O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi
Foydalanilgan adabiyotlar
► Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi?
► Metrologik faoliyatni boshqarishni kim va qanday amalga oshiradi?
► O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi qanday?
► Davlat metrologik tekshiruv va nazoratdan nimalar o‘tkaziladi?
► Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qaysi faoliyat sohalariga tarqaladi?
► Davlat metrologik tekshiruv va nazoratning qanday turlari mavjud?
► O‘lchash vositalari turini tasdiqlash nima?
► O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash o‘rtasida qanday farq bor?
► Majburiy qiyoslovdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari qanday hujjatda aks ettirilgan?
► “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” DK qanday tashkilot?
► “O’zMMI” DKda qaysi o‘lchash vositalarini qiyoslash mumkin?
► “O’zMMI” DKga o‘lchash vositalarini qiyoslashga taqdim etish tartibi qanday?
► Metrologiya sohasidagi ish va xizmatlar xaqi qanday to‘lanadi?
Metrologik faoliyatni amalga oshirishda qaysi asosiy tushunchalar qo‘llanadi? Metrologik faoliyatda qo‘llanadigan tushunchalar O‘zR “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 2 moddasi bilan belgilangan:
«metrologiya» -o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish xaqidagi fan;
«yagona o‘lchov birililigi» – o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
«o‘lchov vositasi» – o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normallangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
«birlik etaloni» – fizik o‘lcham birligini boshqa o‘lchov vositalariga o‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchov vositasi;
«davlat etaloni» – vakolat berilgan milliy organning arori bilan O‘zbekiston Respublikasi xududida o‘lchov birligi o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
«metrologik xizmati» – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
«davlat metrologiya nazorati» – metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;
«o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish» -o‘lchov vositalarining belgilab qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
«o‘lchov vositalarini kalibrlash» – metrologik jihatlarning xaqiqiy qiymatlarini va o‘lchov birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;
”o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish ” – yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
”metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” – o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
”o‘lchov vositalarini kalibrlash xuquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” – yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish» – o‘lchovlarni bajarish uslubiyotining unga qo‘yilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazish;
«o‘lchovlarning bajarilish uslubiyoti» – operatsiyalar va qoidalar majmui bo‘lib, ularning bajarilishi xatolari ma’lum bo‘lgan o‘lchov natijalari olishni ta’minlaydi.
Metrologiya sohasidagi atama va ta’riflar to‘g‘risidagi to‘liqro axbortni O‘zbekiston Respublikasining O’zDSt 8.010.1:2002, O’zDSt 8.010.2:2003, O’zDSt 8.010.3:2004 va O’zDSt 8.010.4:2002 davlat standartlarini tanishgan holda olish mumkin.