Denwerning konfiguratsiya fayllari
Bunday fayllar bir nechta va ularni kompleks komponentlari yordamida topish mumkin bo‘lgan joylarda joylashgan. Ba’zi fayllar mavjud emas – ularni o‘zgarishlar kiritishdan oldin yaratish muhim.
bosh konfiguratsiya fayl: /etc/CONFIGURATION.txt.
Apachie httpd.conf konfiguratsiyasi: /usr/local/apachie/conf/ httpd.conf.
saytlarni local sozlash bilan .htaccess fayllari: saytlarga tegishli hujjatlarning direktoriyalarida.
PHP php.ini konfiguratsiyasi: /usr/local/php/php.ini.
PHP5 php.ini konfiguratsiyasi: /usr/local/php5/php.ini.
• hosts fayli – IP-adreslarga sayt nomlarining mosligi:
– Windows 95/98/ME uchun: C:\Windows\hosts.
– Windows NT/2000/XP uchun: C:\Windows\system32\drivers\etc \hosts.
Muhim! O‘zgarishlar kuchga kirishi uchun, serverni boshdan ishga tushirish kerak.
Buning uchun Windowsning bosh menyusidan: Start•Programs•Apachie HTTP Server•Control Apachie Server•Restartni tanlang.
Agar siz hammasini to‘g‘ri qilgan bo‘lsangiz, u holda server muvaffaqiyatli yangillanadi. Xatolar paydo bo‘lganda sintaksisni tekshiring, bosh katalog to‘g‘ri ko‘rsatilganligiga amin bo‘ling. Balki uni diskda dastlab yaratishni unutgandirsiz.
Endi serveringiz ishga tayyor.
Dreamweaverda dinamik saytining ro‘yxatga olinishi
Web saytlar bilan ishlash davomida bir necha ming alohida fayllar ishlatiladi, ular: web-sahifalar, rasmlar, pog‘onali jadvallar usullari, multimedia-elementlari va hokazo. Bu fayllar HTML yordamida birlashadi. Afsuski, hatto arzimas xatolar foydalanuvchi uchun tushunarsiz axborotlarni keltirib chiqaradi yoki saytning ba’zi bo‘limlarga kirish yo‘lini berkitadi. Dreamweaver saytini boshqarish uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyalardan ishlab chiqarish vaqtida va tarmoqda joylashtirishdan keyin ham foydalansa bo‘ladi. Ammo bu imkoniyatlar kuchga kirishi, saytni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun u joylashgan joydagi diskda bosh katalogni ko‘rsatish kerak.
Saytni ro‘yxatga olishning bir nechta afzalliklari mavjud. U ishlamaydigan ssilkalarning paydo bo‘lishini ogohlantirishga, saytlardagi biron-bir fayl ko‘chirilgan yoki boshqa nom berilgan hamma fayllarni avtomat tarzda yangilanishiga yordam beradi. Site Manager paneli (sayt boshqarish) Find and Replace (topish va almashtirish) kabi saytlar bilan unumdorlikni oshirishga olib keluvchi turli hil operatsiyalar o‘tkazishga imkon beradi. Site Manager panelining afzalliklari shundaki, u fayllarni serverga yuklash uchun o‘rnatilgan vositalarga ega (FTP ham ular soniga kiradi), bu fayllarni tarmoqda xohlagan paytda sichqonni bosish yordamida joylashtirish imkonini beradi. Fayllarning so‘nggi versiyalari kerakli joylarda joylashtirilganligiga amin bo‘lish uchun lokal va o‘chirilgan fayllarni sinxronizatsiyalash imkoni mavjud (diskda va oraliq serverda [staging server] joylashtirilgan).
Dinamik saytning ro‘yhatga olinishi bir nechta etaplardan iborat:
1. Diskda yangi papkani yarating va uni dw_site deb nomlang. Unda saytning lokal versiyasi saqlanadi.
2. Dreamweaverni oching.
3. Site (Sayt) menyusida Manage Site (sayt boshqarish) komandasini bajaring va New (yaratish) tugmasini bosing.
Ro‘yhatga olish Site Definition (saytni aniqlash) dialog oynada bajariladi. Agarda dialog oynasi 10-rasmda ko‘rsatilgani kabi ko‘rinishga ega bo‘lmasa, u holda ro‘yhatga olishning kengaytirilgan rejimi tanlangan bo‘ladi. Oddiy rejimni aktivlashtirish uchun, Basic ilovasiga bosish kerak.
10-rasm. Site Definition dialog oynasi
4. Ekrandagi yolg‘iz tekst maydoniga sayt nomini kirgizing va Nextni (keyingisi) bosing (10-rasm).
5. Site Definition for… dialog oynasida (…uchun saytni aniqlash) Advanced (qo‘shimcha) ilovasiga bosing. Keyin toifalar ro‘yxatida oynaning chap tomonida Remote Info (o‘chirilgan axborot)ni tanlang. Ochiladigan Access (kirish yo‘l) ro‘yxatida, pastroq ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga muvofiq, kerakli optsiyani tanlang va paydo bo‘lgan maydonlarga tegishli axborotni kiriting.
Apachie local versiyasidan foydalanganda ochiladigan Access (kirish yo‘l) ro‘yhatida Local/Network (lokal tarmoq) punktini tanlang. Remote Folder maydonidan o‘ng tomonda joylashgan papka belgisini bosing va Z:\home\saytingiz\www ga o‘ting.
6. Toifalar ro‘yxatida dialog oynasining chap qismidagi Testing Server (testlash serveri) toifasidan foydalaning. Server Model (server modeli) menyusida PHP MySQLni tanlang. Ochiladigan Access (kirish) ro‘yxatida va pastroq joylashtirilgan maydonlarda avvalgi qadamda ko‘rsatilgan axborotni kiriting.
Sayt uchun uzoqdagi sayt (Remote site) va testlash server (Testing server) mohiyati bir hil. Farqi shundaki, uzoqdagi sayt Dreamweaverga fayllarni kerakli papkalarda saqlab qolishga, testlash serveri esa server bilan qayta ishlangan fayllarni tekshirishga imkon beradi, shu bilan birga ularning ish sozligini tasdiqlaydi.
7. Testing Server (testlash server) ilovasining pastki qismida joylashgan URL Prefix (prefiks URL) maydonida URL-saytining adresi kiritiladi.
Windows yoki Macintosh uchun Apachie local versiyasini ishlatgan holda http://saytingiz/ kiritish kerak.
Uzoqdagi server tarmoq yoki FTP-protokol orqali ishlatilsa, sayt administratoridan olingan server adresini kiritish kerak. Odatda u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: http://www.bigcompany.com/newland/.
URL-adres http:// prefiksi bilan boshlanishi kerak va disklarni ko‘rsatuvchi (misol uchun, h:\) harflardan iborat bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari diqqatingizni URL-adreslarida teskari emas (\), to‘g’ri slesh (/) ishlatilishiga qarating.
8. O‘zgartirishlarni saqlab qolish va dialog oynasini yopish uchun OKni bosing, undan keyin Edit Sites (saytni tahrirlash) dialog oynasini yopish uchun, Doneni (bajarish) bosing.
Sayt ro‘yhatga olindi va endi u ishga tayyor.
9. Sichqonning (Windows) o‘ng tugmasini bosing yoki bir vaqtning o‘zida sichqon tugmasini va Site (sayt) panelida har bir HTML-fayldagi tugmani bosing, Edit/Rename (To‘g‘irlash/Qayta nomlash) komandalarni bajaring va ularni .htm dan .php ga kengaytirilishini o‘zgartiring. Update Files (yangilanayotgan fayllar) paydo bo‘lgan dialog oynasida Update (yangilash) ni bosing.
Sayt statikdan dinamikka o‘zgarganda, kengaytirishlarni o‘zgartirish muhim sharoit hisoblanadi, chunki server ulardan sahifa kodlarini qanday usul bilan qayta ishlashini aniqlash uchun foydalanadi.
Sahifalar kengaytirishlarini o‘zgartirish paytida unga ko‘rsatuvchi hamma ssilkalar, ishga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Fayllarni yangilash Dreamweaverga buzuq ssilkalarni topish va ularni to‘g‘rilash imkoniyatini beradi.
10. Yuqorini ko‘rsatuvchi papkani bir martta bosing va Put File(s) (faylni joylashtirish) tugmasini bosing (11-rasm).
11-rasm. Serverga fayllarni yuklash
Natijada butun sayt papkaga va testlash serveriga yuklangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |