METALLARGA ISHLOV BERISH BO’YICHA MILLIY XALQ HUNARMANDCHILIGI SOHALARI
Metallardan buyumlar yasash va tayyorlash hayot taraqqiyoti tufayli qadimda rivojlanib temirchilik bo’yicha hunarmandchilikka aylangan. Dastlab qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishini tashkil qilish uchun yerga ishlov berish qurollarini tayyorlaydigan hunarmandlar yetishdi. Harbiy urushlarda qo’llanadigan qurollarni yasash zaruriyati unga ta’luqli hunarmandlarni yetishtirib chiqishga sabab bo’ldi.
CHILANGARLIK. Markaziy Osiyoda temirchilik qadimdayoq kasb sifatida shakllangan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, turli rangli metallarga ishlov berilishi hunarmandlar mehnatining bo’linishiga olib keldi. Ya’ni, ayrim temirchilar mehnat qurollarini yasagan bo’lishsa, boshqalari nafis uy buyumlariga sayqal berishgan.
Qadimda chilangarlar mayda metall buyum (ustara, kaychi, gazan, bigiz, arra, iskana kabi)larni yasashgan. Ushbu buyumlar dastlab hunarmandchilik usulida ishlab chiqarilgan. Bu hunar yegalari, asosan, o’choq, dam, bosqon, bolg’a, ombur va boshqa asboblardan foydalanardi. Ular sartaroshlik, yetikdo’zlik, mahsido’zlik, duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ham ish kurollari yasab berishardi.
Degrezlik. Omoch tishi, ketmon, belkurak, obdasta yasashlar shuningdek, qozon quyish ishi kabilar bilan shug’ullanish jarayoni. Bu ishlar degrez (bosh usta; do’konda texnologik jarayonni boshqa- ruvchi; xomashyoni tayyorlovchi va tayyor mahsulotni sotuvchi), xalpa (yordamchi usta), damgar (cho’yanni yeritish vaqtida damni bosib unga shamol haydab beruvchi ishchi), quyuvchi (erigan cho’yanlarni maxsus qoliplarga ketma-ket quyuvchi usta) tomonidan bajarilgan.
Taqachilik. Ot, xachir va eshakning oyog’iga qoqiladigan taqani yasash bilan shug’ullanuvchi kishilarning kasb-kori.
Kandakorlar. Miskar, rixtagar ustalar tomonidan tayyorlangaifl ro’zg’or buyumlari, qurollar va boshqa metall buyumlami o’ymJ naqshlar bilan bezatib, osoriatiqaga aylantirganlar.
Miskarlik. Miskarlik atamasi mis idishlarni yasash kasbi ma’nosida, naqqosh miskarlik termini yesa mis idishlarni bezash kasbl ma’nolarida qoilangan. Naqqosh miskarlar mis idishlarni ikki: o’yma va so’qma usulda naqshlaganlar. Mis idishlarga o’yilgan va so’qilgail badiiy naqshlar kompozisiyasining ba’zan g’oyat murakkabligi va ko’rinishining go’zalligi bilan ajralib turgan.
KANDAKORLIK - Kandakorlik deb, metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rtiq qilib naqsh ishlash san’atiga aytiladi
KANDAKORLIK ASBOBLARI
KANDAKORLIK
Nosqovoq Boysun XX asr boshlari
Isiriqdon
RIXTAGARLIK (fors-tojikcha) bo’lib, (quymoq) ma’nosini beradi. Rangli metall (asosan mis, bronza, qalay)dan turli buyumlar quyish kasbi. Hunarmandchilikning eng qadimgi turlaridan. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda bronzadan qurollar, uy jihozlari, san’at va ilmiy marosimlarga oid buyumlar quyilganligi ma’lum. O’zbekiston hududidan miloddan avvalgi 3-ming yillikka oid bronza bolta quyiladigan tosh qolip topilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid «Sigir sog’ayotgan ayol» qadimgi san’at asari sifatida ham qimmatlidir. XIII—XIV asrlarda Vizantiya, Venesiya, Genuya, Florensiya o’zining buyumlari bilan shuhrat qozondi. XIV—XV asrlarda rus davlatida bronza va cho’yandan zambaraklar, qo’nqiroqlar (Uralda) usulida quyilgan. Pyotr I davrida Uralda metall quyish zavodlari qurildi.
METALLARGA ISHLOV BERISH BO’YICHA TAYYORLANGAN BUYUMLAR VA MAHSULOTLAR
Zargarlik buyumlari. Bezaklar ayollar libosining ko’p egallaydi. Bosh, bo’yin, peshona, ko’krak, bel, burun, qupoq, chakka va boshqa taqinchoqlarning butun bir kompleksini ishg’ol yetadi. Bularning hammasi kelin-kuyovlar libosini to’ldirib, xonadonda to’y, bayram va boshqalarda taqiladi. Ba’zi bir zeb-ziynatlar bir umr taqib yuriladi. 3argarlik buyumlari turli-tuman bo’lib, ular o’ziga xos nomlanadi. Peshonaga taqiladiganlari tillaqosh, boliabro’, bargak zirak, boshga taqdo’zi, sanchoq, oltin tumor, ko’krak bezagiga murtak, zebigardon, tumorcha, soch bezaklari, sochpopuk, zulfi tilla, osma bezak, gajak, butun tirnoq, yarim tirnoq, qo’sh duo, burun bezagi, arabak, yuz bezagi xolbinni, bo’yin bezagi bo’yintumor, bozband, bel bezagi kamar, qo’l bezagi bilaguzuk, barmoq bezaklari uzuk va boshqalar bor. Turfa soch bezaklari qizlar kiyim boshida muhim o’rin tutgan. Shularga sochpopuk, yumaloq tuf va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |