Raqobat ustunliklaridan foydalanish
Rangli metallarning katta zaxiralari bir qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun raqobatdosh ustunliklarni yaratadi, bu esa mamlakatning intensiv texnologik rivojlanishiga turtki beradi.
“Yashil iqtisodiyot”ga ekologik toza energiya manbalari va mahsulotlarga o‘tish davrida rangli metallar, jumladan, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab jadal o‘sib bormoqda.
Bugungi kunda jahon bo‘yicha mis ishlab chiqarish unga bo‘lgan talabning o‘sishiga yeta olmayapti.
Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2030-yilga borib misga bo‘lgan talab 45 foizga o‘sib, yiliga 38 ming tonnaga yetadi, bu esa elektromobillarga bo‘lgan talabning ortishi va “yashil” tarmoq uchun infratuzilmaning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda, ishlab chiqarish hajmi talabdan past darajada qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |