Metrologiya, standartlashtirish


Teshik tizimidagi o`tkazmalar -



Download 0,77 Mb.
bet2/4
Sana06.03.2022
Hajmi0,77 Mb.
#484263
1   2   3   4
Bog'liq
Zbekiston respublikasi navoiy davlat konchilik instituti

Teshik tizimidagi o`tkazmalar - turli tig’izmaslik va tig’izliklar turli vallarni (N bilan belgilanadigan) asosiy teshik (3.5– shakl) bilan biriktirish natijasida hosil bo`ladigan o`tkazmalar.
Val tizimidagi o`tkazmalar - turli tig’izmaslik va tig’izliklar turli teshiklarni (h bilan belgilanadigan) asosiy val (6.1.–shakl) bilan biriktirishdan xosil bo`ladigan o`tkazmalar.



3.5–shakl. Teshik va val tizimi-dagi o`tkazmalar uchun cheklama maydonlarining joylashish misollari (namunalari).

Hamma o`tkazmalar uchun teshik tizimida asosiy teshikning quyi chetlanishi EJ=0 ya`ni asosiy teshik cheklama maydonining quyi chegarasi doimo nul’ chizig’i bilan ustma-ust tushadi. Hamma o`tkazmalar uchun val tizimida asosiy valning yuqorigi chetlanishi es=0 ya`ni val cheklama maydoning yuqorigi chegarasi hamisha nul’ chizig’i bilan ustma-ust tushadi. Asosiy teshikning cheklama maydonini nul’ chizig’idan yuqoriga asosiy valning cheklama maydonini - pastga (kuyiga) ya`ni detal’ materialiga joylashtiriladi. Bunday cheklamalar maydonini bir tomonlama chegaraviy deyiladi. Teshik tizimi va val tizimidagi bir nomli o`tkazmalar (ya`ni chegaraviy tigizmasliklar va tigizmasliklar)-ning xarakteri taxminan bir xil. U yoki bu o`tkazmalar uchun teshik va val tizimlarini tanlash konstruktiv texnik va iqtisodiy mulohozalar bilan aniqlanadi. Aniq teshiklar qimmat turadigan kesuvchi asboblar (zenkerlar, razvetkalar (kengaytirgich), protyajkalar (tortkichlar) bilan ishlov beriladi. Ulardan har biri ma`lum cheklama maydonini faqat bir o`lchamdagi teshikka ishlov berish uchun qo`yiladi. Vallar ularning o`lchalaridan qat`iy nazar bir va o`sha keskich yoki silliklov asbobi bilan ishlov beriladi. Teshik tizimida val tizimga qaraganda chegaraviy o`lchamari bo`yicha turlicha teshiklar kam, demak, teshikka ishlov berish uchun zarur bo`ladigan kesuvchi asboblar turi oz. SHu munosabat bilan teshik tizimi nisbatan keng tarqalgan. Nomenklaturaning kamayishi tayyorlanayotgan asbob partiya (to`da) sini oshirishga mahsuldor maxsus uskuna qo`llashga va shuning o`zi bilan asbobni kam chiqimlar bilan chiqarishni ko`paytirishga imkon beradi. Ammo ba`zi hollarda konstruktiv mulohozalarga ko`ra val tizimini qo`llashga to`g’ri keladi, masalan, qachonki bir xil nominal o`lchamli, ammo bir valda turli o`tkazmani bir nechta teshiklar birikmasini almashtirishi zarur bo`lib qolsa. Val tizimini shuningdek tortqichlar, o`qlar va vallarni sovuqlayin tortilgan (prokatlangan) aniq prutoklardan, ularning tashqi sirtlariga mexanik ishlov bermasdan, tayyorlanishi mumkin bo`lganda qo`llash foydalidir. O`tkazmalar tizimini tanlashda shuningdek, standart detallar va buyumlarning tarkibiy qismlariga quyimlarni hisobga olish zarur. Masalan, dumalash podshipnigining ichki halqasi bilan biriktiriladigan valni doimo teshik tizimi bo`yicha, podshipnik o`rnatiladigan uyani – val tizimi buyicha tayyorlashga to`g’ri keladi.
1 mm dan 500 mmgacha bo`lgan nominal o`lchamlar uchun teshik tizimida quyidagi o`tqazmalarga ustunlik beriladi: N7/e8; N7/f7; N7/g6; N7/h6; N7/ls6; N7/k6; N7/n6; N7/r6; N7/r6; N7/s6; N8/e8; N8/h7; N8/h8; N8/d9; N9/d9; N11/d11; N11/h1; val tizimida esa: F8/H6; N7/h6; Js7/h6; K7/h6; N7/h6; R7/h6; N8/h7: E9/h8; N8/h8; N11/h11.
CHeklamalar tizimlarini tuzish uchun cheklama birligi i(I) o`rnatiladi. U texnologik, konstruktiv va metrologik omillarning ta`sirini aks ettirgan holda cheklamaning cheklama bilan chegaralangan nominal o`lchamiga bog’liqligini (munosabatini) ifodalaydi va aniqlik o`lchovi (mezoni) bo`lib hisoblanadi. Metaldan yasalgan tsilindrik detallarga mexanik ishlov berish aniqligini muvofiqlashtirish maqsadida ISO va ESDP tizimi uchun quyidagi cheklama birliklari belgilangan.
500 mm gacha bo`lgan

500 mmdan yuqori (katta) 10 000 mm gacha bo`lgan o`lchamlar uchun
i=0,004D+2,1
bu erda D-xar bir interval chekka o`lchamlarining o`rta geometrigi mm i(I) - cheklama birligi mkm.
tenglamasidagi ikkinchi qo`shiluvchi o`lchash xatoligini hisobga oladi.
Istalgan kvalitet uchun cheklama
T=ai
bu erda a-kvalititgga bog’liq bo`lgan va nominal o`lchamga bog’liq bo`lmagan cheklama birliklari soni.
5–19 kvalitetlar uchun a ning qiymati quyidagicha: 7, 10, 16, 25, 40, 64, 100, 160, 250, 400, 640, 1000, 1600, 2500 i 4000.
Har bir buyumda turli vazifadagi detallar turlicha aniqlikda tayyorlanadi. Talab qilingan aniqlik satxlarini (birikmalar, tishli uzatmalar va boshqalar uchun aniqlik) me`yorlashtirish uchun detal va buyumlarni tayyorlash kvalititlari (rezbali birikmalar, tishli uzatmalar va boshqalar uchun aniqlik darajalari) o`rnatilgan. Kvalitet (o`xshashlik fransuzchadan gualite-sifat) deb berilgan diapozondagi (masalan, 1 dan 500 mm gacha) barcha nominal o`lchamlar uchun doimiy nisbiy aniqlik a-koeffitsient bilan xarakterlanadigan cheklamalan majmuasi tushiniladi. Bir (Bitta) kvalitet chegarasidagi aniqlik fakat nominal o`lchamiga bog’liq. ESDP (edinaya sistema dopuskov posadok) – (quyim va o`tkazmalarning yagona tizimi)da 19 kvalitet o`rnatilgan (aniqlangan). 01, 0, 1, 2 .... 17 (01 va 0 kvalitetlari 1 mm dan kichik o`lchamlar uchun kiritilgan). Kvalitet tayyorlov cheklamaini belgilaydi, demak mashina detallariga ishlov berish va nazorat qilishning tegishli usul vositalarini belgilaydi.
Detallar birikadigan sirtlar tutashuvchi sirtlar deyiladi. Qolgan sirtlar tutashmaydigan erkin sirtlar deyiladi. Shunga muvofiq tutashuvchi va tutashmaydigan (erkin) sirtlarning o`lchamlari farqlanadi. Biri boshqasining (ikkinchisining) ichiga kiradigan detallar birikmasidagi qamrovchi va qamraluvchi sirtlar mavjud.
Val – detallarning tashqi (qamraluvchi) elementlari (sirtlari) ni belgilash uchun qo`llaniladigan atama. Teshik va val atamalari nafaqat doiraviy kesimli (dagi) tsilindrik detallarga, balki boshqa shakldagi, Masalan ikkita parallel tekisliklar bilan chegaralangan (paz, shponka) detallarning elementlariga ham tegishlidir.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish