0-laboratoriya ishi
Dreamweaver MX muharriri yordamida sayt yaratish
Ishning maqsadi: muharrirdan foydalangan holda HTML sahifalarini hamda saytning tuzilishini yaratish. Muharrir yordamida HTML sahifalarini jadval dizaynida loyihasini tuzish, shablonlar yaratishni o‘rganish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
Topshiriqlarni bajarish uchun hamma kerakli fayllar D:\Study\Interbet\lab8 papkasida joylashgan.
I qism
1. Macromedia Dreamweaver MX dasturini ishga tushiring (Start/Programms/Macromedia/Macromedia Dreamweaver MX).
2. Dasturdan interfeysning asosiy elementlarini o‘rganing.
3. Navbatma-navbat har xil idora usullaridan foydalaning: (Code , Code and Design , Design ).
4. Bo‘sh sahifaning HTML-kodini o‘rganing.
5. teglar oralariga «Untitled document» o‘rniga «Mening sahifam» deb yozing. Natijada: Mening sahifam bo‘lishi kerak (dasturda kirill harflari noto‘g‘ri tasvirlangan bo‘lsa, dasturni sozlang).
6. F5 tugmasini bosing dasturdagi o‘zgarishlarni oynada ko‘rish uchun (oynaning sarlavha qismida «Mening sahifam» yozuvi paydo bo‘lishi kerak).
7. Brauzerda sizning sahifangiz qanday ko‘rinishini ko‘rish uchun, F12 tugmasini bosing.
8. «Dizayn» oynasida she’rni yozib chiqing. Muallifning familiyasini teglari bilan o‘rang. Misol uchun shunday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak:
9. ochish tegida atribut direction=“left” qo‘ying. Natijada quyidagilar bo’ladi:
10. Atributlar bilan tajribalar o‘tkazing:
direction=«up».
direction=«down».
behavior=«alternate».
behavior=«slide».
11. Menyuning punktida Help – reference tanlang.
12. Book ochiladigan ro‘yxatda “O‘Reilly HTMLReferences”ni, Tag ro‘yxatidan MARQUEE, qo‘shni ro‘yxatdan behavior atributini tanlang.
II qism
1. Jadvalni (2 ta satr, 1 ta ustun) quyidagi parametrlar yordamida yarating. Kengligi (width) 770 piksel, cellpadding=0, cellspacing=3, ramka (border) nolga teng.
2. Jadvalni belgilang (oynaning pastki qismida tegining ustiga sichqonchani bosib ajrating) va xususiyatlar paneli yordamida to‘g‘rilash (align), sahifani markaz bo‘yicha (center) tekislang.
3. Jadvalning birinchi katagiga yangi jadval (1 ta satr, 2 ta ustunning) parametrlarini (width=100% border=1) qo‘ying, qolgan hamma parametrlarini esa o‘zgartirishsiz qoldiring. Keyin yangi jadval uchun xususiyatlar panelida parametr BrdrColor=#CCCCCC tikka qilib qo‘ying.
4. Qo‘yilgan jadvalning birinchi katagiga tasvirni qo‘ying. Katak uchun quyidagi parametrlarni bering: bgColor=#C0E6FE, Brdr=#C0E6FE.
5. Qo‘yilgan jadvalning ikkinchi katagiga “internet texnologiyalar bo‘yicha laboratoriya ishi” deb yozing. Katak uchun parametrlar bering: bgColor=#C0E6FE BrdrColor=#C0E6FE. Bu yozuvni gorizontal yo’nalish bo‘yicha tekislang.
6. Birinchi jadvalning ikkinchi qatoriga yangi jadvalni (1ta satr, 5ta ustunlar) qo’ying, uning parametrlariga (width=100%, border=1) qo‘ying, qolgan hamma parametrlarini esa o‘zgarishsiz qoldiring.
7. Qo‘yilgan jadvalning kataklariga asosiy navigatsiya punktlarining nomlarini yozing (jami 5ta punkt): “Tartib haqida ma’lumotlar”, “Laboratoriya ishlari”, “Reyting”, “Qo‘shimcha topshiriq”, “Muallif haqida”.
8. Yangi jadvalning hamma kataklarini ajrating va ular uchun parametrlar ko‘rsating: W=20% (demak, bizning vaziyatda 5-katakning), BgColor=#0000CC.
9. Birinchi jadvalning pastida ikkinchi jadvalni (1ta satr, 2ta ustun) parametrlar yordamida (width=770 pikseley, CellPadding=5, Cellspacing=0, border=1) yarating.
10. Yangi jadvalning birinchi katagiga nazariya punktlarini yozing:
Internet Tarix
Protokollar
Web-sahifa, Web-sayt, Web-server
Texnologiya “klient-server”
11. Birinchi katak uchun kengligini (width=200 px) bering. Katakda ochiladigan ro‘yxat yordamida to‘grilashni o‘rnating: Vert: Top (vert: ust bo‘yicha).
12. Ikkinchi jadvalning ikkinchi katagiga teor.doc faylidan axborotni qo‘ying.
13. Bizning sahifaning umumiy strukturasi tayyor, endi uni rasmiylashtirishni (dizayni) boshlash mumkin.
14. Endi sizga saytning asosiy menyu “tugmalari” uchun rang tanlab olish kerak. “Tugmalar” jadvalning katagidir.
15. Sahifaning qolgan elementlari uchun rangni mustaqil tanlang. Unutmang, sahifaning asosiy matni yaxshi o‘qilishi kerak, menyu navigatsiyasi ko‘ziga tashlanishi kerak.
16. Berilgan sahifani main.htm nom ostida saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |