Chust madaniyati qadimgi Farg'onadagi ilk dehqonchilik madaniyati
yodgorligi hisoblanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi dastlab
chorvachilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa oMroq hayot tarziga
o‘tishgan. Ularning ilk qishlogM 1951 yilda M.E.Voronec tomonidan
Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yonidan
topilgan. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda Chust madaniyati
nomini berganlar, chunki u yodgorlikka yaqin yirik aholi punki Chust
shahri boMgan.
Chust madaniyati so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid boMib, u
mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida
shakllangan. Olimlar olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning rivojlanish
davrini 2 davrga boMib ko‘rsatadilar.
1. So‘nggi bronza davri boMib, mil.avv. II ming yillikning oxiri va
I ming yillikning birinchi choragidan to mil.avv. VIII asrgacha davom
qilgan.
87
2. Ilk temir davri bo‘lib, mil.avv. VIII—VII asrlami o‘z ichiga oladi.
Bugungi kungacha Farg‘ona vodiysidan Chust madaniyatga oid 80
dan ortiq yodgorlik topilgan. Shuningdek, uning izlari Namangan,
Andijon, Samarqand va Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan.
Hozirgacha ularning lOdan ortiq yodgorliklarida arxeologik qazishmalar
o ‘tkazilgan.
Chust madaniyatiga oid yodgorliklar tog‘ oldi soy etaklarida,
ularning o ‘rta oqimida, vohaning tekis tumanlarida uchraydi. Qoradaryo
havzasi va uning irmoqlari bo'ylab esa, Chust madaniyatiga oid
qishloqlar uchraydi.
Chustda M.E.Voronecdan keyin V.I.Sprishevskiy, B.Matboboev,
Yu.A.Zadneprovskiylar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Qazishmalar
Dalvarzintepa, Qoraqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Tergovchi, Yaztepa,
Go‘rmiron, G‘a.yrattepa, Chimboy, Ashkaltepa kabi yodgorliklarda olib
borildi. Ularda madaniy qatlam 1,5—3 metrgacha qalinlikda saqlanib
qolgan, bu ham chust madaniyati axolisining o‘troq hayot kechirganligidan
dalolat beradi.
Chust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela
boshlagan. So‘nggi bronza davri shakllangan yirik qishloqlarida
mudofaa devorlari barpo etiladi. Shaharlar ikki qismdan iborat bo‘lib,
ark va shaxriston ham mudoffa devori bilan o‘ralgan. Mudofaa devori
qoldiqlari Chust qishlog‘ida va Ashkaltepadan topilgan. Chustda xom
g ‘ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5
metrga teng.
Chust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi
qatlamidan doira shaklida qurilgan ko‘plab o‘ralar topilgan. Masalan.
Chust makonida 60 ta, Chimboyda esa 16ta shunday o‘ralar ochilgan.
Bu o ‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to‘g‘risida har xil fikrlar
mavjud. Ba’zilari kulba desa, ba’zilari uni g‘alla o‘ralari deb talqin
qiladi. Akademik A.Asqarov ham uni g‘alla o ‘rasi deb hisoblab,
ularning maydoni kulba uchun juda noqulay ekanligini ta’kidlaydi.
Chust madaniyati oid qabriston hali topilgani yo‘q. Lekin
makonlardagi uylarni qazish vaqtida bir necha tartibsiz qo‘milgan
mozorlar topilgan. Ularda odamlar yoni bilan g'ujanak holatida
qo‘yilgan. Mozorlarda sklet atrofida sopol buyumlar yoki taqinchoqlar
uchramaydi. Faqat Chust makonida bir mozordagina skelet bosh suyagi
yonidan bitta gulli sopol kosa topilgan. Ba’zi yodgorliklarda yosh
bolalar sopol idishlarga solib ko‘milgan. Lekin chust madaniyati
yodgorliklarida dafn marosimi bilan bogMiq boMgan aniq bir tartib
kuzatilmaydi. Chunki ba’zi hollarda odam suyaklari xo‘jalik o‘ralarida
va ko‘p xollarda esa, bir chuqurchada o ‘ntalab odam boshi suyaklari
topilgan. Bu masala hozirgacha o‘z echimini topgan emas.
Chust madaniyatida metall hunarmandchilikgi yaxshi rivojlangan.
Masalan, Chust makonidan 80dan ortiq, Dalvarzintepadan 60dan ortiq
metall predmetlar topilgan. Shuningdek, u erlardan tosh qoliplar ham
topilgan bo‘lib, ularda oyna, o‘roq, pichoq va bigizlar quyilgan. Chust
madaniyati yodgorliklarining yuqori qatlamidan bronza buyumlar bilan
birga temirdan ishlangan pichoq ham topilgan. Yodgorliklarda temir
shlaklari ko‘plab uchraydi.
Chust madaniyati yodgorliklarida tosh va suyakdan yasalgan mehnat
qurollari topilgan. Masalan, Dalvarzintepadan 1500 ga yaqin tosh
qurollari topilgan. Ular orasida qum-toshdan yasalgan o ‘roqsimon
pichoqlar alohida diqqatga sazovordir. Ulaming 400ga yaqini topilgan.
Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ishlangan.
Urchuq toshlari, moki va suyak taroqlaming topilishi aholining
to‘qimachilik bilan ham shug‘ullanganligidan darak beradi. Suyakdan
yasalgan buyumlar orasida qo‘y va echki oshiqlari nihoyatda ko‘p.
Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chuqurchalarga bronza quyilgan.
Oshiqlaming deyarli ko‘pchiligi juda silliq, ustki qismi to‘q qizil tusda
va ularga pardoz berilganligini tufayli tovlanib turibdi. Tadqiqotchilar
fikricha, bular bilan chust aholisi qimor o‘yinini o‘ynagan.
Chust aholisi kulolchilik idishlarini qoMda yasaganlar, ular hali
charxni bilishmagan. Ulaming xo‘jaligining asosini sun’iy sug'orishga
asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan. Dehqonlar bug‘doy, tariq, arpa
ekkanlar. Ikkinchi o'rinda xonaki chorvachilik turgan. Xo‘jalikda ot,
qoramol boqqanlar. Dehqonlar g‘allalarini o'ralarda saqlaganlar. Har bir
o‘rada 200 kgdan to 2 tonnagacha g‘alla saqlash mumkin boMgan. Emi
haydashda va ekinlami yanchishda hayvon kuchidan foydalanishgan.
Bu haqda Qirg‘iziston hududida joylashgan Soymalitosh qoya toshlari
darak beradi. Uning suratlari Chust madaniyatiga oid bo‘lib, unda
qo‘shga qo‘shilgan ho‘qizlaming tasviri bor.
Chust madaniyatiga oid sopol parchalari Samarqand hududida
joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan, janubiy Sug‘diyonaning
bosh shahri boMgan Erqo‘rg‘on shahri harobasining pastki
qatlamidan, Shahrisabz hududida joylashgan ilk oMta asrlar davriga oid
boMgan To‘rtkultepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadimgi
Baqtriya hududidagi Kuchuktepa. Bo‘yrachi, Qizilcha, Maydatepa kabi
yodgorliklardan topilgan. Lekin Chust madaniyati qadimgi Baqtriyada
89
keng rivojlana olmadi, chunki bu erda sharq civilizaciyasi ta’sirida
rivojlangan dehqonchilik madaniyati ulami o‘ziga singdirib yubordi.
Shuningdek, bu erdagi Chust madaniyati izlari Farg‘ona va Sug‘diyonadagi
madaniyatdan tubdan farq qilar edi. Bu erdagilar kulbalarda
iste’komat qilib, kulolchilik charxini o ‘zlashtirgan.
Chust madaniyati mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming
yillikning birinchi choragida Farg‘ona vodiysida qadimgi dehqonchilik
madaniyati tarkib topganligini ko‘rsatadi. Bu madaniyat aholisi 0 ‘rta
Osiyoning tub erli axolisi bo‘lib, ular jismoniy tuzilishi va antropologik
tip jihatdan Evropa tipiga mansub boMgan.
Chust madaniyatidan so‘ng qadimgi Farg‘onada ulaming vorislari
sifatida Elatan madaniyati shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |