2. Uglerod, fosfor va oltingugurt likvatsiyasini (notekis joylashini) aniqlash.
Bu makrotuzilishni yoritish uchun, Geyne reaktivi (10-12%) mis ammoniy tuzning Hcl kislotadagi suv eritmasidan foydalaniladi. Vanna reaktiv bilan 2-3mm chuqurligida to`ldiriladi. Namunaning ishqalangan yuzasi spirt bilan artiladi va reaktivga botiriladi. Keyin namunani tez vannadan olib, namlangan yuzasi tekshiriladi. Agar yuzasida havo puffakchalari bo`lsa, namunani bir necha marta reaktivga botirib, ularni yo`q qilish kerak. Bundan keyin namuna reaktivda 2 daqiqa davomida botirib turiladi. So`ngra hosil bo`lgan mis qatlamlar oqib turgan suvda latta bilan yuviladi. Toza yuza filtr qog’oz bilan qoplanadi va namuna quritiladi. Natijada, namunaning yuqori fosfor, uglerod va oltingugurtga ega bo`lgan (likvatsion qismlari) qoraroq bo`lib ko`rinadi. Likvatsion qismlarning shakliga qarab, detal qanday usul bilan yasalgani aniqlanadi (2.3 - rasm).
2.3-rasm. Tarkibida uglerod, fosfor, oltingugurt bo’lgan likvatsion qismlar.
a - bosim bilan yasalgan detalniki; b - keskich bilan yasalgan detalniki
3. Bauman usuli bilan oltingugurtning likvatsiyasini tekshirish.
Po`lat tarkibida oltingugurt zararli aralashmadir va uning miqdori GOST tomonidan keskin cheklanadi.
H2SO4 bilan belgilangan vannaga 5% H2SO4 kislotaning suvdagi eritmasini quyib, ichida fotoqog’oz oddiy yorug’likda 5 daqiqa davomida botiriladi (namlanadi). So`ngra fotoqog’oz eritmadan olinib, bir burchagidan ushlab, to eritma oqib tushguncha vannaning ustida tutib turiladi. Fotoqog’ozning yuzasidagi ortiqcha kislota filtr qog’oz yordamida yo`qotiladi. Makroshlifning tayyorlangan (ishqalangan) yuzasi spirt bilan artiladi va fotoqog’ozning emulsiyali tomoni bilan qoplanadi. Qog’ozning ustini rezina valik bilan bosib, namuna va qog’ozning orasidagi havo puffakchalarini yo`qotish kerak bo’ladi. Fotoqog’oz namunaning ustida surilmasligi kerak. Bunday vaziyatda fotoqog’oz 3 daqiqa davomda ushlab turiladi. Shundan so`ng fotoqog’oz ajratib olinadi va oqar suvda yuviladi. Qog’oz yuzasida jigarrang dog’larni hosil bo`lishi oltingugurtning shaklini va qanday joylanishini ko`rsatadi (2.4-rasm). Hosil bo`lgan dog’larni mustahkamlash uchun, fotoqog’oz 5 daqiqa davomida giposulfitning 25% li suvdagi eritmasida tutib turiladi. So`ngra fotoqog’oz oqar suvda yuviladi va quritiladi. Ish tamom bo`lgandan keyin kislota H2SO4 bilan belgilangan shishaga quyiladi, giposulfit esa rakovinaga to`kiladi (ag’dariladi). Vannalarni suv bilan chayqab, komplektni yig’ishtirib stolga qo`yish kerak.
2.4-rasm. Bauman usuli bilan aniqlangan oltingugurtning likvatsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |