Mavzu. O`LCHASH METODLARI VA O`LCHASH VOSITALARI
Reja:
1. O`lchov vositalari.
2. O`lchash usullari.
3. O`lchash asboblarining asosiy parametrlari.
«Metrologiya» o`lchashlar to`g`risidagi fan demakdir, metr so`zi frantsuzcha bo`lib metre, grekcha metron o`lchovni anglatadi.
O`lchash asboblarini tanlashda metrologik ko`rsatgichlar deb ataladigan tushunchadan foydalaniladi.
Asosiy ko`rsatgichlarga shkala bo`linmasining intervali, o`chash vositasi uchun yo`l qo`yilgan xatolik, o`lchash chegaralari, o`lchashdagi zuriqishlar kiradi.
Shkala bo`limining qiymati deb o`lchanadigan miqdorning shkaladagi bir bo`limga mos qiymatiga aytiladi. Masalan, soat tipidagi indikator shkalasidagi bir bo`limning qiymati 0,01 mm ga teng. Agar asbobning strelkasi bir bo`limdan ikkinchi bo`limgacha siljisa, strelkaning o`lchaydigan uchi 0,01 mm ga surilgan bo`ladi.
Shkala bo`limining intervali (oralig`i) shkala bo`limlarini belgilovchi shtrixlar (chizig`cha) orasidagi masofadir. Ko`pchilik o`lchash asboblarining bo`limlar intervali 1 dan 2,5 mm gacha bo`ladi. Shkaladagi bo`limlar intervali qancha katta bo`lsa, bu holl asbobning gabaritini oshirsa bunday asbob bilan o`lchash shuncha qulay buladi.
O`lchash vositalarining stabilligi vaqt bo`yicha metrologik ko`rsatkichlaring doimiyligi bilan baholanadi.
O`lchash asboblari ularning o`lchanuvchi obyekt bilan bo`ladigan munosabatiga qarab, kontaktli va kontaktsiz turlarga bo`linadi. Kontaktli o`lchash asboblarining muhim ko`rsatkichlaridan biri o`lchash kuchi. Bu kuch o`lchash asbobi bilan o`lchanadigan yuza o`rtasida hosil bo`ladi.
O`lchash xatoligi-o`lchamning haqiqiy va o`lchash natijasida aniqlangan qiymatlari o`rtasidagi farqdir.
Etalonlar o`lchash va nazorat asboblarining alohida turini hosil qiladi. . Ular umumdavlat va xalqaro ko`lamda fizik kattaliklarni qayd qilish va o`lchov birliklarining doimiyligini saqlash uchun xizmat qiladi. Uzunlik birligi «metr» etaloni sifatida 1650. 763,73 ta yorug`lik to`lqinlari olingan. Yangi ta`rif bo`yicha 1metr qilib – yorug`likning vaakumda 1/2997924,58 sekundda bosib o`tgan yo`li tushiniladi va hokazo.
Sanoatda uzunlikni qayd qilish maqsadida shtrixli va tekis yassi yuzali o`lchash vositalari (me`yor) qo`llaniladi.
Universial asboblar turlicha geometrik parametrlarni o`lchash uchun qo`llaniladi. Maxsus asboblar esa alohida olingan paramertlarni o`lchash uchun mo`ljallangan bo`ladi.
Universal o`lchash asboblariga shtangen va mikroasboblar kiradi.
O`lchash kallakchalari – mexanik qurilma bo`lib, ko`pchilik o`lchash asboblarida tashkil etuvchi bo`lib xizmat qiladi.
Optik-mexnik asboblar sanoatda ko`p qo`llanilib, o`zining yuqori aniqligi bilan ajralib turadi.
O`lchash vositalarini tanlash har-xil faktorlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ulardan muhimlari ishlab chiqarish ko`lami (donalab, seriyada hamda ommaviy) va o`lchash aniqligi darajasi qo`yiladigan talab hisoblanadi. Ishlab chiqarish ko`lami o`lchash asbobining turi va ish unumdorligini belgilaydi. Donalab ishlab chiqarishda–universial, seriyalab ishlab chiqarishda–maxsus va ommaviyda- mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan o`lchash asboblari qo`llaniladi.
Shuning bilan bir qatorda mahsulotning konstruktiv shakli, nazorat qiluvchi paramertlar soni, o`lchamlari va massasi ham o`lchov vositalarini tanlashga bevosita ta`sir qiladi.
Har bir parametr uchun o`lchash asbobini tanlashda o`lchashda ruxsat qilingan xatolik hal qiluvchi ahamiyatiga egadir. Detallarni ishga yaroqlilik chegaralari ham parametrlarning muhim ko`rsatkichi hisoblanadi, chunki o`lchashda ruxsat qilinadigan xatolik detalni tayyorlash aniqligiga qo`yilgan talablarga bog`liq bo`ladi. Bu esa o`z navbatida nominal o`lcham va kvalitetga bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |