Metodik tavsiya



Download 4,21 Mb.
bet4/9
Sana18.02.2022
Hajmi4,21 Mb.
#456320
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
METODIK TAVSIYA

Bugungi kuno‘qituvchisi
Tarbiyada butun ish tarbiyachining kim ekanligiga bog’liq. D.I.Pisarov
Bugungi dars o‘qituvchidan islohatni o‘zidan boshlashi talab qilinmoqda, chunki o‘quvchilar o‘qituvchining bilganini biladi, ko‘rsatganini qiladi.Darsni tashkil etishdan oldin pedagog oldiga aniq maqsadni qo‘yishi juda muhim. Darsni tashkil etishda interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash kundan kun rivojlanib bormoqda. Bu esa o‘qituvchi izlanmasa davr talabiga javob berolmay qolishini anglatadi.Bola televideniya, kompyuterlardagi innovatsilarni kuzatib bormoqda. Uni o‘qituvchidan ham kutadi.Agar ustozi shuyangiliklarni bolalardan ham ko‘proq bilishini ko‘rsatib bermasa,o‘quvchi oldida no‘noq va qoloq ko‘rinadi. Bu - pedagogiko‘limdir.Avvalo,o‘qituvchi bugungacha qo‘llab kelgan samarali ta’lim usullarini, innovatsiyalarni puxta o‘rganib AKTdan foydalanishni, ma’lumotlarni izlashni, saralashni bilishi,o‘quv dasturi, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni, yaratilgan multimedia ilovalarni puxta bilishi lozim.Keyin bola yoshiga, mavzuga moslab texnologiyalarni to‘g’ri va o‘rinli qo‘llashni bilishi lozim. O‘z o‘rnida to‘g’ri qo‘llangan o‘yin, musobaqa darsining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Bu esa o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. O‘z o‘rnida o‘quvchining pedagogga bo‘lgan hurmat hissini shakllantiradi. Eng yaxshi dars yaxshi o‘zlashtirilgan dars. Bunday darslar o‘quvchini o‘qituvchiga qalban bog’laydi.Bu esa ta’limda eng muhim hisoblanadi.“Nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, eng avvalo o‘zingni o‘zgartir” degan ekan donishmandlardan biri.


Ta’lim sifatini oshirishda oqituvchining oquvchiga bolgan munosabati
Ustozlik - ulug’ baxt.Ustozlik mashaqqati ortida taxti bor. Ustoz uchun eng avvalo yurak kerak. Keng, bag’rikeng yurak unda barcha o‘quvchiga joy topilsin.Ilk bor maktabga tashrif buyurgan niholgina, beg’uborgina bolalarni ustoz sinf xonasiga emas, qalb uyiga joylasa unga mehr nigohi bilan boqsa, buni bola sezadi. Bolaning ko‘ngil eshigi ochiladi va unga uztoz kira oladi. Ustoz eng birinchi darsni bolaning qalb eshigini ochishdan, ya’ni bolada yaxshi taassurot qoldirishidan boshlash kerak. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari ustozga bo‘lgan mehri orqali qiyin vazifalarni nozik yelkasiga oladi. Bola ustozini sevsin.Ustoz nafaqat ustoz, mehribon onadek, qattiqqo‘l otadek, zarur payt sirdosh o‘rtoqlikni ham birga olib borishi lozim. Ustoz sinchkov, kuzatuvchan bo‘lib har bir bola shaxsini o‘rganib turli xil vaziyatlarda turlicha yechim topa olishi lozim. Inson qalbini dono xalqimiz shishaga qiyos etishadi. U shishani sindirmasdan unga ilm,insoniy fazilatlarni to‘ldirish uchun, ustozdan bir martabo‘lsa ham xato qilmaslikni, haqorat, kamsitishni ishlatmaslikni talab etadi. Yo’qsa, siniq idishda hech narsa solib bo‘lmaydi.Ilm o‘rgatmoq, harf tanitmoq insondan juda katta matonat talab qiladi. O‘quvchilar turli qobiliyat va turli xotiraga ega. Tez va qiyin o‘zlashtiruvchi bolalarni bir sinfda bir paytda barobar olib yurish qiyin.Unda ustoz bilag’on va bilmasga tabaqalashtirishi bola shaxsini kamsitilishiga sabab bo‘ladi. Ustoz matonatli bo‘lib, orqada qolayotgan bolaga ham mehr ko‘rsatib, qolgan o‘quvchilarga odamiylik sifatlarini singdirib ishlashi lozim.



Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish