariga oid printsiplar
belgilandi. Bunda, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yevropa direktivalarining umumiy talablariga
javob berishi kerakligi, milliy standartlar oldida halqaro va yevropa standartlarining afzalligi
ko‘rsatib o‘tilgan.
Evropa ittifoqi (EI) doirasida standartlashtirish ishlarini olib borish yevropa standartlashtirish
qo‘mitasi (SEN) va yevropa elektro texnikada standartlashtirish bo‘yicha qo‘mitasi (SENELEK)ga
yuklatilgan.
Yevropa ittifoqida Yangi va Global yondashuvlar bo‘yicha direktivalar qabul qilinishi bilan,
ikki darajali texnik jihatdan tartibga solish tizimi amal qilmoqda.
EI davlatlarida texnik jihatdan tartibga solish shu davlatlar uchun yagona bozorni tashkil etish
asosiy maqsadiga xizmat qiladi. Mahsulotlarga talablar YeI Kelishuvining sog‘liqni va atrof
muhitni himoyasi va xavfsizligiga tegishli 13-moddasiga asoslangan. Milliy standartlashtirish
tizimlari tomonidan yagona bozorni tashkil etishda to‘siqlar bo‘lishi mumkinligi uchun, yeI bu
to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha mamlakatlar uchun yangi yagona qoidalarni ishlab
chiqdi.
Eida direktivalar qonunlar vazifasini bajaradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir etadigan va bajarilishi
majburiy xujjatlar hisoblanadi. Direktivalar yevropa Parlamentida qabul qilingandan keyin a‘zo
davlatlar tomonidan milliy qonunchilikka joriy etilishi kerak. Texnik standartlar va me‘yorlar
sohasidagi yeIning asos bo‘luvchi direktivasi sifatida, yevropa Parlamenti tomonidan 1998 yil22
iyunda
qabul
qilingan,
standartlashtirishga
yangi
yondashuv
to‘g‘risidagi 98/34/Esdirektiva
hisoblanadi. 98/34/ESdirektiva mahsulotni standartlashtirishga Yangi yondashuvni va mahsulotning
muvofiqligini tasdiqlashni aniqlashga global yondashuvni belgiladi.
Ushbu direktivaga ko‘ra, yeIning biror-bir davlatida ishlab chiqilgan va reklama qilingan
mahsulot yeI doirasida erkin harakatlana olishi kerak.
Yangi
yondashuv
asosida
qurilish
mahsulotlari
bo‘yicha qabul qilingan yevropa
direktivasining ishlash sxemasi
Yangi yondashuvning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: