Aim.uz
Metallar korroziyasi
Metallar va ular qotishmalarining tashqi muhit ta’sirida o’z-o’zidan emirilishi korroziya deb ataladi. Korroziyani ikki qismga bo’lish mumkin: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya.
Kimyoviy korroziya metallar va ular qotishmalarining sirtqi qavati havodagi turli gazlar(kislorod, vodorod sulfid, sulfit angidrid, azot oksidlari va boshqalar) ta’sirida emirilishi tushuniladi. Bu jarayonda metallarning agressiv muhit ta’sirida oksidlari, sulfidlari va boshqa birikmalari hosil bo’lishi kuzatiladi.
Korroziya tufayli kumush o’zini yaltiroqligini yo’qotadi, temir zanglaydi, rux,qalay,zanglamaydigan po’lat xitalanib qoladi. Lekin metallarning aktivlik qatorida eng oxirida joylashgan oltin va platina atmosfera ta’siridan korroziyaga uchramaydi.
Namlik va havo kislorodi ta’sirida elektrokimyoviy korroziyasi yuzaga keladi. Ba’zi metallar o’z sirtida oksid pardasi hosil qilish xossasiga ega, shuning uchun alyuminiy , rux, xrom, berilliy, nikel, magniy kabi metallar korroziyaga chidamlidir.
Temir va uning qotishmalari korroziaga chidamsiz hisoblanadi. Korroziya jarayonoda oksidlovchi kislorod bo’lgani uchun quyidagi jarayon sodir bo’ladi:
2Fe+O2+2H2O= 2Fe(OH)2
Temir(II) gidroksid havo kislorodi va namlik ta’sirida yana oksidlanib Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(OH)2+2H2O+O2=4Fe(OH)3
Agar bu jarayon agressiv muhit ( CO2, SO2, NO2) ishtirokida amalga oshsa korroziya yanada tezlashadi.
Agar ikkita metal bir-biriga ulangan holatda korroziyaga uchratilsa, bu metallarning eng faoli birinchi navbatda korroziyaga uchrashi aniqlangan:
Zn+2HCl=ZnCl2+H2
Ruxning kislotada erishi kuzatiladi. Shu jarayon rux metali bilan tutashtirilgan mis ishtirokida amalga oshirilsa, rux metalining korroziyalanishi yanada kuchayadi. Bu erda elektrokimyoviy korroziyalanish yuzaga kelib, bir metal musbat, ikkinchisi manfiy zaryadlanib qoladi.
Korroziyaga qarshi kurash. Metallar sirtini himoya qatlamlari bilan qoplanadi. Metallar sirtiga lak, bo’yoq, emal bilan qoplanadi. Metallarning sirtiga havo va boshqa agressiv muhitni ta’siri kamayib korroziya sekinlashadi.
Metallarning yuzasi boshqa metallar bilan(Ni,Cr,Zn, Cd,Sn,Cu,Ag,Au va boshqalar) qoplanadi. Metallarning yupqa pardasi ichkaridagi metallni keyingi oksidlanishdan saqlaydi.
Metallardan yasaladigan mashina va mexanizmlar metallning o’zidan emas, balki korroziyaga chidamli qotishmalardan yasaladi. Bunday qotishmalar juda ko’p. Ruxlangan, qalaylangan, xromlangan qotishmalar korroziyaga chidamli va xossalari toza metallardan ustun turadi.
Metallarni korroziyadan saqlash uchun elektrokimyoviy himoya usullaridan foydalaniladi. Metall buyumlarga faolligi yuqori bo’lgan boshqa metalldan tutgich (zaklyopka) ulab qo’yiladi. Bunda agar faol metal emirilib tugamaguncha asosiy metall korroziyaga uchramaydi. Dengizdagi kemalar, er osti quvurlari, gaz o’tadigan quvurlar korroziyasini sekinlashtirish uchun protektor himoya ishlatiladi. Bunday sharoitda ko’pincha po’lat quvurlarni himoyalsh uchun aktiv metal(masalan, rux) ishlatiladi. Protektor sifatida magniy, rux, alyuminiy qotishmalari ham qo’llanilsa yaxshi natijalar olingan. Protektor emirilib bo’lsa unga yangisi ulab qo’yiladi. Kemalarni korroziyalanishdan saqlash uchun ular mis bilan qoplanadi. Misli qoplamaga protektor(Zn, Fe, Mg) ulab qoyilsa kema korpusini korroziyalanishi sekinlashadi.
Metallar saqlanadigan muhitga korroziyani sekinlashtiruvchi moddalar –ingibitorlar qo’shib qouiladi. Ingibitorlar organik moddalar, nitrit, xromat, silikat, fosfat kislota tuzlarining samaradorligi yuqoriligi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |