Metallarni uyimlab eritmaga o’tkazish Reja


Ruda bo’linmasi 1-Bosqich maydalash



Download 167 Kb.
bet2/2
Sana29.03.2022
Hajmi167 Kb.
#516310
1   2
Bog'liq
Azamat Jamolov 22222

Ruda bo’linmasi

1-Bosqich maydalash
.
Oltinni uyumda tanlab eritish sexi (UTES) ilgarigi «Zarafshan - Nyumont» korxonasi NKMK 25 yillik faoliyati natijasida Muruntovning balansdan tashqari yig‘ilib qolgan rudasini qayta ishlash uchun 1992 bunyod ishga krishilgan. 1,4g/t oltin biriktirgan 220 mln.t ruda qayta ishlashga mo’ljallangan (Oltinni ajralishi50%). Loyiha uchun 225 million AQSH dollari sarflangan. 1995yil dastlab oltin eritib olina boshlagan. Bunda 2 200 000 m3 hajmdagi tuproq ishlari; 15 300 m3 beton; 88 000 m quvur ; 121 000 m elektr kabel­ liniyalari o‘tkazildi. Sexning loyihaviy ruda bo’yicha ish unumdorligi 13,8 mln. t/y i/ch yillarga muvofiq oltin 7-12 t. yetadi. Oltinni uyumda tanlab eritish sexining soddalashtirilgan sxemasi 11 chizmada keltirilgan. Sanoan operatsiyalari quyidagicha amalga oshiriladi: Ruda D10L markali uchta buldozerda D992 markali frontal yuklaydigan mashinalarda yuklanib «Nordberg 1560» markali jag‘li maydalagichning qabul qilish bunkeriga uzatiladi va -150 mm kattalikgacha maydalanadi . Jag’li maydalagich tebranuvchi kolosnik elaklari bilan uyg’un ravishda ishlab konveyer orqali keyingi jaroyonga uzatiladi.

Ruda bo’linmasi

2-Bosqich maydalash

Birinchi bosqich maydalashdan so‘ng ruda massasi konveyerlar majmuyi orqali ruda omboriga ( uzliksiz ishlashni taminlash uchun) jo‘natiladi. U yerdan 2- bosqich maydalashga (standart konusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), undan keyin 3- bosqich maydalash uchun (ikkita qisqa kokonusli maydalagich «Nordberg MR-1000»), uzatiladi va ruda ketma - ketlikda 13 mm.gacha maydalanadi. Maydalagichlar ochiq siklda ishlaydi va ularga oldidan mayda fraksiyani ajratish uchun «banan» tipidagi «Nordberg»firmasida ishlab chiqarilgan yuqori samarali elaklar o’rnatilgan. 4- bosqich maydalash 16 ta ver­tikal valli rotor tipidagi maydalagichda, ochiq siklda 14 ta «banan» tipidagi «Nordberg» elakda bajariladi. Bu yerda ruda -3,25 mm (94 %) kattalikgacha yanchiladi. To‘rt bosqichli maydalashdan keyin ruda 30 ta o‘ziyurar kanveyerlar va bitta uyum hosil qilgich - shtabellar (staker) sistemasi orqali eni 80 m va balandligi 10 m qilib tanlab eritish maydoniga shakllantiriladi.


Uyumning loyihaviy balandligi 80 m. ( har biri 10 m. 8 ta qatlam) Konveyer orqali yanchilgan rudaga sement, oxak va suv qo‘shiladi. Sement mayda bo‘lakchalarni bog’lab, yiriklashtirib erituvchini filtrlanish tezligini oshiradi, chang hosil bo‘lishini kamaytiradi.Uyumni mustahkamligini oshiradi. Oxak eritmaning pH ni rostlashga ishlatiladi chunki, natriy sianid kislotali muhitda parchalanadi.
Erituvchi, quvrlar sistemasi orqali ruda materiali qatlamining yuqori maydonidan tomchilatib sepkichda soatiga 7 lm2 miqdorida sarflanadi. Tomchilatib sug’orish, suvning bug’lanib yo’qotilishini, uyumning butun yuzasi bo‘ylab teng tarqalishini oldini oladi. Erituvchi uyumdan sizib o’tib, rudadagi oltinni eritadi, uyum tagidagi ikkita kanal orqali yig‘uvchi hovuzga to‘planadi va unda oltinning konsentratsiyasi uni samarali ajratish darajasiga yetmagunicha eritma qayta-qayta tanlab eritish uchun uyum tepasiga qaytariladi. To‘yingan eritma undagi cho‘kindilarni ajratish uchun filtrlavchi elementlardan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng kislorodni yo’qotish uchun ikkita vakuumli deaeratsiyalanadi. Shundan so‘ng eritmaga rux kukuni va qo‘rg‘oshin nitrat qo‘shiladi, natijada oltin va boshqa metallar rux bilan birikib cho‘kadi. Hosil bo‘lgan cho‘kma to‘rtta filtr-pressda yig’iladi, eritma esa uyumda tanlab eritish jarayoniga qaytariladi va sikl qaytarila veradi. CHo‘kma asosiy metallarni oksidlash uchun ikkita pechda 650 °C kuydiriladi. Qizdirilgan cho‘kma flyus bilan aralashtiriladi (bura aralashmasi, selitra va kremnezem) undan keyin yoyli suyuqlantiruvchi pechda suyuqlantiriladi.
Suyuqlanish vaqtida oksidlangan metallar shlakka o’tadi, oltin zarrachalari bir-biri bilan birikib, og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kadi, suyuqlantiruvchi tigl tubiga yig‘iladi.
Suyuqlantirish tugagunidan so‘ng tigldan (kovush) dastlab shlak , so‘ngra oltin quyib olinadi. Suyuqlantirib olingan oltin qo‘ymasida 10 % gacha kumush, 5 % gacha mis, 3-4 % qo‘rg‘oshin, 2-3 % boshqa aralashmalar bo‘ladi. Qotishmani affinaj qilish va tayyor mahsulotda oltinni 99,99 % ga yetkazish 2-GMZ da amalga oshiriladi. Affinaj jarayonida yig‘ilgan kumush qo’shimcha mahsulot sifatida ajratilib sotiladi.
UTES”ning faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning ish unumdorligi loyihaviy quvvatiga bir muncha yaqinlashgan (11-jadval). Umuman olganda uyumda tanlab eritish ekologik maqbul, texnologik jihatidan, chiqitsiz, silliq yopiq jarayondir.
Jadval- 11. Oltin i/ch dinamikasi «UTES» Zarafshon shahri.

Ko’rsatkichlar

1995

1996

1997

1998

Tanlab eritiladigan ruda, t

4205

11222

13 285

13 542

Oltin miqdori, g/t

1.78

1,81

1,72

1,76

Oltin i/ch, t

761

9535

13 683

11 724



Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. Yeshvant V. Deshmukh, Industrial Heating Principles, Techniques, Materials, Applications, and Design by CRC Press, Taylor & Francis Group, 2005, 775 p.

  2. Телегин А.С., В.С. и др. Тепло-массоперенос. – М.: Академкнига, 2002. -455 с.

  3. Yakubov M.M. Metallurgiyada issiqlik texnikasi. Ma’ruzalar matni – Toshkent: ToshDTU, 2010. - 132 b.

4.Диомидовский Д.А. Металлургические печи.
М.: Металлургия, 2001. - 704 с

Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish