Elatan madaniyati ilk temir davriga oid boMib, u mil.aw.VII-V
asrlarga oiddir, Elatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona
vodiysining deyarli barcha hududlaridan topilgan. Ulardan Elatan
manzilgohida keng koMamli qazish ishlari olib borilgan. Bu manzilgoh
uchburchak shaklda boMib, mudofaa devori bilan o‘ralgan (eni 4m).
Mudofaa devorlarining bir necha joyida va darvoza burchagida buijlar
aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom gMsht va guvaladan foydalanganlar.
Dehqonchilikda asosan bug‘doy, arpa, sholi ekishgan. Chorvachilik ham
taraqqiy qilgan boMib, asosan mayda tuyoqli chorva mollari boqilgan.
Sopol idishlar qoMda va kulolchilik charxida ishlangan. Bu davrdan
temirdan buyumlar yasash keng tarqala boshlagan. To‘qimachilik ham
rivojlangan.
Qadimgi shaharlar tarkib topishi, albatta, aholining o‘troq
dehqonchilik madaniyati bilan bogMiq boMib, dehqonchilik vohalarining
markazlari sifatida shaharlar qad ko‘targan.
Do'stlaringiz bilan baham: |