17
Eritmalarni keraksiz qo‘shimchalardan tozalashdan maqsad eritmalardan
cho‘ktirish vaqtida ajratib olinayotgan metallga qo‘shimchalarni tushmasligi yoki
cho‘ktirish jarayoniga salbiy ta’sirni oldini olish hisoblanadi.
Tanlab eritish eritmalarini keraksiz qo‘shimchalardan tozalash uchun
kimyoviy birikmalar ko‘rinishida noorganik va organik reagentlar yordamida
cho‘ktirish, gidroliz, durlash yoki sementasiya usullari ishlatiladi. Durlash vaqtida
eritmani to‘yinishi, masalan, undan suv bug’latib chiqarilishi natijasida keraksiz
qo‘shimcha cho‘kma ko‘rinishida cho‘kadi. Sementasiya usulida cho‘ktirish
eritmadan bir metallni unga nisbatan faol bo‘lgan metall bilan siqib chiqarishga
asoslangan. Sementasiya usulida tozalashga sulfatli eritma tarkibidan misni rux
yoki nikel bilan siqib chiqarish usuli misol bo‘la oladi:
CuSO
4
+ Me→ Cu + MeSO
4
Eritmalardan metallarni erkin holda cho‘ktirish suvli eritmalarni elektroliz,
cho‘ktirish yoki bosim ostida, hamda kimyoviy birikmalar ko‘rinishida gazsimon
qaytaruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin.
Rangli metallar gidrometallurgiyasida (ayniqsa noyob va nodir metallar
metallurgiyasida) sorbsiya va ekstraksiya jarayonlari keng tarqalmoqda. Bu
jarayonlarni qo‘llashdan maqsad qo‘yidagi masalalarni yechish hisoblanadi:
- tanlab eritishda olingan eritmadan qimmatli metallni tarkibi bo‘yicha
keyingi qayta ishlash jarayonlariga qulay bo‘lgan boshqa eritmaga o‘tkazish;
- suyultirilgan eritma va bo‘tanadan metallni jamlab olish;
- eritmalardan metallni samarali ajratib olish va uni keraksiz
qo‘shimchalardan tozalash;
- sorbsiya bilan birlashtirilgan tanlab eritish.
Ion almashinuv jarayonlari ayrim qattiq birikmalarni (ionitlar) eritmalar
bilan ta’sirlashuvi natijasida eritmadan ion yutib olish va ionit tarkibidan
o‘shanday zaryadli va o‘shancha miqdordagi ionlarni almashishga asoslangan.
Ionit sifatida ko‘pincha yuqori sig’imli, kimyoviy barqaror, mexanik
mustahkamlikka ega, yuqori molekulyarli sintetik birikmalar (smolalar) ishlatiladi.
Ekstraksiya deb erigan metall kimyoviy birikmalarini suvli fazadan, suv
bilan aralashmaydigan boshqa suyuq organik fazaga o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
Ekstragent sifatida organik kislota va ularning tuzlari, amin va aminli ishqorlarni
tuzlari, spirtlar, efirlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: