Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Metallarga qirindi ajratish yo’li bilan ishlov beruvchi dastgohlarda texnika xavfsizligi



Download 34,94 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi34,94 Kb.
#700493
Bog'liq
Metallarda bosim bilan ishlov berish sexlarida texnika xafsizlik qoidalari


Metallarda bosim bilan ishlov berish sexlarida texnika xafsizlik qoidalari.

Reja:
Kirish


Asosiy qism

1. Metallarni bosim bilan ishlash asoslari .


2.Metallarga qirindi ajratish yo’li bilan ishlov beruvchi dastgohlarda texnika xavfsizligi.
3.Metallarni sovuqlayin shtamplovchi mexanik presslarda ishlash texnika xavfsizligi.
4.Ish joyini tashkil qilish va dastgohlarni o’rnatish qoidalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish

Materiallarni bosim bilan ishlash usullari Metallurgiya va mashinasozlik sanoatining turli tarmoqlarida metallarni bosim bilan ishlash usullari borgan sari keng tarqalmoqda. Bu usullarda plastik zagotovkalarning katta tezlikda, serunum ishlanishi oqibatida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.Quyida bu usullarning asosiylari va ular haqida ma‟lumotlar keltirilgan. Prokatlash. Bu usulda yirik quyma zagotovkalarni prokatlash mashina (stan)larning qarama qarshi yoki bir tomonga aylanuvchi juvalari oralig‟idan ezib o‟tkazib ishlashga prokatlash deyiladi. Bunda zagotovka hajmi o‟zgarmasada, shakli va o‟lchamlari o‟zgaradi. Prokatlashning quyidagi turlari mavjud: a) Bo’ylama prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarni prokatlash mashinalarining qarama –qarshi tomonga aylanuvchi juvalar oralig‟idan bo‟yiga ezib o‟tkazib ishlashga bo‟ylama prokatlash deyiladi (–rasm, a). b) Ko’ndalangiga prokatlash. Bu ishlovda zagotovkalarning o‟qlari parallel yoki ma‟lum burchak bo‟yicha o‟rnatilgan prokat mashinasining juvalari orasidan ezib ko‟ndalangiga o‟tkazish bilan ishlashga ko‟ndalangiga prokatlash deyiladi




Metallarni bosim bilan ishlash asoslari .

Presslash. Bu ishlovda zagotovkalarni presslash mashinasining (konteyner deb ataluvchi) xoval tsilindriga kiritilib, puansoni bilan siqib, matritsa deb ataluvchi asbob ko‟zidan ezib chiqarib ishlashga presslash deyiladi


3. Kiryalash. Bu ishlovda zagotovkalarning kirya deb ataluvchi, ko‟ndalang kesim shakli va o‟lchami asta –sekin kichrayib boruvchi asbob ko‟zidan tortib o‟tkazib ishlashga kiryalash deyiladi. Bunda zagotovkalarning ko‟ndalang kesim shakli kirya ko‟z shakliga o‟tib kichrayadi va bo‟yiga uzayadi
4. Bolg’alash. Bu ishlovda zagotovkalarni bolg‟alash mashinaning pastki boyogi muhrasiga (dastaki bolg‟alashda sandonga) qo‟yib, ustki boyogi muhrasi bilan zarblab ishlashga bolg’alash deyiladi
5. Hajmiy shtamplash. Bu ishlovda zagotovkalarni shtamp deb ataluvchi asbobning pastki palla o‟yig‟iga qo‟yib, ustki pallasi bilan zarblab ishlash hajmiy shtamplash deyiladi
6. List shtamplash. Bu ishlovda list zagotovkalarni matritsa deb ataluvchi asbob ustiga qo‟yib, chetlari qisish xalqasi bilan qisilib ularni press mashina puansoni bilan ezib, uni matritsa o‟yig‟iga kiritib ishlashga list shtamplash deyiladi
Metallarli bosim bilan ishlash usullarining asosiy turlari: a –prokatlash; b –presslash; v –kiryalash; g –bolg‟alash; d –hajmiy shtamplash; ye –list shtamplash. Bosim ostida ishlov berish asoslari Metallarni bosim ostida ishlash mohiyati shundan iboratki, plastik metal va qotishmalar tashqi kuch yoki bosim ta‟sirida tashqi shaklini o„zgartiradi va ta‟sir to„xtatilgandan so„ng shu shaklini saqlab qoladi, ya‟ni plastik deformatsiyalanadi. Shunga ko„ra mo„rt metallar (cho„yan, bronza)ni bosim ostida ishlab bo„lmaydi. Metallarni bosim ostida ishlash ko„p vaqtlardan buyon ma‟lum bo„lsada, bu usul eng progressiv hisoblanadi. Chunki metalni chiqindiga chiqarish kam miqdorda, ish unumi katta va olingan mahsulot yuqori bo„ladi. Chunki bosim ostida ishlash natijasida metalni fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Bosim ostida metal ishlansa, uni shaklini o„zgartirishdan tashqari, uning ichki tuzilishi hamda xossalari ham o’zgaradi. Metallarni bosim ostida ishlash usuli bilan 80 % ko„proq eritilgan po„lat qayta ishlanadi. Rangli metall va qotishmalarni 60 % dan ko„p qismi, shuningdek, plastmassalar va metalmaslarni ko„p qismi bosim ostida ishlanadi. Bosim ostida ishlash bilan og„irligi 10 g dan 100 tonnagacha bo„lgan zagotovkalar, yarim fabrikatlar, buyumlar, detallar olinadi. Bosim ostida ishlash juda murakkab jarayon bo„lib, buyumni tashqi sirtida va ichida ancha o„zgarishlar bo„ladi. Buyumda fizik va mexanik o„zgarishlar sodir bo„lishiga olib keladi. Detal tashqi kuch ta‟sirida avval elastik, so„ng plastik deformatsiyalanadi.

Plastik deformatsiyani ikkita qonuni bor:


1. Hajmlarining o’zgarmasligi qonuni, ya‟ni metalni bosim ostida ishlanganga qadar bo’lgan hajmi bosim ostida ishlangandan keyingi hajmga teng bo’ladi. V0 = V1
2. Kichik qarshilik qonuni. Deformatsiyalangan metal qaysi tomonda qarshilik kichik bo„lsa, o„sha tomonga oqadi. Deformatsiya natijasida jismning oqishi Metallarga bosim ostida ishlov berish (MBIB) – metallarni plastik deformatsiyalash usuli bilan mashinasozlik profillari va zagotovkalar olish jarayonidir. Deformatsiya – tashqi kuchlar ta‟sirida jismning shakl va o„lchamlarini o„zgarishidir. Kuchlanish – tashqi kuch ta‟siri ostida jismda vujudga keladigan yoki materialda xajm o„zgarishi bilan bog„liq sodir bo„ladigan fizikaviy – ximiyaviy jarayonlar natijasida hosil bo„ladigan ichki kuchlar o„lchovidir. Elastik deformatsiya deb, kuch ta‟sirida vujudga keladigan deformatsiyaning ta‟sir to„xtatishi bilan to„liq yo„qolishiga aytiladi. Plastik (qoldiq) deformatsiya esa kuch ta‟sirida vujudga kelgan deformatsiyaning, kuch ta‟siri olingandan keyin ham saqlanib qolishidir. Metallarga bosim ostida ishlov berish jihozlariga metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari kiradi. Metallarga bosim ostida ishlov berish asboblari MBIB mashinalarida o„rnatiladigan va deformatsiyalanadigan metalga bevosita ta‟sir ko„rsatadigan moslamalar kiradi. Metalning quyma strukturasi – suyuq metalning kristallanishi natijasida olingan metal tuzilishi; dendrit (kristal) – quyma metalning strukturasini tashkil etuvchisi hisoblanadi. Metalning deformatsiyalangan strukturasi – metalning quyma strukturasi bir marta yoki ko„p marta plastik deformatsiyalash natijasida olingan metal tuzilishi; don (kristallit) – deformatsiyalangan metalning struktura tashkil etuvchisidir. Plastik deformatsiyalanish darajasi – jismning deformatsiyalanishi natijasida o’lchamlarini o’zgarishini ko’rsatuvchi o’lchov birligidir. Deformatsiya tezligi – vaqt birligi ichida deformatsiya darajasini o‘zgarishidir. Deformatsiyalanish tezligi – deformatsiyalaydigan asbobning harakat tezligi. MBIB – metal materiallardan buyumlar (mahsulotlar) olishning keng tarqalgan va ilg„or usullaridan biridir.
Bu usul metalning plastiklik xossasiga asoslangan. MBIB – ikkita asosiy maqsadni ko’zlaydi:
1) Oddiy shaklli zagotovkalardan fason buyumlar olish
2) Quyma metalning mexanik xossalarini oshirish uchun kristallik (tuzilishini) strukturasini yaxshilash; Aylanish sirti (patron, planshayba, xomutnik va boshq.) ularning tashqi ya’ni detal mahkamlanadigan qismi juda silliq bo’lishi lozim. Agar ularda chiqiq yoki chuqurchalar bo’lsa ular himoya vositasi bilan qoplanishi shart.
Tokarlik ko’p shpindelli, bir shpindelli avtomat, tokarlik revolver va boshqa tokarlik dastgohlari chiviqlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib ularga ishlov berish vaqtida dastgohlarda himoya qiluvchi shitlar bo’lishi shart. Ishlov berilayotgan chiviq uzun bo’lmasligi va qiyshaymagan bo’lishi shart.
Qovushqoqligi yuqori bo’lgan materiallar (po’latlar) bilan ishlaganda maxsus charxlangan keskichlardan yoki maxsus strujka tozalovchi moslamalardan ham foydalanish kerak. Yurish vinti mavjud bo’lgan dastgohlarda vint va valiklar himoya g’ilofiga ega bo’lishi kerak. Idishning havo muhitida qanaqa bo'lsa ham zararli moddalar bo'lsa, ko'chma tortuvchi ventilatsiyani o'rnatish.
Idish ichida tekshiruvlarni yoki ishlarni o'tkazganda, kuchlanishi 12 Vdan yuqori bo'lmagan navbatchi yorug'likdan foydalanish. Idish ichida ishlaganda individual himoya vositalaridan (respirator yoki protivogaz) foydalanish.
Gidravlik sinovni o'tkazganda:
Sinovlarni o'rnatilgan armatura bilan bosim ostida ishlaydigan idishni ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan reglament va rejimga asosan o'tkazish. Gidravlik sinov uchun harorati 50C dan past va 400C dan yuqori bo'lmagan suvdan foydalanish.
Korpus devori va atrof muhit temperaturalarining farqi sinov vaqtida idish devorlariga nam tushishiga olib kelmasligi kerak. Sinovni o'tkazganda bosimni turi, o'lchov chegarasi, aniqlik darajasi, bo'linmalarning qiymati bir xil bo'lgan ikkita manometr bilan nazorat qilish kerak. Tiqinlarga, qopqoqlarga, flanesli va boshqa birikmalarga sinov vaqtida ogohlantiruvchi belgilar qo'yish.
Idishni suv bilan to'ldirgan vaqtda, undan havoni to'liq chiqarib yuborilishini ta'minlash. Idishni suyuqlik bilan to'ldirgan vaqtda va bosim ortganda, xavfsiz joyda turish kerak. Bevosita bosimni oshirishni boshlanishidan oldin idishni suyuqlik oqishi bor-yoqligiga ko'rikdan o'tkazish, idishdan begona narsalarni olib qo'yish, begona kishilar kirmasligi uchun "Xavfli zona" to'sig'ini, zarurat bo'lganda navbatchilarni qo'yish.
Idishdagi bosimni asta - sekin va bir maromda, turtishlarsiz va zarbalarsiz, manometrlarning ko'rsatishlarini doimo nazorat qilib ko'tarish. Bosimni oshirish tezligi idishdan foydalanish yo'riqnomasiga muvofiq bo'lishi kerak.
Reglamentga muvofiq sinov bosimini belgilab, belgilangan vaqtni bosim ostida (taxminan 5 minut) saqlab turish, undan keyin bosimni ishchi bosimgacha pasaytirish va diqqat bilan barcha payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarini va idishning tashqi yuzasini qarab chiqish.
Sinov vaqtida korpus devorlarini, idishning payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarni taqillatish, shuningdek boltli birikmalarni tortib mahkamlashga ruxsat berilmaydi.
Idish ko'rigini o'tkazganda bosimni ko'tarish; bosimni ko'targan vaqtda qopqoqlarning flanesli birikmalari qarshisida turish. Pnevmatik sinovni bosh muhandis tomonidan tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yo'riqnomaga asosan va akustik emissiya usulida nazorat qilish sharti bilan o'tkazish.
Sinovdan keyin suyuqlikni maxsus idishga nasos bilan tortib chiqarib tashlab to'kish. Idishlarni ta'mirlaganda taftish o'tkazish va yopib-ochadigan -boshqariladigan armaturani va saqlovchi klapanlarni rostlash. Qish davrida ochiq olovni ishlatib idishlarni eritishga yo'l qo'ymaydi.
Ish bajarganda bosim ostida ishlaydigan idishda nosozliklarni aniqlaganda yoki avariya holati vujudga kelganda ishchi quyidagilarga majbur: Barcha ishni to'xtatish.
Ishchilarni xavf haqida ogohlantirish. Darhol uchastka mexanigiga (master, brigadir), bo'linma boshlig'iga xabar berish va avariya holatini bartaraf etishga ko'maklashish.
Mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan xavfsizlik talablariga amal qilgan holda kechiktirib bo'lmaydigan nosozliklarni bartaraf etish. Idishning barcha avariya to'xtatish sabablari smena jurnaliga yozib borilishi kerak.
Mashinasozlik sexlarida metallarga metal qirquvchi dastgohlar yordamida turli operatsiyalar bajarilib, detallar olinadi. Bu jarayon inson ishtirokisiz bo’lmaydi. Dastgohlarda ishlashda ishchi xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilmaydigan bo’lsa nafaqat o’zi balki atrofidagi boshqa insonlar hayotiga ham rahna solishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida korxona va zavodlar tomonidan barcha ishga yangi kirgan ishchilar texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitilib, ruxsatnomalar berilib keyin ish o’rinlari bilan ta’minlanadi.
Ishchini normal ishlay olishi uchun:
Dastgohlarni asosi polga siljimaydigan qilib mahkamlangan bo’lishi lozim.
Dastgohlarni alohida qisnlari bir-biri bilan boltlarda mahkamlanishi shart, o’rnatish va ta’mirlash ishlarini oson bo’lishini ta’minlash maqsadida.
Ish joyida stellaj (zagatovka va tayyor detallarni qo’yish uchun), shkaf (asboblar va moslamalarni qo’yish uchun) va yuk ko’tarish moslamalari bilan ta’nimlangan o’lishi lozim
Charxlash stanoklarida ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari charxchiga ta'sir etishi mumkin:
elektr toki;
abraziv changi;
detallarga ishlov berishda uchib chiqayotgan metall va abraziv zarralari;
ishlov berilayotgan detal va asbob yuzalarining yuqori temperaturasi (harorati);
titrash (vibrasiya) va shovqin.
Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Ish boshlashdan oldin charxchi quyidagilarga majbur: ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish, tartibga solish, yeng qaytarmasini tuglash yoki rezina bilan bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish. Quyidagilarni tekshirishi lozim:


Xulosa
Xulos qilib shuni aytish kerakki Metalni bosim bilan ishlash qobiliyatini tavsiflovchi muhim xossalariga plastiklik va deformatsiyaga qarshilik kiradi.
Bu xossalarga quyidagi omillar ta‟sir qiladi:
1. Metalni qizdirish temperaturasi. Qizdirish ma‟lum temperaturalargacha metal plastikligini 5-10 barobar oshirishga, 10-20 barobar deformatsiyalanish kuchini kamaytirishga imkon beradi.
2. Metalning ximiyaviy tarkibi. Shunday qilib Po„lat tarkibida uglerod va legirlovchi elementlar (volfram, molibden, titan va boshqalar) miqdorini ortishi plastiklikni kamayishiga va deformatsiyaga qarshilikni ortishiga olib keladi. Ayniqsa, plastiklikka fosfor va oltingugurt zararli ta‟sir ko„rsatadi, metalning sovuqdan sinuvchanlik va issiqdan sinuvchanlik hodisasini keltirib chiqaradi. 3. Metalni deformatsiyalanish darajasi. Deformatsiyalanish darajasi ortishi bilan metalning plastikligi kamayadi, deformatsiyaga qarshilik ortadi. (Sovuqlayin metalga ishlov berishda metal nakleplanadi, issiqlayin ishlov berishda – deformatsiya jarayonida soviydi).
4. Metalning deformatsiyalanish sxemasi. Cho„zuvchi kuchlanishlar sxemasidan siquvchi kuchlanishlar sxemasiga o„tishda plastiklik ortadi, lekin bir vaqtning o„zida deformatsiyalanishga qarshilik ham ortadi.
5. Deformatsiya tezligi. Sovuqlayin deformatsiyalashda deformatsiya tezligini oshirish hisobiga metalni qizishi sodir bo„lib, bu plastiklikni ortishiga va deformatsiyalash kuchini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Chunki plastiklik deformatsiyalashda sarflanadigan energiyaning 90% i issiqlikka aylanadi. Issiqlayin deformatsiyalashda naklep jarayonlaridan rekristallanish jarayonlarini orqada qolishi evaziga plastiklik kamayib, deformatsiyalash kuchini ortishi kuzatiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. E.A. Tursunova, A.A. Mukolyans O’quv qullanma. ToshDTU.; 2014.

  2. A.A. Karimov, A.A. Shokirov, A.A. Mukolyans , nasoslar va kompressorlar” O’quv qullanma. NOSHIR.; T. 2013.

  3. A.A. SHokirov, A.A. Karimov. “Ixcham gidravlika” O’quv qullanma.

T.; 2010.

  1. Q.SH. Latipov. gidromashinalar va gidropnevmoyurit-gichlar”. Darslik. T.;1994.

  2. Q.SH. Latipov. . Darslik. - T., 1992.

  3. A.YU. Umarov.. Darslik. «O’zbekiston». T.; 2002.

Download 34,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish