5310300 KMF 2022-yil
|
Varaq
|
|
|
|
|
|
11
|
O’z
|
Varaq
|
Hujjat №
|
Imzo
|
Sana
|
qolgani-C). Ko‘pik Ag va Au ni ajratib olish uchun qayta ishlanadi va Zn va Pb regeneratsiyasi uchun oldin undan distilyatsiya bilan Zn ajratiladi, keyin oksidlantirib suyuqlantirishda PbO suyuq ko‘rinishida qo‘rg‘oshin ajratiladi, vannada nodir metallar
to‘plami hosil bo‘ladi.
Keyin esa Bi qo‘rg‘oshin kalsiyli va surma bilan ajratish amalga oshiriladi (vismutsizlash). Yuqori navdagi rafinatsiyalangan Pb tarkibida 0,003% Ag, 0,0015% Cu, 0,002% (As+Sb), 0,001% Zn,0,002% Fe, 0,05% Bi kiradi. Qotishmalari . Qo‘rg‘oshin asosidagi qotishmalar – antifriksion (qo‘rg‘oshinli babbitlar), tipografik (surma bilan legirlangan va qalay bilan 30% gacha (massa bo‘yicha)) va turli kavsharlar. Tipografik qotishmalar – qotishma markalari Ш1, Ш2 va Ш3; П1 va П2; Mn; Ln va Ln1 va boshqalar. Qo‘rg‘oshin surmali qotishmalar akkumulyator detallarini, kabellar qoplamasini, list, quvurlarni tayyorlashda qo‘llaniladi. Ishlatilishi. Eng keng qo‘llaniladigan sohasi akkumulyatorlar ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqariladigan qo‘rg‘oshinning 1/3-1/4 qismi uning hisobiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p holatlarda qo‘rg‘oshin H2SO4 bilan ishlashda qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin bilan H2SO4 sanoatida kamerli va kontakt usulida sulfat angidridi adsorbsiyasida apparatlarning ichki qismi qoplanadi, nitroglitserin olishda, titan to‘rt oksididan pigment olishda va shu kabilarda ishlatiladi. Unga fosfat, ftorid kislotalari va ko‘plab eritmalar uchun idish sifatida qaraladi. Sovuq bosimlash usulida olinadigan elektr kabellarida himoya qavati sifatida ishlatiladi. Yuqori zichligi, korrozion barqarorligi hisobiga qo‘rg‘oshin tortma og‘irlik uchun va ballast tayyorlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshindan izotoplarni transportirovkasi va saqlanishi uchun konteynerlar tayyorlanadi. Qo‘rg‘oshin nitrati kuchli portlovchi moddalar aralashmasini tayyorlashda ham ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin azidi keng qo‘llaniladigan detanator sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin perxlorati rudalarni flotatsion boyitishda ishlatiladigan og‘ir suyuqliklar tayyorlashda ishlatiladi (zichligi 2,6 g/sm³), u ayrim holatlarda kuchli portlovchi aralashmalarda oksidlovchi bo‘lib qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin ftoridi mustaqil ravishda hamda vismut ftoridi, mis ftoridi, kumush ftoridi bilan kimyoviy tok manbaida katodli material sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin arsenati va arseniti insektitsidlar texnologiyasida hasharotlarni – xalq xo‘jaligi zararkunandalarini o‘ldirishda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin borati Pb(BO2)2•H2O, erimaydigan oq poroshok, kartina va laklarni quritishda ishlatiladi,
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |