Yoy pechi — metall va boshqa materiallarni eritish uchun elektr yoyi issiqligidan foydalaniladigan elektr pechi. Birinchi marta 1898—1901 yillarda Fransiyada Eru, Italiyada E. Stassanolar sanoatda qoʻllashgan. Qizdirish usuliga koʻra, bevosita va bilvosita qizdiriladigan hamda yoyi berk pechlarga boʻlinadi. Bevosita (toʻgʻridantoʻgʻri) qizdiriladigan Yoy pechda yoy elektrodlar va qizdiriladigan jism orasida yonadi . Bilvosita qizdiriladigan yoy pechda yey elektrodlar orasida, qizdiriladigan materiallardan bir oz narida yonadi; bunda issiqlik yoydan nurlanish orqali uzatiladi . Yoyi berk pechlarda yey elektrodlarni qurshab olgan qattiq shixta qatlamlari ostida yonadi ; bunda shixta yoydan ajralib chikadigan issikdik bn, shuningdek, shixtadan tok oʻtayotganda hosil boʻladigan joul issiqlik bilan qiziydi. Bevosita qizdiriladigan yoy pech keng tarqalgan boʻlib, unda koʻpincha poʻlat eritiladi. Yoyi berk pechlarda rangli metallar, ferroqotishmalar, elektr korundlar va b. eritiladi. Bevosita kizdiriladigan yoy pechning hajmi 360—400 t boʻlib, metall va shlakni yuklash yoki boʻshatish vaqtida ogʻdiriladi. Bulardan tashqari elektrodi sarf qilinadigan (qayta eritiladigan metalldan tayyorlanadi) va elektrodi sarf qilinmaydigan (volfram yoki grafitdan tayyorlanadi) vakuumli yoy pechlar bor. Bunday pechlar metall va qotishmalarni vakuumyoy yordamida qayta eritishda qoʻllaniladi. YoY RAZRYAD — elektrodlar orasida (gazlarda) roʻy beradigan elektr razryad. Kumir yoki metall elektrodlar orasida hosil boʻladigan volta yoyi yoy razryadga misol boʻlishi mumkin. Ikkita kumir elektrod orasida havoda yoy razryad sodir boʻlayotganini birinchi marta 1802 y.da rus olimi V. V. Petrov va undan mustasno 1808 y.da hind olimi G. Devilar kuzatishgan. Elektr manbaiga ulangan ikkita kumir elektrod birbiriga yaqinlashtirilganda choʻgʻlanadi va katodsan elektronlar chiqa boshlaydi. Elektrodlar birbiridan uzoklashtirilganda ular orasida yorqin yoy hosil boʻladi. Elektrodlar (asosan, katod)ning temperaturasi 3000—3600 K ga yetadi. Gaz bosimi 20 atm ga yetganda yoy temperaturasi 6000 K ga yaqinlashadi. Yoyning yuqori temperaturasi tufayli ionlanish roʻy beradi. Shuning uchun elektrodlar orasida yaxshi elektr oʻtkazuvchanlik paydo boʻladi. Bundan tashqari, elektron emissiya tufayli katodga yaqin soha qarshiligi kichik boʻladi. Bular kichik kuchlanishda ham elektrodlar orasida yoy razryad yuz berishiga sabab buladi. Elektrodlar juda (bir necha sm gacha) yaqinlashganda yoy razryad kuchlanishi 40—50 V ga yetadi. Yoy razryaddan elektrotexnika, elektr payvandlash, yoy iyechlarida metall eritishda, gaz razryadli yorugʻlik manbaida, plazmatronlar, lyuminespent lampalar, gazotron va b.da foydalaniladi.[
Do'stlaringiz bilan baham: |