Galvanik elementni tuzish va ishga tayyorlash
Metallar aktivligini va galvanik element ishlashini namoyish etishga oid asbobni quyidagi rasmga muvofiq yig’ish yo’riqnomasi
Asbobni yig’ishda shisha naychalar va elektrolit vannachalari yuvilgan va quritilgan bo’lishi lozim. Asbobni yig’ish yo’riqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Elektrolitlar vannachalarini 2/3 qismi 0,6% KCI eritmasi (3 gr KCI 497 ml suvda eritiladi) bilan to’ldiriladi. Birinchi shisha naycha 6 sm3 ga 2,5% li AICI3 eritmasi (2,5gr AICI3 97,5 ml suvda eritiladi) bilan to’ldiriladi. Ikkinchi shisha naycha 6 sm ga 1,4% ZnCI2 eritmasi bilan to’ldiriladi. Uchinchi shisha naycha 6 sm ga 1,6 % FeCI3 eritmasi (5,4 ml 30% li eritmasi 100 ml suvda eritiladi) bilan to’ldiriladi. To’rtinchi shisha naycha 6 sm ga 2,5% li NiCl2 eritmasi (2,5 gr NiCl2 97,5 ml suvda eritiladi) bilan to’ldiriladi.
Beshinchi shisha naycha 6 sm ga 1,75% li CuSO4 eritmasi (1,75 gr CuSO4 98,25 ml suvda eritiladi) bilan to’ldiriladi. Eritmalar solingan barcha naychalar (silindrlar) planka tuyniklariga tiqiladi, bunda ular yarim qismigacha vannachalarda bo’lishlari lozim.
Xar bir naychaga muvofiq keladigan metall elektrod tushiriladi. Birinchi naychaga alyuminiy elektrod, ikkinchi naychaga rux elektrodi, uchinchi naychaga temir elektrodi, to’rtinchi naychaga nikel elektrodi, beshinchi naychaga miss elektrod tushiriladi. O’tkazgichlar jamlanmasi simlarining uchi millivoltmetrga, boshqa uchi esa vintli qisqich yordamida kuchlanishi o’lchash kerak bo’lgan galvanik juftni hosil qilgan metall elektrodlarga ulanadi.
Millivoltmetr tugmachalarini OFFdan ON holatga o’tkazish orkali ishga tayyorlanadi. Millivoltmetrning ish turi buragichi DCV 2000 mV xolatiga o’rnatiladi. Galvanik juftning EYUK qiymati millivoltmetr raqamli ekranchasida yoritilib ko’rsatiladi va qiymatlari tajriba jurnaliga yozib olinadi. Millivoltmetr (1) vint yurdamida sinov paneliga mahkamlanadi. SHisha naychalar (2) ning pastki qismiga membranali (3) rezina tiqinlar kiydiriladi. SHisha naychalarining yuqori qismiga elektrodli rezina tiqinlar (4) kiydiriladi.
O’tkazgichlar jamlanmasi shtekerlarning bir uchi (5) millivoltmetrga, boshqa uchi vintli qisqich yurdamida juft galvanik kuchlanishi o’lchash kerak bo’lgan elektrodlarga ulanadi. Millivoltmetr ishga tushiriladi va millivoltmetr qayta ulagichi (buragichi) DCV 200 mv holatiga o’rnatiladi. Juft galvanik kuchlanishi millivoltmetr raqamli ekrani (6) da yoritib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |