172
metrologiyaning muhim amaliy vazifasini – o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun ob‘ektiv zamin
yaratadi.
Etalon bazadan o‘lchashlarning turli sohalarida ishlatiladigan barcha etalonlar (birlamchi, maxsus,
ikkilamchi) majmui tushuniladi.
Ayni vaqtda MDH etalon bazasi 140 davlat birlamchi va 600 ga yaqin ikkilamchi (asosan - ishchi)
etalonlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida yuqori razryadli namunaviy o‘lchovlar va
asboblar bilan birga o‘lchashlarning barcha turlari va sohalarida 70 ta fizik kattaliklarning qayta
tiklanishini va saqlanishini ta‘minlaydigan 9 ishchi etalonlar joylashgan. Bu bilan respublika xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash sharoitlari yaratildi.
Yangi O‘z DSt 8.012:2005 standartiga ko‘ra xalqaro birliklar tizimi asosiy – metr, kilogramm,
sekund, amper, kelvin, kandela, mol va hosilaviy birliklardan iborat. Standartga binoan avvalgi
qo‘shimcha birliklar – yassi burchak (radian) va fazoviy burchak (steradian) – endi hosilaviy
birliklar qatoriga kirdi. Ular har qanday hosilaviy birliklar va qo‘llashga qo‘yilgan (ba‘zi) tizimdan
tashqari birliklarning qayta tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi.
Umuman MDH etalon bazasi xalq xo‘jaligining eng zarur talablarini qondiradi.Yaratilgan davlat
etalonlari o‘zlarining metrologik tavsifnomalari bo‘yicha etakchi chet el mamlakatlari etalonlaridan
qolishmaydi.
Etalon bazaning rivojlanish tendensiyasi – fundamental fizik konstantalar Fundamental fizik
konstantalar (FFK) va barqaror fizik hodisalardan foydalanish asosida ayrim etalonlardan o‘zaro
bog‘liq ―tabiiy‖ etalonlar tizimiga o‘tish muhimdir. Bu asoslangan hollarda birliklar o‘lchamlarini
qayta tiklash va uzatishning markazlashtirilmagan tizimiga o‘tishga imkon beradi.
Etalonlar va shkalalar nazariyasi sohasida vaqt, chastota va uzunlik birliklarining yagona
etalonlarini yaratish bo‘yicha ishlar tugallandi. Elektromagnit o‘lchashlar sohasida kvant
hodisalaridan va FFK dan foydalanish asosida o‘zaro bog‘liq etalonlar majmuini yaratish bo‘yicha
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Metrologik ta‘minotning kelgusidagi ravnaqi, uni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish,
o‘lchashlar
natijalarining
aniqligi
va
ishonchliligini
oshirish,
mahsulotni
sinash
va
sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro darajada tan olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil fevralda ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy Etalon bazasini
shakllantirish va metrologik ta‘minotni takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: