Aim.uz
Metallurgiya, mahsinasozlik va kimyo sanoati majmui
Reja:
-
Rangli metallurgiya sanoati
-
Qora metallurgiya sanoati
-
Mashinasozlik sanoati
-
Kimyo sanoati majmui
Tayanch iboralar: Balxash, Jezqazg`an mis eritish konbinati, Ust-Kamenogorsk polimetall, Pavlodar alyuminiy kombinati, Sokolova-Sarbay, Lisakova, Aktuba, Oqsuv qora metallurgiya kombinati. Og`ir mashinasozlik, qishloq xo`jaligi mashinasozlik tarmog`i. Tom – kon kimyosi, asosiy kimyo va organic sintez kimyosi.
Metallurgiya-ruda qazib olish va shu asosda rangli,qora metallarni eritishni o’z ichiga oladi.Metallurgiya sanoati og’ir sanoatning muhim tarmoqlaridan hisoblanadi. Chunki hech bir mashina, asbob-uskunalar metallsiz bo’lmaydi. Shu sababli metall eritish hajmi har bir mamlakat iqtisodiy qudratini ko’rsatuvchi muhim belgi hisoblanadi.
Rangli metallurgiya sanoati. Qozog’istonda XVIII asrning 20-yillarida dastlab Oltoyda tarkib topa boshladi. Keyinchalik yuz yil o’tgach u Markaziy Qozog’istonda rivojlana boshladi. 1928 -yilda Leninagorsk polimetall kombinatining, Korsakbay mis eritish zavodining ishga tushirilishi natijasida respiblikada rangli metallurgiya sanoati tez rivojlana boshladi.
Qozog’istonda rangli metallurgiya sanoatining qo’rg’oshin-rux, aluminiy va titan-magniy olish tarmoqlari asosiy tarmoqlaridan hisoblanadigan korxonalardan iborat. Respublikadagi olinadigan rangli metall rudalari tarkibida ruda miqdori juda oz (1-6%).Shu sababli ularni albatta boitish kerak bo’ladi. Qazib olinayotgan ruda tarkibida bir necha rangli metallar birgalikda uchraydi. Shu sabali respublikada qazib olinayotgan xom ashyodan kompleks foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Qozog’istonda mis rudalarini qazib olish va eritish uning sharqiy qismida joylashgan.Respublikadagi eng yirik mis eritish kombinatlari Balxash va Jezqazg’anda joylashgan. Uncha katta bo’lmagan mis eritish zavodlari Irtishda Glubokiy aholi manzilgohida, Jezqasg’an yaqinidagi Ust-Kaminogorsk va Karsakbaylarda ham joylashgan.
Qo’rg’oshin-rux yoki polimetall rudalarini eritish kombinatlari Qozog’istonning sharqi va janubiy qismlarida joylashgan. Respublikada Oltoyda ushbu sanoatning qadimgi markaziy Leninogorsk va yangi markazi Ust-Kominogorsk shaharlarida joylashgan. Ushbu zavodlarda respublikada qazib olingan va boyitilgan xomashyolar eritiladi. Respublikaning janubida Qoratog’dan qazib olinadigan ruda asosida Shimkent qo’rg’oshin zavodi ishlaydi. Respublikadagi polimetall ruda qazib olish sanoatining markazlaridan Jung’oriya Olatovi rudasi asosida ishlaydigan zavod Takash va Markaziy Qozog’istondagi Enatrum zavodlari hisoblanadi.
Qozog’istonda rangli metallurgiya sanoatining yangi tarmog’i alyuminiy va titan-magniy olish sanoatidir. Ushbu sanoatning tarmoqlari asrimizning 60-yillaridan boshlab taraqqiy eta boshladi. Ushbu sanoat tarmog’i elektr energiyasini ko’p talab qiladi va ular Pavlodar, Ust-Kaminagorsk shaharlarida joylashgan chunki bu shaharlar atrofida yirik issiqlik va gidroelektr stansiyalari joylashgan. Chunki 1tonna aluminiy olish uchun 18-20 ming kvt soat elektr energiyasi kerak bo’ladi. Titan va magniyni olish bundan ham ko’p elektr energiyasi talab qiladi.
Qora metallurgiya. Qozog’iston og’ir sanoatining nisbatan yosh tarmog’i hisoblanadi. U asosan ulug’ vatan urushi yillarida tarkib topdi. Respublikadagi eng yirik qora metallurgiya sanoatining markazi Qarag’anda qora metallurgiya kombinati hisoblanadi.
U Temirtov shaharida joylashgan bo’lib, to’liq siklli ikki zavoddan tashkil topgan. Zavod Qustanoy temir rudasi va metallolom asosida ishlaydi. Kombinat cho’yan, po’lat, quvur, temir yo’llar uchun relyeflar, texnologik tunikalar ishlab chiqaradi.
Respublikada qora metallyrgiya sanoatining muhim tarkibiy qismlaridan biri Qustanoy viloyatida Sokolova-Sarbay, Lisokova, Kachardagi temir rudasini boyitish kombinatlari hisoblanadi. Bu yerda boyitilgan temir rudalari Temirtov va Magniytogorsk metallurgiya kombinatlariga yuboriladi.
Respublikada keyingi yillarda sifatli qora metallurgiya sanoati tarmog’i tarkib topgan. U Aktuba va Oqsuv po’lat qotishmalari zavodlari hisoblanadi. Ulardan birinchisi Xromtov xromiti asosida ishlaydi. Ikkinchisi esa Uraldan keltiriladigan kvars asosida ishlab po’lat, kvarsli po’lat qotishmalarini ishlab chiqaradi. Ushbu zavodlar ham issiqlik elektr stansiyalari bilan yaxshi ta’minlangan shaharlarida joylashgan, chunki po’lat qotishmalari tayyorlash ko’p elektr energiyasini talab qiladi.
Mahsinasozlik-revolyutsiyadan keyingi yillarda, ayniqsa ulug’ vatan urushi yillarida,sobiq SSSR Yevropa qismidagi Ukraina,Rossiyaning g’arbiy va markaziy rayonlaridagi mashinasozlik zavodlarini ko’chirib kelish asosida tarkib topdi. Urushdan keyin ushbu sanoatning yangi tarmoqlari tarkib topdi. Respublikada mashinasozlik sanoati asosan ichki ehtiyojlarni qondirish uchun kerakli mashinalar ishlab chiqishga asoslangan.
Mashinasozlik-ko’p tarmoqli ishlab chiqarishdan iborat bo’lib, o’ziga ko’plab texnologik jarayonlarni birlashtiradi.
Respublikada mashinasozlik sanoati tarmoqlari ichida og’ir mashinasozlik qishloq xo’jaligi mashinasozligi va stanoksozlik tarmoqlari o’zining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Og’ir mashinasozlik respublikada xalq xo’jaligi ehtiyojidan kelib chiqib, tog’-kon sanoati uchun kerakli asbob-uskunalar, ko’mir, neft, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati uchun kerakli mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday mashinasozlik sanoati korxonalari Olma-ota, Qarag’anda, Ust-Kamenagorsk, Shimkent, Atirau shaharlarida joylashgan. Qishloq xo’jalik mashinasozligi sanoati korxonalari Pavlodar, Ostona, elektrotexnika mashinasozligi zavodi Aktuba, Toldiqorg’on shaharlarida joylashgan. Respublikada mashinasozlik sanoatining muhim transportlaridan biri avtomabilsozlik don o’rish konbayinlari, radio va televizorlar ishlab chiqishdan iborat. Bunday korxonalarni Shvetsiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya va boshqa davlatlarning firmalari bilan hamkorlikda qurish rejalashtirilgan.
Kimyo sanoati majmuasi-og’ir sanoatning tez rivojlanadigan tarmog’i hisoblanadi. Ushbu tarmoq chiqindisiz ishlaydigan tarmoq hisoblanadi.
Kimyo sanoatining taraqqiyotisiz qishloq xo’jaligining rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan kimyo sanoati har bir davlatda va energetika dastirining amalga oshirilishi, ilmiy texnika taraqqiyotining rivoj topishida katta rol o’ynaydi.
Qozog’iston kimyo sanoatini rivojlantirish uchun yetarli xomashyo resurslariga ega. Bu yerda fosforitning juda katta konlari, oltingugurt, kolchidoni bariy, brom, osh va kaliy tuzlari,sulfat natriysi, neftni qayta ishlash sanoatining chiqindilari, ko’mirni kokslash natijasida hosil bo’lgan gazlar, rangli metallurgiya sanoatida hosil bo’ladigan oltingugurt gazlari kimyo sanoati uchun xom ashyo rolini o’ynadi.
Respublika hududida keng tarqalgan ayrim yovvoyi o’simliklar, jumladan shifobaxsh shuvoq, effelra, semizo’t ham kimyo sanoati uchun xomashyo rolini o’taydi.
Qozog’istonda kimyo sanoatinign tog’-kon kimyosi,asosiy kimyo va organik sintez kimyosi rivojlangan.
Respublikada tog’-kimyo sanoatining eng yirik korxonalaridan biri Qoratov tog’-kimyo kombinati hisoblanadi.U asosan fosforit qazib oladi va undan fosforit uni tayyorlanadi. Shu asosda superfosfat o’g’itlari ishlab chiqaradigan zavodlar Jambilda, Aktuba yonidagi Algodada joylashgan. Shimkent va Jambuldagi superfosfat zavodlarida fosfarit uni va oltingugurt kislotalari tayyorlanadi.Bundan tashqari oltingugurt kislotalari Ust-Komenagorsk, Leninogorsk, Balxash, Jezqazg’an shaharlarida ishlab chiqariladi.Bunining uchun ushbu shaharlarda joylashgan rangli metallurgiya sanoatidan chiqadigan oltingugurt gazidan foydalaniladi.
Respublikada keyingi yillarda azot o’g’itlarini ishlab chiqaradigan zavod qurib ishga tushirildi.Buning uchun Temirtovdagi qora metallurgiya kombinati dagi ko’mirni kokslash natijasida hosil bo’lgan gazlardan sulfat ammoniy kislotasi tayyorlanib,shu asosda azot o’g’itlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.Respublikada Ust-Kominagorsk titanomagniy kombinatida uncha ko’p bo’lmagan holda kaliy tuzlari ishlab chiqariladi.Aktubada xrom birikmalarini ishlab chiqaradigan Atirauda polietilen plyonkalarini ishlab chiqaradigan zavod, Aktovda plastmassalar, tish yuvish pastalarini ishlab chiqaradigan zavodlar joylashgan. Shimkentda kimyo farmaseftika zavodi aholi uchun kerakli dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Qurilish materiallari sanoati majmui. Revolyutsiyaga qadar Respublikada deyarli rivojlangan edi. Respublikaning shahar va qishloqlarida asosiy qurilish materiallari sifatida xom g’ishtdan foydalanilar edi
Qozog’iston xalq xo’jaligini industrlashtirish natijasida respublika juda katta qurilish maydoniga aylantirildi. Respublikada urushga qadar va urushdan keyin ham ko’plab zavod va fabrikalar qurib ishga tushirildi. Bunday korxonalarni qurish sanoat asosida amalga oshirildi. Respublikada sanoat asosida qurilish maxsulotlarini ishlab chiqaradigan kombinatlar Olma-ota, Shimkent, Semipalatinsk shaharlarida joylashgan. Qozog’iston qurilish materiallari sanoatining asosini sement ishlab chiqarish tashkil qiladi. Sement zavodlari Shimkent, Semipalatinsk shaharlarida joylashgan bo’lib,ushbu shaharlar atrofida sementsanoatining xomashyo gilmoyalariga boydir. Uncha katta bo’lmagansement zavodlari Qarag’anda yaqinidagi Astaxovka stansiyasida, Shimkent yaqinida joylashgan Saetuba shahrida, Chu shahrida joylashgan. Respublikada pishgan g’isht ishlab chiqaradigan zavodlar har bir viloyatda joylashgan. Keyingi yillarda respublikada lenolium, deraza oynalari ishlab chiqarish zavodlari ham mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Agrosanoat majmuasi-respublikaning qishloq xo’jaligini va qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarini o’z ichiga oladi. Ushbu majmuaga og’ir sanoatning qishloq xo’jaligi uchun mashinalar, mineral o’g’itlar, har xil kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan tarmoqlari kiradi. Xalq xo’jaligining ushbu tarmoqlari texnologik iqtisodiy va tashkiliy tomonidan bir-birlari bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, ishlab chiqarishning bir butun zanjirini tashkil qiladi. Respublikada agrosanoat majmuini boshqarish, rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash maqsadida 1990 -yildan boshlab qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda maxsulot yetishtirish va uni qayta ishlashda barqaror o’sishni ta’minlash agrosanoat majmuiga kerakli mashina, asbob-uskuna, mineral o’g’it ishlab chiqarish, yetishtirilgan maxsulotni qayta ishlashni ta’minlashdan iborat.
Respublikada agrosanoat majmuini yanada rivojlantirish maqsadida yerlarni aholiga foydalanish uchun bo’lib berish,xususiy dehqon, xususiy fermer xo’jaliklarni tahskil qilish borasida katta ishlar amalga oshrilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |