2-ilova
1-test. SIZ O‘ZINGIZNI BILASIZMI.
Olimlar shuni aniqlashdiki, agar inson miyasining o‘ng tomonidagi yarim pallasi boshqaruvchi bo‘lsa, u holda insonda emotsional doira ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar chap tomonidagi yarim pallasi boshqaruvchi bo‘lsa, u holda insonda analitik aql xususiyati emotsionaldan ustun turadi. Taklif qilinayotgan test boshqaruvchi yarim pallani aniqlashga imkon beradi. Bu tug‘ma belgi bo‘lib umr ohirigacha o‘zgarmaydi.
1-savol. Qo‘l barmoqlarini chatishtiring va siz shuni ko‘rasizki, doim bitta va o‘sha barmoq tepada bo‘ladi, agar chap bo‘lsa – siz emotsional insonsiz, o‘ng bo‘lsa – sizda analitik aql xususiyati ortiqroq.
2-savol. “Mo‘ljalga olishga” harakat qiling, o‘zingizga nishonni tanlab – qalam yoki ruchka yordamida unga qarang. Boshqaruvchi o‘ng ko‘z – qat’iy, tirishqoq, ancha tajovuzkor xarakter haqida, chap – yumshoq va ko‘ngilchanligi haqida ma’lumot beradi.
3-savol. Agar qo‘llarni ko‘krak ustida chatishtirganda tepada chap qo‘l joylashsa, siz tannozlikka mossiz, o‘ng – soddalikka va soddadillikka moyilsiz.
4-savol. Agar o‘ng qo‘l bilan urmoq qulay bo‘lsa, jur’atli xarakter haqida, chap – siz tez-tez qaror qabul qilishga ikkilanasiz.
O‘O‘O‘O‘–mutaassiblik, hamma qabul qilgan mulohazaga orientir olish sizga xos. Siz nizolarni, bahslashishni va janjallashishni yoqtirmaysiz.
O‘O‘O‘CH – sizning xarakteringizni aniqlash chiziqi–jur’atsizlik.
O‘O‘ChO‘ – sizga tannozlik, qat’iyatlik, san’atkorlik hazil-mutoyibalik xos. Siz bilan suhbatlashish davomida hazil-mutoyiba va jur’atlik muhim. Juda muomilali xarakter turi. Ayollarda bu tur tez-tez uchrab turadi.
O‘O‘ChCh – noyob xarakter turi. Yumshoq. Jur’atsizlik va xarakter qat’iyligi bilan ziddiyatliklar kuzatiladi.
O‘ChO‘O‘ – xarakterning turi, aqlning analitik yo‘nalishdagisi bilan yumshoqlikning qo‘shilmasi. Ko’proq ayollarda uchraydi – tadbirkor ayol turi. Sekin o‘rganish, ehtiyotkorlik, munosabatlarda chidab turishlik va sovuqqonlik.
O‘ChO‘Ch – eng kuchsiz va eng kam uchraydigan xarakter turi. Bu xarakterning egalari himoyasiz, har xil ta’sirlarga moyil. Ayollarda uchraydi.
ChO‘O‘O‘ – bunday birikma juda tez uchraydi. Asosiy belgisi – ta’sirchanlik, yetarli bo‘lmagan sabot.
ChO‘O‘Ch – yumshoqlik, soddalik siz uchun xos. O‘zingizga nisbatan alohida munosabat talab qilasiz – kichkina qirolichaning turi.
ChChO‘O‘ – sizga samimiylik va soddalik munosib, manfaatlarning tarqoqligi, o‘z-o‘zini analiz qilishga layoqatliylik.
ChChO‘CH – sizning xarateringizga soddadillik, yumshoqlik, ishonuvchanlik bor. Xarakterning bu juda noyob turi erkaklarda uchramaydi.
ChChChO‘ – siz emotsional, g‘ayratli va jur’atli inson, lekin tez-tez shoshib-pishib yaxshi oqibatlarga olib kelmaydigan qarorlar qabul qilasiz. Sizga qo‘shimcha to‘xtatish vositalari zarur. Bu xarakterdagi erkaklar emotsional emaslar.
ChChChCh – sizda antikonservativ xarakter turi. Eski buyumga yangicha boqishga qodir bo‘lgan. Ba’zan emotsionallik, egoistlik, o‘jarlik fazilatlari bilan.
ChO‘ChO‘ – xarakterning eng kuchli turi. Sizni biror narsaga ishontirish qiyin. Siz o‘zingizni nuqtai nazaringizni almashtirishingiz judayam qiyin. Lekin shu bilan birga siz o‘z maqsadingza olg‘a qadamlar bo‘sib, qattiyatlik bilan erishasiz.
ChO‘ChCh – siz o‘z oldingizga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qattiy harakat qilasiz. Bunday xarakter egalari o‘z bilganidan qolmaydiganlardir, ularning fikrini o‘zgartitish juda qiyin. Ular o‘z-o‘zini analiz qilishga moyil, yangi do‘stlarni topish ular uchun juda qiyin.
O‘ChChO‘ – siz yengil xarakter egasisiz. Siz janjallardan yengillik bilan chiqib ketasiz, sayohatda bo‘lishni yoqtirasiz. Do‘stlarni oson topasiz. Ammo siz tez-tez o‘zingizning qiziqishlaringizni almashtirasiz.
O‘ChChCh – siz doimiy emassiz va mustaqillikni yoqtirasiz, hamma narsani o‘zingiz qilishni xohlaysiz, qaror qabul qilish, tahlil qilishingiz qiyin vazifalarni oson yechishga yordam beradi. Siz odatda yumshoq ko‘rinasiz, lekin ish bo‘lgan joyda talabchan va hatto shafqatsiz bo‘lib qolasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |