Ultrametamorfizm jinslari. Ultrametamorfizmda asosan migmatitlar, granitlar va gneys-granitlar paydo bo‘ladi.
Migmatitlar tarkibi bo‘yicha birjinsli bo‘lmagan yo‘l-yo‘lli teksturali jinslardir. Ular melanokratli substratda leykokratli qatlamchalarning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Migmatitlar tarkibining asosini o‘rta va yuqori darajali metamorfizm jinslari - kristalli slanetslar, gneyslar, amfibolitlar tashkil etadi. Migmatitlarning leykokratli qismi odatda kvars-dala shpatili tarkibga ega bo‘lib, u aplitlarga va pegmatitlarga yaqin.
Gneys-granitlar - metamorfik jinslarning granitizatsiyasi jarayonida to‘liq o‘zgargan granit tarkibli va gneysli teksturaga ega jinslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |