Amaliy ahamiyati. Kvarsitlar juda mo‘rtligi bilan farq qiladi va qiyin qayta ishlanadi; yuqori issiqbardosh, kislota va ishqorbardoshligi tufayli asosan dinas ishlab chiqarishda va abraziv material sifatida ishlatiladi. Kvarsitlarning chiroyli turlari ajoyib dekorativ va sayqal toshlari hisoblanadi.
Slanetslar issiqbardosh, izolyatsion materiallar, bezak buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Amfibolitlarning qora rangli turlari taqinchoq va sayqal toshlari hisoblanadi. Plitalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Marmarlar qurilish materiali sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |