Metall va qotishmalarning makrotuzilishini tekshirish (Makrotekshirish) Ishdan maqsad



Download 93,5 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi93,5 Kb.
#782743
  1   2
Bog'liq
1.лаб.иши.давоми


Metall va qotishmalarning makrotuzilishini tekshirish
(Makrotekshirish)
Ishdan maqsad: makrotekshirish usullari bilan tanishish, metall va qotishmalar yuzasidagi xarakterli ko‘rinishlarini o‘rganish.
Kerakli asbob va uskunalar: turli xil nuqsonga ega bo‘lgan namunalar, har xil donali najdak qog‘ozlari, lupa, reaktivlar.
Nazariy qism
Bevosita yoki lupa yordamida (30x gacha kattalashtirilgan holatda) metall va qotishmalarning tuzilishini aniqlash makrotekshirish deb ataladi.
Makrotekshirish usullari ikki hil bo`lishi mumkin:
1. Makroshliflarni tekshirish.
2. Singan yuzalarni tekshirish.
Maxsus tayyorlangan (tekislangan, qum qog’ozga ishlov berilgan va kimyoviy birikma bilan ta’sir ettirilgan) namuna makroshlifdir. Makroshlif yordamida tekshirishda buyumlarning:

  • qanday usulda tayyorlanganligini (quyma, payvandlash, bosim ostida);

  • ichki tuzilishdagi nuqsonlarni (bo`shliqlar, g’ovaklar, darzlar, puffakcha o`rinlari, shlak qo`shilmalari, payvandlanmay qolgan joylari);

  • tola yo`nalishlarini, oltingugurt, fosfor, uglerod elementlarining likvatsiyasini (tuzilishning bir jinsli bo`lmasligini);

  • termik ishlashdan keyin sodir bo`lgan kimyoviy likvatsiyasini aniqlash mumkin.


Detalning singan joylarini tekshirib, uning sinish sababi aniqlanadi:
1. Qovushqoq singan yuza tolasimon tuzilishga ega bo`lib, detal materialining yuqori plastikligiga ega ekanligini ko`rsatadi. Bunday sinishlar faqatgina o`ta yuklanish natijasida hosil bo`ladi.
2. Mo`rt singan yuza donasimon tuzilishga ega. Amalda mo`rt sinishda plastik deformatsiya ko‘riladi, demak, tolasimon tuzilish sodir bo`lmaydi. Yirik donali sinish yuzasi quyma yoki o`ta qizdirilgan po`latlarda uchraydi va yaltirab ko`rinadi. Mayda donali sinish yuzasi esa termik ishlangan po`latlarda uchraydi va xira bo`lib ko`rinadi. Mo`rt sinishlar zarba paytida yoki o`ta yuklanish natijasida hosil bo`ladi.
3. Toliqish oqibatida sinish o`zgaruvchan kuch ta’sirida ishlaydigan detallarda hosil bo`ladi. Toliqish oqibatida hosil bo`lgan sinish yuzasi 2.1-rasmda ko`rsatilgan va u quyidagi qismlardan iborat:
1) toliqish darzining tug’ilgan joyi;
2) toliqish oqibatida singan qism;
3) mo`rt singan qism.
Birinchi qism sinish boshlangan joyini bildirib beradi. Odatda, bu qismda metall darz natijasida yaltiroq va maydaroq donalarga ega bo`ladi. Ikkinchi qismda darzning rivojlanishini sinish tug’ilgan joyidan tarqalayotgan to`lqinsimon chiziqlar ko`rsatib beradi. Bu qism ham yaltiroq bo`lib ko`rinadi, chunki darzning ochilish va yopilishi natijasida bu sirtlar bir-biriga ishqalanadi. Uchinchi qismda toliqish darzning rivojlanishi bilan detalning ko`ndalang kesimi kamayadi va ta’sir etuvchi kuchga qarshiligi yetmay qoladi. Natijada, detal mo`rt sinadi.

2.1-rasm. Toliqish oqibatida singan detalning sxemasi
1 - toliqish darzining tug’ilgan joyi; 2 - toliqish oqibatida singan qismi; 3 - mo`rt singan qismi
Toliqish darzlarining hosil bo`lishiga materialdagi bo`shliqlar, darzlar, metall emas birikmalar va kuchlanish to`plangan joylari sabab bo`ladi.
1. Payvandlangan chokdagi nuqsonlarni aniqlash
Payvandlangan choklarning nuqsonlariga payvandlanmay qolgan joylar, bo`shliqlar, darzlar, erigan metall yig’imlari, kesilib ketgan joylar, shlak qo`shilmalari kiradi (2.2- rasm).

2.2-rasm. Payvandlangan detallarning nuqsonlari.
1-payvandlanmay qolgan joylar; 2-kesilib ketgan joylar; 3-bo`shliqlar; 4-erigan metall yig’imlari

Payvandlangan detallarning makrotuzilishini yoritish uchun, persulfat ammoniyning 15% suvdagi eritmasidan foydalaniladi.


Ishni o`tkazish uchun, maxsus tayyorlangan komplekt qo`llaniladi. Vanna persulfat ammoniy eritmasi bilan 2-3mm chuqurligida to`ldiriladi va makroshlif (namuna)ning ishqalangan yuzasi 1 daqiqa davomida eritmaga botiriladi, so`ngra namunaning yuzasi vannani ustida makrotuzilish aniq ko`ringunga qadar latta bilan artiladi. Namuna oqib turgan suv bilan yuviladi va filtr qog’oz bilan quritiladi. Tajribani tamom qilgandan keyin kimyoviy reaktivni vannadan shishaning ichiga quyib, vannani yuvib, komplektni joyiga qo`yiladi.
Namunaning rasmi (eskizi) chiziladi, aniqlangan nuqsonlari ko`rsatiladi.

Download 93,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish