61
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini
qabul qilish va qo„llash tartibi to„g „risida.
Ishning maqsadi:
Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi mamlakatlari hukumatlari rahbarlari 1992 yil 3 martda Minsk
shahrida imzo- lagan «Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash tirish sohalarida kelishilgan siyosatni olib
borish bo‗yicha Kelishuv»ga ko‗ra, milliy idoralar faoliyatini
muvofiq- lashtirish, davlatlar o‗rtasidagi savdo
munosabatlarida texnik to‗siqlarni bartaraf etish maqsadida, standartlash tirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
bo‗yicha Davlatlararo kengash (Davlatlararo kengash) tashkil etildi. O‗zbekiston Hukumati
tomonidan ham ushbu
Kelishuv imzo- langan va unga ko‗ra «O‗zstandart» agentligi Davlatlararo kengash a‘zosi bo‗lib, uning
yig‗ilishlarida agentlik rah- bariyati hal qiluv ovozi bilan qatnashadi.
Bu o‗z navbatida, MDH a‘zolari milliy idoralarining imkoniyatlarini birlashtirish, mavjud MHlardan birga - likda
foydalanish
hamda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida yagona texnik siyosatni amalga
oshirish imkoniyatini yaratdi.
Davlatlararo kengashga MDH xududida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida
muvofiqlashtiruvchi idora sifatida:
yagona me‘yoriy baza bo‗lgan davlatlararo
standartlar, klassifiqatorlar va boshqa MHni qo‗llash va rivojlanirish;
yagona etalon bazasini va o‗lchovlar birliligini ta‘min- lash tizimini shakllantirish, xususan, davlatlararo vaqt va
chastota xizmatini, modda va materiallar xususiyatining standart ma‘lumot
bazasini shakllantirish;
mahsulotlar va xizmatla rni sinovi va sertifikatlashtirish natijalarini o‗zaro tan olinishini ta‘minlash kjlatilgan.
Davlatlararo kengashi faoliyati yo‗nalishiga tegishli bo‗lgan masalalarda milliy idoralar va hukumatlar tomoni- dan
qabul qilinadigan kelishuvlar tashkilot faoliyatining huquqiy asosini t ashkil etadi. Hukumat rahbarlari darajasida 6ta
va milliy idoralar rahbarlari darajasida 6ta hukumatlararo kelishuvlar qabul qilingan.
MDH mamlakatlarida texnik qonunchilikni o‗zaro muvofiqlashtirish maqsadida, Davlatlararo kengash tomonidan
«Standartlashtirish to‗g‗risida»gi, «O‗lchashlar birliligini ta‘minlash to‗g‗risida»gi model qonunlar ishlab chiqilgan.
A‘zo davlatlar takliflari asosida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
sohalarida bir va bir necha
yillik dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan. Masalan, 2000—2005 yillarga mo‗ljallangan o‗zaro yetkazib
beriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligi va hamoyasi sohasida standartlarni ishlab chi- qish
bo‗yicha davlatlararo dastur ishlab chiqilgan va amalga os hirilgan. Bunday dasturlarni ishlab chiqarishdan maqsad
nafaqat MDH mamlakatlari xududida moslilikni ta‘minlash, balki ishlab chiqarilayotgan davlatlararo MHlarni
halqaro MH bilan moslashtirish. 1995 yildan beri ishlab chiqarilayotgan va joriy etilayotgan davlatlararo standart
(GOST)lar asosan halqaro (regional) standartlar (ISO, MEK, yevro standartlari)ga asoslangandir. Shunga ko‗ra,
hozirda mavjud GOSTlarning 40%dan ziyodi halqaro dara- jada uyg‗o‗nlashtirilgan standartlar hisoblanadi.
Davlatlararo kengash halqaro (ISO, MEK) va regional (SEN) standartlashtirish tashkilotlari tomonidan stan -
dartlashtirish bo‗yicha regional tashkilot sifatida tan olingan. ISOda qabul qilingan qoidalarga ko‗ra,
Davlat lararo
kengashga «Standartlashtirish, metrologiya va ser- tifikatlashtirish bo‗yicha Yevroosiyo tashkiloti (EASC)» nomi
berilgan. Halqaro tashkilotlar bilan Davlatlararo kengash o‗rtasida o‗zaro hamkorlik kelishuvlari imzolangan. Bu
kelishuvlar halqaro standartlarni davlatlararo standartlar sifatida qabul qilish huuquqini beradi.
Hozirda davlatlararo standartlar fondida 20000ga yaqin MH mavjud va ularning 40% 1992 yildan so‗ng ishlab chi-
qilgan.
Davlatlararo kengash doirasida standartlashtirish ish - larini olib borish nafaqat MDH mamlakatlari hududida, balki
halqaro darajada savdodagi texnik to‗siqlarni bar- taraf etishga xizmat qiladi.
1992 yilda Davlatlararo kengashning yig‗ilish Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan va bir necha xujjatlar qabul qilingan.
O‗zbekiston kengashning ikki TQsini olib boradi. Bular, paxta va ipak xomashyosi mahsulotlari bo‗yicha TQlardir.
O‗zbekiston xududida deyarli barcha davlatlararo MH amal qiladi.
O‗zbekistonda qo‗llash tartibi
O‗zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‗g‗- risida»gi Qonunining 6-moddasida quyidagilar qayd
etilgan:
«Halqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xo- rijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek halqaro
qoidalar va normalar O‗zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‗llani- ladi.
Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika xududida qo‗llash tartibini «O‗zstandart» agentligi va Davlat
boshqaruvining boshqa organlari o‗z vakolatlari doirasida belgilaydilar».
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli qarorida «O‗zstandart» agentli-
giga «standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashti- rish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, halqaro
standartlarni, xususan sifatni boshqarish tizimlari bo‗yi- cha, qo‗llash asosida mahsulotlar sifati va raqobatbardosh-
ligini oshirish» vazifasi yuklatilgan.
O‗zbekiston davlat standarti O‘z DSt 1.0 da standart- lashtirishning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar
belgilangan:
standartlar talablarini halqaro, davlatlararo, regi- onal va sanoati rivojlangan davlatlarning milliy stan- dartlari bilan
uyg‗o‗nlashtirishni ta‘minlash;
62
halqaro hamkorlikni kengaytirish, halqaro tajribani qo‗llash, halqaro, davlatlararo, regional standartlashtirishda
ishtirokni faollashtirish;
halqaro, davlatlararo, regional va chet davlatlar stan- dartlarini qo‗llash amaliyotini kengaytirish.
O‗zbekiston milliy MHlarini halqaro, davlatlararo, regional va chet davlatlar standartlarini bilan uy g‗o‗nlash-
tirishning eng samarali yo‗li, albatta, ularni to‗g‗ridan- to‗g‗ri qabul qilishdir. Halqaro,
regional va rivojlangan
davlatlar standartlarini milliy standartlar sifatida qo‗llash mamlakatning dunyo bozoridagi imkoniyatlarini
kengaytiradi, eksport potensialini oshiradi.
Halqaro standartlarni har qanday davlatda to‗g‗ridan- to‗g‗ri qo‗llash ma‘lum talablarni qo‗yadi. Buning uchun iqti-
sodiyot tarmoqlari halqaro talablar darajasida ishlashga tayyor bo‗lishi, so halarda ilg‗or texnologiyalar joriy eti-
lishi, mahsulotlarga nisbatan halqaro darajadagi xavf- sizlik me‘yorlari bajarilishi imkoniyati bo‗lishi kerak.
Halqaro, regional standartlarni milliy standartlar sifatida qo‗llash uchun mamlakat yoki uning vakolatli ido - rasi shu
tashkilotlarga a‘zo bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: