3-shart „Kim o`zar “ deb nomlanadi bunda guruhlardan bittadan o`quvchi chiqadi va kartochkada beriladigan masalalarni doskada bajaradi.
Masalalar:
1) 3,2 g FeO ni qaytarish uchun qanday hajmda vodorod kerak?
2) 4,48 l vodorod olish uchun qancha temir va sulfat kislota kerak?
3) Sintetik yo`l bilan olingan kislotalardan birining tarkibi quyidagicha
H-2,1%; N-29,8%; O-68,1% ushbu kislota formulasini aniqlang.
O`quvchilar masalani doskada yechgunlariga qadar qolgan o`quvchilar bilan 4-shartni bajarib turiladi.
4-shart „Qo`lini ko`tar“ deb nomlanadi. Bunda o`qituvchi tomonidan tarkibida turli kislota saqlovchi tabiiy manbalar aytib o`tiladi o`quvchilar esa faqat tarkibida limon kislota saqlovchi manbalar nomi aytilganda qo`llarini ko`tarishlari kerak. Masalan: LIMON, ANOR, APELSIN, BEHI,OLMA, MANDARIN, OTQULOQ, KIVI, SHOVUL, G`O`RA, ISMALOQ, QICHITQI O`T, ASAL ARI ZAHARI.
Xatolikka yo`l qo`ygan o`quvchilar quyidagi savollarga javob berishi kerak.
1.Uzum yoki olmani bijg`itishdan qaysi kislota olinadi?(sirka)
2. Sutni achishidan qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut kislota)
3. Silos tayyorlanganda qaysi kislota hosil bo`ladi?(sut va moy kislota)
5-shart “Tanib ol“ deb nomlanadi bu shartda har bir guruhdan bittadan ishtirokchi kartochka tortib doskada ikkita ustun bo`ladi shu ustunlarga mos
reaksiya tenglamalarni yozishi kerak 1-ustunda Vodorodni laboratoriya va sanoatda olinishi:2-ustunda Vodorodning kimyoviy xossasiga doir.
O`quvchilar 5-shartni bajargunlariga qadar qolgan ishtirokchilar bilan
„Sen o`yla men topaman “o`yinini o`ynaymiz bunda ikkitadan o`quvchi chiqadi biri ikkinchisiga davriy sistemadagi element massasini aytadi u qaysi element ekanligini ikkinchi o`quvchi topadi.
Yangi mavzu bayoni:
Tabiatda uchrashi. Vodorod davriy jadvalda birinchi o`rinda joylashgan (Z = 1). Uning atomi eng oddiy tuzilgan: atom yadrosi elektron bulut bilan qoplangan. Elektron konfiguratsiyasi 1s1.
Vodorod tabiatda keng tarqalgan–suv, barcha organik birikmalar hamda erkin holda ayrim tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Uning yer po`stlog`idagi miqdori massa jihatdan 0,15 % ga yetadi (gidrosferani hisobga olganda–1 %). Vodorod Quyosh massasining yarmini tashkil etadi.
Tabiatda H ikkita izotopi–protiy (99,98%) va deyteriy (0,02 %) holida uchraydi. Shu sababli odatdagi suv tarkibida ozroq miqdorda og`ir suv bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |